Osiyo mamlakatlarida ta'lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari
Malayziya ta’lim tizimining o`ziga xosligi
Download 99.16 Kb.
|
Osiyo mamlakatlarida ta\'lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos xusu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Indonеziyada talim taraqqiyoti
- Oʻzbekiston — Indoneziya munosabatlari
Malayziya ta’lim tizimining o`ziga xosligi Biroq, maktablarga qabul qilish maktab turiga bog'liq. Maktabdan maktabgacha farq qiladi. Malayziyada maktablarni odatda uch toifaga bo'lish mumkin: 1.Xalq maktablari,2.Xususiy maktablar,3.Xalqaro maktablar. Maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. O‘rta ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va universitetoldi ta’lim bosqichlariga bo‘linadi. Boshlang‘ich ta’lim 4 yillik fundamental tayyorlov (1–4-sinflar) hamda 2 yillik ixtisoslashtirilgan tayyorlov (5–6-sinf)ni o‘z ichiga oladi. Fundamental tayyorlov bosqichida o‘quvchilarga ingliz tili, ona tili (xitoy, malay yoki tamil) va matematika fanlari o‘qitiladi. O‘g‘il-qizlarning tanloviga ko‘ra etika, estetika, mehnat, musiqa va jismoniy tarbiya darslari ham o‘tiladi. 3-sinfdan o‘quv dasturiga tabiiy-ilmiy fanlar qo‘shiladi. Bolalar 4 yillik ta’limdan so‘ng ixtisoslashtirilgan tayyorlov bosqichiga o‘tadi. Universitetoldi ta’limi esa o‘quvchilarni oliy o‘quv yurtlariga kirishga tayyorlaydi.Singapur oliy ta’limi dunyoda yetakchilardan sanaladi. Mamlakatda 5 institut, 4 universitet bo‘lib, ularning har birida oliy darajada ta’lim olish kafolatlangan. Shuningdek, mamlakatda 2 ta xususiy universitet hamda bir qancha jahonga mashhur oliy o‘quv yurtlarining filiallari mavjud.Davlat OTMlari va xususiy universitetlarda o‘qitish jarayoni ham Xalq ta’limi vazirligi nazoratida. . Mamlakatdagi eng mashhur oliy o‘quv yurtlari Singapur milliy universiteti hamda Nanyan texnologiyalar universiteti bo‘lib, ularning har biri yiliga 20 mingdan ortiq talabani qabul qilish imkoniyatiga ega.Mamlakatda oliy ta’lim tizimi bakalavriat (3–4 yil), magistratura (1–3 yil) va doktorantura (2–5 yil) bosqichidan iborat.
Indonеziyada ta'lim taraqqiyoti 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangich majburiy taʼlim joriy qilingan. Boshlangich maktabda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktabda ham — 6 yil Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy mak-tablar ham bor. 1-va 2- bosqich texnika va tijorat maktablari va shunga oʻxshash oʻquv yurtlari hunar taʼlimini beradi. Oʻqituvchilar 3 yillik ped. maktablari, ped. kollejlari va universitetlarda tayyorlanadi. Jakartadagi I. davlat universiteti (1950-yilda asos solingan), Milliy universitet (1949-yilda asos solingan), Jokyakar-tadagi Islom xususiy universiteti (1945-yilda asos solingan) va boshqa bor. 1967-yilda tashkil etilgan I. fanlar instituti 10 ilmiy tadqiqot instituti, 40 dan ortiq ilmiy muassasa va jamiyatni birlashtiradi. Yirik kutubxonalar: Jakartadagi Ommaviy, Parlament kutubxonalari, Bandung, Bogo-ra, Jokyakarta, Makassar, Medandagi kutubxonalar. Jakartada I. madaniyati muzeyi (1778-yilda asos solingan), Bogorada Zoologiya muzeyi (1894-yilda asos solingan) bor. Oʻzbekiston — Indoneziya munosabatlari — Indoneziya Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olib, diplomatiya munosabatlari oʻrnatganidan keyin ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik, savdosotiq rivojlana boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimovning 1992-yil iyunida Indoneziya ga tashrifi davomida ikki mamlakatning oʻzaro munosabatlariga mustahkam asos yaratildi. Tashrif cho-gʻida "Iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim", "Oʻzaro munosabatlar haqida qoʻshma axborot", shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan "PT Prima Ko-meksindo" kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik qilish toʻgʻrisyda hujjat im-zolandi. 1995-yilda Indoneziya prezidentining Oʻzbekistonga qilgan tashrifi davomida ikki tomonlama hamkorlik, havo transporti va turizm soqasida bir qator muhim hujjatlarga qoʻl qoʻyildi. Umuman oʻzaro manfaatli hamkorlik qoidalari va yoʻnalishlarini belgilovchi 10 ta hujjat qabul qilingan. 50-yillar boshlarida baʼzi yirik yozuvchi va dramaturglar asta-sekin Xalq madaniyati jamiyati (LEKRA) atrofiga jipslashdilar. 1965-yil gi voqealardan soʻng bu jamiyat tugatildi. Hoz. zamon I. adabiyotining ilgʻor vakillari realistik anʼnani rivojlantirmoqdalar. V. S. Rendra, T. Moxtar, A. Ro-sidi, G. Poyka sheʼr va hikoyalarida, M. Bushe, P. Vijaya, I. Simaputang romanlarida va b.ning asarlarida I.dagi muhim ijtimoiy muammolar aks etmoqda. Download 99.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling