Osiyo mamlakatlarida ta'lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari


Yevropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya masalalarining olib borilishi va qiyosiy tahlil


Download 99.16 Kb.
bet39/50
Sana19.02.2023
Hajmi99.16 Kb.
#1214210
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Bog'liq
Osiyo mamlakatlarida ta\'lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos xusu

Yevropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya masalalarining olib borilishi va qiyosiy tahlil




  1. Polsha ta’lim tizimi

1999 yil Polshada yangi ta‘lim reformasi kuchga kirdi. U o‘qitishning
tashkiliy tuzilishi va imtihonlar tizimini tubdan o‘zgartirdi, o‘qituvchilar xizmat pog‘onasida o‘sishining yangi tizimi va maktablarni moliyalashtirish usullarini kiritdi. Reformaning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi. Uning mazmuni: 
• O‘rta va oliy ta‘limni keng yoyish
• Ilmiy dasturlarning o‘zgarishiga ko‘ra ta‘lim sifatini oshirishdan iborat. 
Shuningdek, Reformaning yangi usullari joriy qilindi. Yangi maktab tuzilmasiumumiy imtihon tizimi; o‘qituvchining xizmat pog‘onasidan o‘sishi; maktablarni moliyalashtirishning yangi tamoyillari; dasturiy o‘zgarishlar kiritish. 
Polshaning zamonaviy ta‘lim tizimi quyidagicha tuzilgan (1-chizma): maktabgacha ta‘lim (1 yil), boshlang‘ich ta‘lim (6 yil), gimnaziya (3 yil), kasbiy maktab (2 yil), Litsey (3 yil), Texnikum (4 yil), KMdan keyingi litsey (2 yil), OTM (5 yil), Doktorlik darajasini olish (3 yil). Maktabgacha tarbiya Majburiy bir yillik maktabgacha tayyorgarlik bog‘chada yoki maktabda amalga oshiriladi. Boshlang’ich maktab. Bolalar 7 yoshdan maktabda o‘qishni boshlashadi. O‘qish 6 yil davom etadi va imtihon bilan yakunlanadi. Gimnaziya ta‘limi 3yil davom etadi. Gimnaziya 3bosqichli imtihon topshirish bilan yakunlanadi: gumanitar fanlar bo‘yicha, matematika va tabiat bo‘yicha, chet tili bo‘yicha.Litsey, texnikum O‘rta maktablar ballar limitini e‘lon qiladi. O‘qish listeyda 3 yil, texnikumda 4 yil davom etadi.Texnikumni tugatgan o‘quvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha juda murakkab imtihon topshiradi. Oliy O’quv Yurti  O‘rta maktab bitiruvchilarini OTMlariga qabul qilish etuklik attestatida 
to‘plagan ballari asosida amalga oshiriladi. O‘qitish zachet va imtihonlar asosida o‘tadi. OTMda o‘qish diplom ishi himoyasi bilan yakunlanadi. Texnika 
OTMlarida injenerlik imtihonlari ham topshiriladi.




  1. Download 99.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling