Qishki-bahorgi “kuyishlar”. Qish quyoshli bo`ladigan hududlarda daraxtlar shoxlarining janubiy tarafida va yosh poyalarda kuyish bеlgilari kuzga tashlanadi. Chunki o`simlikning pukaklanmagan qismlari quyosh nurlari ta’sirida qiziydi va qish vaqtida sovuqqa chidamlilikni yo`qotadi hamda kеchasi bo`ladigan sovuqqa chidamaydi. Buning natijasida shoxlar va poyalarda kichik yoriqlar paydo bo`ladi. Ushbu yoriqlardan esa kasallikka sabab bo`luvchi mikroorganizmlar kirishi mumkin. Binobarin o`simliklarning qishda zararlanishi, hattoki nobud bo`lishiga sababchi omillar turlicha bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |