O'simliklarning haraktlanishi haqida umumiy ma'lumot. Tropizm, fototropizm, va geterotopizm haqida ma'lumot


Download 27.89 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi27.89 Kb.
#1625919
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 3

O'sish harakatlari.
Evolyutsiya jarayonida o'simliklarda hujayralarning qaytmas cho'zilishi asosida maxsus harakatlanish shakllangandir. Ushbu usul o'q organlarining uzayishi , barg plastinkasi yuzasining kengayishi va hujayralarning cho'zilishi tufayli yuz beradigan nastik harakatlarning asosini tashkil qiladi. Hujayralarning qaytmas ch'zilishi o'simliklarning oziq muhiti manbasi tomon harakatlanish imkonini beradi.
Cho'zilishli o'sish hisobiga harakatlanish. Cho'zilish tufayli o'sish hodisasi hujayrada markaziy vakuolaning vujudga kelishi, unda osmotik faol moddalarning yig'ilishi , suvni surilishi va hujayra devorining yumshashi hamda cho'zilishini o'z ichiga oladi . Bunda vakuolada hosil bo'lgan turgor bosimi, hujayra devori cho'zilishining asosini tashkil qiladi. Hujayra devorining cho'zilishi unga keluvchi yangi polisaxarid molekulalari tufayli ushlab turiladi. Ammo hujayra devori unga bo'layotgan bosimga teng ravishda qarshi bosim ko'rsatadi. Mana shu tufayli hujayra va to'qimalarning tarangligi (tonusi) ushlab turiladi. Hujayraning ch'zilishi bilan bir vaqtda sitoplazma komponentlari ham sintezlana boshlaydi. Cho'zilishning boshqarilishi gormonlarning faoliyati tufayli ro'y beradi.
Hujayralarning cho'zilishi tufayli o'sishida asosiy vazifani ISK bajaradi. Auksin novdaning uchki qismida sintezlanadi va cho'zilish zonasiga harakatlanib ch'zilishga tayyor hujayralarning o'sishini indutsirlaydi. Cho'ziluvchi hujayralarda auksin sitoplazma membranalaridagi retseptorlar bilan o'zaro ta'sirda bo'ladi. Ushbu o'zaro ta'sir natijasida hujayra devori shakllanish bosqichlarining nordonlashishi va hujayralardan H+ ionlarining chiqishi ro'y beradi . Shu bilan birgalikda membrana potensialining geper qutblanishi ro'y beradi.
Binobarin , plazmolemma H+ pompasining auksin tufayli faollanishi cho'zilishli o'sish induksiyasining eng birinchi hodisasidir . Hujayra devori sintezi bosqichlarining nordonlashishi ularning yumshashiga, pektat tarkibidagi Ca chiqishiga , bir qism vodorod bog'larining kuchsizlanishiga, nordon gidrolazalar faoliyati uchun kerakli muhit pH ning hosil bo'lishi va hujayra devorining cho'ziluvchanligini oshiradi. Shuning bilan bir vaqtda ISK, retseptorlari bilan birgalikda oqsillar va RNK sintezini faollashtiradi. Oqsillar va RNK sintezining faollashishi hujayraning cho'zilishi- o'sishining zaruriy shartidir . Nafas olish jarayoning jadallashishi esa cho'zilishli - o'sishdagi barcha metobolik jarayonlarni energiya bilan ta'minlanishini ro'yobga chiqaradi

Download 27.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling