O‘simliklarning yuqumli va yuqumsiz kasalliklari
Download 0.58 Mb.
|
O‘SIMLIKLARNING YUQUMLI VA YUQUMSIZ KASALLIKLARI
Patomorfologik o‘zgarishlar. O‘simlik o‘sishi, butun o‘simlik yoki uning ayrim organlarining shakli buzilishi bilan ifodalanadi. O‘simliklar o‘sishining buzilishi ko‘pincha ularning zaiflashishi bilan ifodalanadi. Misol uchun, bug‘doy qattiq qorakuyboshoqchalar soni kamayadi, natijada o‘simliklarning hosildorligi pasayadia (Tilletia caries) bilan zararlanganda poya uzunligi va
Yuqumli kasalliklar. Infeksion kasalliklar qatoriga o‘simlikdan o‘simlikka yuqadigan kasalliklar kiradi. Ularni zamburug‘lar, bakteriyalar, viruslar, viroidlar, fitoplazmalar, nematodalar va gulli parazit o‘simliklar qo‘zg‘atadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi organizmlar patogenlik, virulentlik va agressivlik xususiyatlariga ega bo‘ladi. Organizmning o‘simlikda kasallik qo‘zg‘atish qobiliyati patogenlik, organizmning o‘zi esa fitopatogen (yoki patogen) deb ataladi.
Virulentlik qo‘zg‘atuvchi organizm xo‘jayin o‘simlikning muayyan navining chidamlilik genini yengib, unda kasallik qo‘zg‘atish qobiliyati mavjudligini ifodalaydi, avirulentlik – aksincha, patogenning bunday qobiliyati yo‘qligini bildiradi. Virulentlik va avirulentlik patogenning alohida fiziologik irq (patotip, rasa)larini aniqlashda qo‘llaniladi.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling