Osiyo xalqaro universiteti
4 Kuch moment va
Download 124 Kb.
|
Fizika o`quv dastur KI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishlari bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar.
- Laboratoriya ishlari mavzulari Dars soatlari hajmi Kunduzgi
- Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta`lim uchun tavsiya etiladigan mavzular
- VI. Baholash mezoni
Laboratoriya ishlari bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar. 1.Erkin tushish tezlanishini aniqlash. 2.Prujinaning bikrligini aniqlash. 3. Oberbek mayatnigi yordamida qattiq jismning inersiya momentini aniqlash. 4.Egilish usuli orqali Yung modulini aniqlash. Laboratoriya ishlari
Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta`lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: Kirish.Fizika fanining boshqa fanlar aloqasi. Fizika va texnika. Mexanik harakat. Sanoq sistemasi Moddiy nuqta kinematikasi Tangensial va normal tezlanishlar Moddiy nuqtaning aylana bo`ylab harakati Massa va kuch. Nyuton qonunlari. Inersial sanoq tizimlari. Galiley almashtirishlari. Noinersial sanoq tizimlaridagi inersiya kuchlar. Moddiy nuqtalar sistemasining massa markazi harakati. Massasi o`zgaruvchi jismning harakat tenglamasi. Kuch momenti. Impuls momenti. Qattiq jismning aylanish o`qiga nisbatan harakati. Aylanma harakat dinamikasining asosiy qonuni. Impuls momenti. Impulsning saqlanish qonuni. Reaktiv harakat. Markaziy maydondagi harakat. Mexanik ish. Quvvat. Energiya. Kinetik energiya. Potensial energiya Energiyaning saqlanish qonuni Absolyut elastik urilishlar. Absolyut noelastik urilishlar VI. Baholash mezoni Baholashni shartli ravishda 2 qismga bo‘lamiz: dastlabki baholash va asosiy baholash. Dastlabki baholashda talabaga ma’ruza mashg’uloti, amaliy mashg‘ulot va mustaqil ta’lim nazoratlari bo’yicha baho qo’yiladi. Talaba har bir mavzu bo’yicha nazorat uchun qo‘yilgan talablarning kamida 60 % ni bajarsa ijobiy baholanadi. Dastlabki baholashda fandan talabaning olgan baholarini rasmiylashtirish uchun fakultet dekanatlarida dastlabki baholash qaydnomasi tashkil etiladi. Unda barcha nazoratlar bo‘yicha baholar qo‘yiladi va o‘rtachasi aniqlanadi, o‘rtacha baho ijobiy bo‘lsa Yakuniy nazoratga ruxsat beriladi. Birta nazoratdan qoniqarsiz baho olganda ham o’rtacha baho hisoblanmaydi va talaba Yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Asosiy baholashda talaba fandan yakuniy nazorat topshiradi, bunda ham kamida 60 % to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa ijobiy baholanadi. Yakuniy nazorat yozma ish shaklida olinganda talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi: talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a’lo) baho; talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 4 (yaxshi) baho; talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatiini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho; talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho. Yakuniy nazorat test sinovi shaklida olinganda test variantiga 50 ta savol beriladi. Bunda talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi: to’g’ri javoblar foizi 60 ÷ 72 % oralig’ida bo’lganda – 3 (qoniqarli) baho; to’g’ri javoblar foizi 73 ÷ 85 % oralig’ida bo’lganda – 4 (yaxshi) baho; to’g’ri javoblar foizi 86 ÷ 100 % oralig’ida bo’lganda – 5 (a’lo) baho. Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis (ob’ektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi shart. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Download 124 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling