O’simliklarning kelib chiqishi ikkilamchi bo’lgan moddalar
Transpirasiya unumdorligi
Download 156.04 Kb.
|
153600-O’simliklarning kelib chiqishi ikkilamchi bo’lgan moddal
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli ekologik guruh osimliklarida suv almashinuvi xususiyatlari
Transpirasiya unumdorligi. Bu 1000 gr suv sarflaganda hosil bo'ladigan organik moddaning miqdoridir. Ko'pchilik o'simliklarda ushbu kursatgich 2-3 g, ya'ni o'simlik tanasi orqali oqqan suvning 99,8% transpirasiyaga, qolgan 0,2% esa organik moddalarnig sinteziga sarf bo'ladi.
Transpirasiya natijasida yuzaga kelgan so'rish kuchining kattaligi o'simlik turiga va xiliga bog'liq. Daraxtlarda bu kuch ildiz bosimidan bir necha marta yuqori bo'lsa o't o'simliklarida aksincha, ildiz bosimi yuqori bo'ladi. Transpirasiya jarayoni tufayli, o'simlik tanasining harorati atmosfera haroratidan pastroq bo'ladi. Cho'l, sahro va dasht o'simliklarining tanasi harorati soyadagi o'simlikga nisbatan 5-6oC yuqori bo'ladi va fotosintez uchun qulay sharoit tug'diradi. Barg og'izchalari ochiq bo'ladi. Turli ekologik guruh o'simliklarida suv almashinuvi xususiyatlari O'simliklar dunyosi o'zlaridagi suv almashinuvi xususiyatlariga qarab quyidagicha bo'linishi mumkin. O'simliklar dunyosi Suv o'simliklari Er usti o'simliklari (gidrotofitlar) Poykilogidrik Gomoyogidrik Birlamchi Ikkilamchi Gigrofitlar Mezofitlar Kserofitlar Gidrotofitlar o'zlari hujayralaridagi ortiqcha suvdan maxsus suvni yo'qotish mexanizmlari tufayli ozod bo'ladilar. Birlamchi gidrotofitlarga suv o'tlari kirsa, ikkilamchi gidrotafatlarga o'zlarida suv o'tlari va yer o'sti o'simliklari xususiyatlarini to'plagan gullik suv o'simliklari kiradi. Poykilogidrik o'simliklarga bakteriyalar, ko'k yashil suv o'tlari, tuban yashil suv o'tlarining Protococcales guruhi, zamburug'lar, lishayniklar kiradi. Ular suv tanqisligini hayotchanligini yo'qotmasdan o'tkazishlari mumkin. Ular o'zlaridagi transpirasiya jarayoni, hujayralarining osmotik bosimi, suvning miqdori jihatidan gidrolabil o'simliklarga kiradi. Gomoyogidrik o'simliklarga yer o'sti paporotniksimonlari, ochiq urug'lilar va gulli o'simliklar kiradi. Yer usti o'simliklari suvni to'xtovsiz ravishda bug'lantirib turganligi tufayli ularda suvni ortiqcha yo'qotishga qarshi qaratilgan maxsus mexanizmlar rivojlangandir. Ushbu o'simliklarning vakuolalar sistemasi yaxshi rivojlangan bo'lib ular hujayralari qaytar suvsizlanish xususiyati xos emas. Bu o'simliklarda suvning so'rilishi va uni sarflash aniq boshqarilib turadi. Buning natijasida hujayradagi suvning miqdori, osmotik bosim va transpirasiya jarayonlarida keskin o'zgarishlar bo'lmaydi ya'ni bu o'simliklar gidrostabil o'simliklardir. Bu o'simliklarda suv rejimining turg'un (stabil) bo'lishiga ularning ildizlarida, poyasida va boshqa qismlarida ma'lum miqdorda suv to'planishidir. Gomoyogidrik o'simliklar uchta guruhga ya'ni gigrofitlar, mezofitlar va kserofitlarga bo'linadi. Gigrofitlarga paporotniklar, gunafshadoshlar oilasining ayrim vakillari va boshqa yuqori namlikda hamda kam yorug'likda o'sadigan o'simlik turlari kiradi. Yorug'lik kam joyda o'suvchi o'simliklarning ustitsalari deyarli doimo ochiq bo'lib, ortiqcha suvni ajratishga moslashgan gidatodlar (bargning maxsus tishchalari) bor. Mezofit o'simliklarga ko'pgina qishloq xo'jaligi o'simliklari, o'tloq va o'rmon o'tlari, daraxtlar kirib ular o'zlaridagi suv rejimini idora qilish qobiliyatiga ega. Download 156.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling