Afrika davlatlarida ta'lim muammolari Mustamlakachilik davrida Afrika davlatlarida Yevropaliklar ko’plab maktablarni tashkil etdilar. Ammo u yerda asosan badavlat oilalarning farzandlari o’qitilar edi. Bu davlatlarda aholi sonining tez sur’atlar bilan o’sishi, ta’lim uchun to’lanadigan haqning doimo o’sib borishi, malakali mutaxassislarning yetishmasligi ta’lim taraqqiyotiga to’sqinlik qilmoqda. Uzoq vaqt davomida Afrika davlatlari Yevropa davlatlarining mustamlakasi bo’lganligi bois hali ham ko’pchilik mamlakatlarda ta’lim ingliz, frantsuz, portugal tillarida olib boriladi. Jazoir- Afrika shimolidagi katta davlat. Jazoir davlati hukumati yildan-yilga ta’lim sohasi islohatlari uchun tobora ko’proq mablag’ sarf etsa-da, haligacha 15 va undan katta yoshdagilarning 45%gina o’qish va yozishni biladi. Jazoir qonunlariga ko’ra barcha 6dan 15 yoshgacha bo’lgan bolalar maktabda ta’lim olishi shart. Ushbu talabga muvofiq 90%dan ortiq bolalar boshlang’ich maktabga boradilar. Biroq ularning faqatgina 1\3 qismi o’rta maktablarda ta’lim olishni davom ettiradi. Mamlakatdagi eng katta universitet Jazoir universiteti bo’lib, unda 17.000 talaba tahsil oladi. Habashiston (Nigeriya)- g’arbiy Afrika davlati. Aholisining soniga ko’ra dunyoda 10-o’rinda, Afrika qit’asida 1-o’rinda turadi. Aholi soni 102 milliondan ortiq. Habashistonlik kattalarning 1\3 qismigina savodli. Mamlakatda maktab va o’qituvchilar yetishmaydi. SHunga muvofiq qonun ham ta’lim olishni majburiyatga aylantirmagan, ya’ni mamlakatda majburiy ta’lim mavjud emas. 15 million bolalargina boshlang’ich maktablarga boradilar. SHularning faqatgina 3,5 millioni o’rta maktablarda ta’lim olishni davom ettiradi. Nigeriyada 25ta universitet mavjud. 1975 yilda Habashiston xukumati barcha hohlovchilarga bepul boshlang’ich ta’lim berish bo’yicha maxsus dastur qabul qilingan. SHunga muvofiq mamlakatda ko’plab yangi boshlang’ich maktablar qurildi. SHuningdek, mamlakatda yangi pedagogika, texnika institutlari, professional maktab va universitetlar qurildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |