O’simliklarning hayotiy shakllari
Buta: zirk. Yarim butalar
Download 146.5 Kb.
|
o\'simliklarning hayotiy shakillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki yillik o’tlar
Buta: zirk.
Yarim butalar - poyasining yuqori qismi qishda sovuq urib ketadigan ko’p yillik o’simliklardir. Cho’llarda keng tarqalgan yem-xashak o’simliklaridan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shular jumlasidandir (10-rasm). Ko’p yillik o’tlar - yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar. Bularga beda, ajriq, g’umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko’t, sallagul, qoqio’t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, shashir singari o’simliklar kiradi. Ko’p yillik o’tlar, ayniqsa, tog’larda keng tarqalgan (11-rasm). Ikki yillik o’tlar - urug’dan ko’karib chiqib, birinchi yili yer yuzida, asosan, baig (to’pbarg) hosil qiladigan, ildizi va baiglarida oziq moddalar to’playdigan o’simliklar. Yarim buta: shuvoq. Ular ikkinchi yili poya chiqaradi va gullab, meva tugadi. Bularga lavlagi, sabzi, sholg’om, karam va boshqalar kiradi (12-rasm). Bir yillik ottlar nihoyatda xilma-xil bo’lib, ular bir yil ichida o’sadi, gullaydi va meva (urug’) tugib, o’z hayotini tugatadi (13-rasm). O’zbekistonda uchraydigan o’simliklarning yarmidan ko’prog’ini bir yillik o’simliklar tashkil etadi. Ularga oq sho’ra, jag’-jag’, machin, qora ituzum, baliqko’z va boshqalar kiradi. Qishloq xo’jaligida o’stiriladigan madaniy o’simliklarning juda ko’pchiligi bir yillik o’simliklardir. Bulaiga g’o’za, bug’doy, arpa, zig’ir, yeryong’oq, mosh, no’xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon va boshqalar kiradi. Bir yillik o’tlar orasida juda mayda, yer yuzidan 5-20 sm ko’tarilib o’sadigan momaqaldirmoq, qo’ytikan kabilarni, bo’yi 1 m ga yetadigan va hatto undan ham oshadigan kanakunjut, makkajo’xori va kanopga o’x shash o’simliklarni ham ko’plab uchra tish mumkin.
Download 146.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling