O'simliklarning haraktlanishi haqida umumiy ma'lumot. Tropizm, fototropizm, va geterotopizm haqida ma'lumot


Download 27.89 Kb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi27.89 Kb.
#1625919
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 3

Tropizmlar. O'simlikka bir tomonlama ta'sir qilganda paydo bo'luvchi harakatlanishdir. Tropizm - egilish, burilish manosini beradi. Tropizmga sabab bu o'simlik o'suvchi qismining bir tomon hujayrasi tez o'sishi va o'sish sekinlashgan tomonga burilishidir. Tropizm musbat va manfiy bo'ladi. Ta'sir etuvchi manbaga qarab, harakatlanish musbatdir. Tropizmlar o'simliklarning oziq muhitiga tomon harakatlanishi, ayrim hollarda esa zararli ta'sirlardan ham himoyalanishini ta'minlaydi. Hozirda birmuncha tan olingan Xolodniy- Vent nazariyasiga asosan bir tomonlama ta'sir qiluvchi omillar ( qo'zg'atuvchilar) ta'sirida o'simliklar organlarida to'qimalarning ko'ndalang qutblanishi sodir bo'ladi. Buning natijasida ISK birikmasining tashiluvi va u tufayli o'simlik organlarining o'sishi ham assimetrik bo'lib qoladi. Hozirgi zamon fanining ma'lumotlariga qaraganda tropizmlar mexanizmida auksin garmonidan tashqari boshqa gormonlar ham ushbu jarayonda ishtirok etishi mumkun. Masalan, ildizlardagi abssiz kislota ham tropizm harakatlarida qatnashadi.
Tropizmlarning tabiatiga qarab uning bir xillarini ajratib ko'rsatish mumkun. Masalan, geo-, foto-, tigmo-, gidro-, aeo-, termo-, elektro-, travma- va avtotropizmlar. Musbat tropizmlarda o'simliklarning harakatlari qo'zg'atuvchilarga tomonga qarab bo'ladi. Manfiy tropizmlarda esa uning teskarisi ro'y beradi. O'simlik organlarining qo'zg'atuvchiga nisbatan joylashishi ham har xil bo'lishi mumkin. Agarda organlar qo'zg'atuvchilari bo'ylab joylashgan bo'lsa oriotrop , to'g'ri burchak ostida joylashgan bo'lsa diatrop, boshqa har qanaqa burchak ostida joylashgan bo'haplagiotrop deyiladi.
Geotropizm. Bu o'simliklar yerning tortish kuchiga nisbatan o'sishidir. Urug’ tuproqqa qanday holatda tushishidan qat'iy nazar ildiz pastga , poyacha esa yuqoriga qarab o'sadi. O'simliklarning ildizlarida musbat geotropizm , yer ostki qismlarida esa manfiy geotropzm kuzatiladi, chunki poya yerning tortish kuchiga qarama- qarshi o'sadi. Ildizning geotropik sezgir qismi, uning uchi hisoblanadi. Ildizning geotropik harakati statolitlarga bog'lab ko'rsatiladi. Statolitlar kraxmal tutuvchi tanachalar bo'lib sitoplazmada joylashgandir. Ildizcha qinining markaziy hujayrasi statolit vazifasini bajaradi. Geotropizm hodisasida auksin va ABK gormonlari qatnashadi degan fikr mavjud.


Geotropizm hodisasi




Download 27.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling