O‘simlikshunoslik fani amaliy mashg‘ulot darsi uchun tarqatma material Mavzu: Moyli va tolali ekinlarning morfologiyasi


Download 474.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi474.12 Kb.
#1253483
  1   2   3
Bog'liq
Tolali va moyli ekinlar



TOShKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI 
O‘SIMLIKShUNOSLIK VA MOYLI EKINLAR KAFEDRASI 
O‘simlikshunoslik 
fani amaliy mashg‘ulot darsi uchun tarqatma material 
Mavzu: Moyli va tolali ekinlarning morfologiyasi
 
 


Moyli va tolali ekinlarning morfologiyasi
 
Lub-tolali ekinlarning poyasidan tola olinadi, tola poyaning po‘stlog‘ida 
joylashadi. Bu guruhni tolali zig‘ir, kanop, jut, tolali nasha, dag‘al kanop, rami 
ekinlari tashkil qiladi. Lub-tolali ekinlar morfalogik va biologik xususiyati bilan 
bir-biridan farq qiladi. 
-Tolali zig‘ir- linum usitatissimum l,- oilasi Linaseae. 
-Kanop-Hibiscus cannabinus L-oilasi Malvaceae. 
-Tolali nasha-Cannabis sativa L-Cannabinaceou oilasi. 
-Dag‘al kanop- Abutilon avicennae L -oilasi Malvaceae 
Bu ekinlarning umumiy morfologik belgilari 1 - jadvalda keltirilgan. 
1 - jadval 
Lub-tolali ekinlarning morfologiyasi 
 
Ekin turi 
Poyasi 
Bargi 
Gul to‘plami 
Guli 
Tolali zig‘ir 
silliq,ingichka,na
ysimon, 
bo‘yi 
1m, uchi kam 
shoxlanadi 
navbat 
bilan 
joylashgan, 
tuksiz,uchi 
o‘tkirlashgan 
soyabonsimon,
shingil 
yoki 
yakka-yakka
ikki 
jinsli, 
beshtali, 
goho 
pushti 
va oq 
Kanop 
Yumaloq,qo-
vurg‘ali, bo‘yi
2-4 m 
bandli,past-
da ponasimon 
oddiy,o‘rtada 
bo‘lakli, 
3-7 ta bo‘lakli, 
yuqorida 
cho‘zinchoq, 
oddiy
barg qo‘ltig‘ida 
joylashgan
1-2 tadan, 
kalta bandli 
yirik,ikki ikki 
jinsli ,och sariq, 
o‘rtada 
qizil 
dog‘i bor
Tolali nasha 
pastki 
qismi 
yumaloq, bo‘yi
2-3m
bargi 
kuchli 
kertilgan, 
5-13ta 
bo‘laklar 
bo‘ladi
urg‘ochi gullar 
barg qo‘ltig‘ida 
joylashadi, 
erkak 
gullari 
shoxlarni 
uchlarida 
shingil 
gulto‘plamida 
to‘plangan
urg‘ochi gullari 
bitta 
bargli 
o‘rama 
va 
tuguncha, erkak 
gullarda 5 ta 
changchi 
bo‘ladi 
Dag‘al 
kanop. 
yumaloq,tuk-
li,bo‘yi 3,0-3,5m
ketma ket, 
bandli, 
yirik,yurak-
simon,uchi 
o‘tkirlash-
gan,tukli 
barglar 
qo‘ltig‘ida 
bittadan 
joylashadi 
o‘rtacha, 
ikki 
jinsli,sariq 
zarg‘aldoq


Lub-tolali ekinlarning urug‘i ham bir-biridan farq qiladi. Lub-tolali ekinlar 
urug‘idan ekiladi.(tolali nashadan tashqari).Tolali nasha bir urug‘li mevasidan 
o‘stiriladi. Mevasi yong‘oqcha bo‘ladi. Bu ekinlarni bir - biridan urug‘,
morfologiyasidan qarab ajratib olish mumkin.
2 - jadval
Lub-tolali ekinlarning urug‘ belgilari. 
Ekin turi 
Shakli 
Uzunligi,mm Yuzasi 
Rangi 
Tolali zig‘ir 
tuxumsimon, 
yassi 
3-5 
silliq, yaltiroq 
jigar rang 
Kanop 
uch-qirrali, 
ponasimon 
3-5 
tukli 
to‘q kul rang 
Tolali nasha 
sharsimon 
2,5-1,5 
silliq 
oq kul rang 
Dag‘al 
kanop 
botiq 
buyraksimon 
3-4 
taqir-buqur, 
siyrak tukli 
qora yoki to‘q 
kul rang 
Tolali zig‘ir. 
Tolali zig‘ir-Linum usitatissimum 
L-turiga 
va 
Linaceae 
oilasiga 
mansub.Tolali zig‘ir avlodiga 200 ta tur 
kiradi, ammo shu bitta madaniy turi 
ekiladi. 
Tolali zig‘ir bir yillik o‘tsimon o‘simlik. 
Ildizi-o‘q ildiz, kuchsiz rivojlangan, 
kam shoxlanadi. 
Poyasi - tik o‘sadi, ingichka, 
diametri 1-2 mm, silliq, balandligi 0,75-
1,25 
metr 
atrofida. 
Uchki 
qismi 
shoxlanadi.
Barglari - oddiy, bandsiz, tuksiz, ketma ket joylashadi.Yer betiga urug‘palla 
chiqaradi, ponasimon shaklda.
Gullari - beshtali, poya va yon shoxlarining uchlarida joylashadi. Guli ikki 
jinsli, 5ta gul barg, 5ta kosachabarg, 5ta changchi va 5ta ustunchali, besh uyali 
tugunchadan iborat. Guli havo-binafsha, ba’zan oq rangli.
Mevasi - 5 uyali ko‘sakcha, yetilganda chatnamaydi, yumoloq, uchi 
o‘tkirlashgan.Mevasida o‘nta urug‘ bo‘ladi.
Urug‘i - mayda, tuxumsimon, silliq, yaltiroq, jigar rangli, 1000 tasining 
vazni 3,5-5,5 g.
 
Poyasining anatomik tuzilishi.-poyasining tashqi xo‘jayralar qoplami 
epidermis po‘stloqdan iborat, u yupqa mum g‘ubor (kutikula) bilan 
qoplangan.Epidermis ostidagi po‘stlog‘da lub tolasi dastalari halqa-halqa shaklda 
joylashgan, undan keyin ichki qismida yog‘ochlik va naychalar joylashgan. 


Poyasining markazida yog‘ochlikdan keyin o‘zak keladi, poyaning eng 
o‘rtasida bo‘shliq bor. Tolali dastalar pektin moddasi bilan bir- biriga yopishgan 
alohida tolachalardan iborat. har bir tolacha - bu o‘zgargan xujayra. Xujayra 
o‘sadi, ingichka va uzun bo‘ladi, ichi quriydi, po‘sti yo‘g‘onlashadi. O‘rtacha 
uzunligi 20-30 mm, ammo 100-120 mm gacha bo‘ladi. 
Zig‘ir poyasida tola miqdori va sifati har xil bo‘ladi. Poyaning pastki 
qismida 12%, o‘rta qismida 35%, yuqori qismida 28-30% shu qismning vazniga 
nisbatan tola bo‘ladi. Umuman poya og‘irligidan 18-20% tola chiqadi. 
Zig‘ir 
tolasi egiluvchan, mayin, pishiq bo‘lib kul rangli bo‘ladi. 

Download 474.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling