O‘simliklarning yuqumli va yuqumsiz kasalliklari


Download 0.58 Mb.
bet1/7
Sana21.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1642321
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘SIMLIKLARNING YUQUMLI VA YUQUMSIZ KASALLIKLARI

O‘SIMLIKLARNING YUQUMLI VA YUQUMSIZ KASALLIKLARI

REJA

  • REJA
  • 1. O‘simlik kasalligi . Patologik jarayon . Patomorfologik o‘zgarishlar
  • 2. Yuqumli kasalliklar
  • 3. Yuqumsiz kasalliklar

O‘simlik kasalligi – kasallik qo‘zg‘atuvchi organizm, o‘simlik va atrof-muhit faktorlari oralaridagi munosabatlarga asoslangan patologik jarayondir. Kasallik – fitopatogen yoki atrof-muhitning noqulay sharoitlari ta’sirida o‘simlikning hujayralari, a’zolari yoki barcha qismlarida normal modda almashinuvi jarayoni buzilishidir. Kasallik tufayli o‘simlikning nafas olishi, fotosintezi, transpiratsiyasi, assimilyatlari barglardan ildizlarga oqib o‘tishi, fermentlari va hujayra membranasining faoliyati, hujayraga lozim bo‘lgan moddalar sintezi va boshqa funksiyalari ham buziladi.

  • O‘simlik kasalligi – kasallik qo‘zg‘atuvchi organizm, o‘simlik va atrof-muhit faktorlari oralaridagi munosabatlarga asoslangan patologik jarayondir. Kasallik – fitopatogen yoki atrof-muhitning noqulay sharoitlari ta’sirida o‘simlikning hujayralari, a’zolari yoki barcha qismlarida normal modda almashinuvi jarayoni buzilishidir. Kasallik tufayli o‘simlikning nafas olishi, fotosintezi, transpiratsiyasi, assimilyatlari barglardan ildizlarga oqib o‘tishi, fermentlari va hujayra membranasining faoliyati, hujayraga lozim bo‘lgan moddalar sintezi va boshqa funksiyalari ham buziladi.

Patologik jarayon. O‘simliklardagi patologik jarayon birbiri bilan yaqin aloqadagi va rivojlanishi bir-biri bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan morfologik va fiziologik-biokimyoviy o‘zgarishlar shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, normal o‘stirish birikmalari sintezi buzilsa (fiziologik-biokimyoviy o‘zgarishlar yuz bersa), o‘sish xususiyatlari o‘zgaradi, misol uchun, o‘simlik pakana bo‘lib qoladi (morfologik o‘zgarish).

  • Patologik jarayon. O‘simliklardagi patologik jarayon birbiri bilan yaqin aloqadagi va rivojlanishi bir-biri bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan morfologik va fiziologik-biokimyoviy o‘zgarishlar shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, normal o‘stirish birikmalari sintezi buzilsa (fiziologik-biokimyoviy o‘zgarishlar yuz bersa), o‘sish xususiyatlari o‘zgaradi, misol uchun, o‘simlik pakana bo‘lib qoladi (morfologik o‘zgarish).

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling