Osiyo Xalqaro Universiteti S22-iq-22 guruh talabasi Sharipov Suxrob Latif o'g'lining Iqtisodiy ta'limootlar tarixi fanidan mustaqil ishi mavzu: Richard Talerning xulq-atvor iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi


Download 4.94 Kb.
Sana26.06.2023
Hajmi4.94 Kb.
#1656208
Bog'liq
Richard Taler


Osiyo Xalqaro Universiteti S22-IQ-22 guruh talabasi Sharipov Suxrob Latif o'g'lining Iqtisodiy ta'limootlar tarixi fanidan MUSTAQIL ISHI
Mavzu:Richard Talerning xulq-atvor iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi

Richard H. Thaler (12-sentyabr1945AQShlik iqtisodchi. AQSh iqtisodiy uyushmasi prezidenti. Axloqiy iqtisodiyot haqidagi nazariyasi uchun iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti berilgan

9 oktabr kuni 2017 yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti "xulq-atvor iqtisodiyotini o‘rganishga qo‘shgan hissasi uchun" amerikalik Richard Talerga nasib etgani haqida ma'lum qilindi.

Xulq-atvor iqtisodiyoti nima?

  • Xulq-atvor iqtisodiyoti nima?
  • Iqtisodiyotchilar juda uzoq vaqt davomida odamlarning o‘z xulq-atvoriga ko‘ra irratsionl ekaniga doir faktni rad etib kelishgan. Klassik iqtisodiy nazariyada inson - cheksiz hisoblash qobiliyatiga ega, bor axborotni tahlil qiluvchi va doim eng yaxshi qaror qabul qilishi mumkin bo‘lgan mavjudot. Richard Taler va boshqa tadqiqotchilar odamlar aslida hisoblashni yaxshi bilmasligi, cheklangan irodaga egaligi va ratsionalligi juda chegaralangan ekanini ko‘rsatdi. Bunga qadar mazkur vaziyatni to‘g‘ri modellashtirish hali hech kimning xayoliga kelmagandi, chunki inson xulq-atvorini qanday qilib
  • modellashtirish mumkinligi biroz tushunarsiz

    edi. Taler va boshqa qator olimlar bunga

    izoh berishga muvaffaq bo‘lishdi.

Richard Talerning xulq-atvor iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi nimada? Bu soha tadqiqotchilari odatda bir qarashda, odamlar o‘zlarini irratsional tutgan holatlarni olishadi va ularning nima uchun o‘zlarini bunday tutayotganini izohlovchi iqtisodiy yoki psixologik effektni topishga harakat qilishadi. Deylik "Aeroflot" saytidan chipta xarid qilayotganingizda barcha qo‘shimcha belgilar (galochki) - masalan, sug‘urta polisi xaridi haqida - xohishga ko‘ra taklif etiladi. Nima uchun sizga polisdan voz kechishni emas, unga rozilik berish so‘raladi? Ma'lum bo‘lishicha, bu katta ahamiyatga ega: inson nafaqat qo‘l ostidagi muqobillar orasida tanlovni amalga oshiradi, balki o‘zi duch kelayotgan shart-sharoitlardan ham kelib chiqar ekan. Agar belgi turgan bo‘lsa, odamlar sug‘urta polisiga ko‘proq rozilik beradi, bu esa daromadda millionli o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Mukofot nima uchun aynan Talerga berildi? Nobel mukofotining unga berilishiga sabab, bu nisbatan yangi yo‘nalishligida - unga hali 50 yil bo‘lgani yo‘q. Fizikadan farqli o‘laroq, iqtisodiy yo‘nalishdagi Nobel mukofotlari odatda qandaydir aniq bir kashfiyot uchun berilmaydi. Mukofot barcha xizmatlar uchun umumiy e'tirof sifatida beriladi. Talerning xizmati shundaki, u xuddi xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilari Tverski, Kaneman va boshqalar kabi bu hali urf bo‘lmagan paytlarda, hali hech kim buni jiddiy qabul qilmagan vaqtlar ular shu mavzudagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanishgan va iqtisodiy ilm-fan rivojidan ilgarilab ketishgan. Bugun esa hech kim xulq-atvor iqtisodiyotini bekor gap demaydi, ular endigina tadqiqotlarni boshlaganda esa hamma shunday degan. Ular mana shu yangi yo‘nalishni yaratishdi.

E’tiboringiz uchun

  • RAXMAT!

Download 4.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling