II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II. I. Fan tarkibidagi quvidagi mavzular (modullar) kiradi:
1- Modul. Gidrostatika
1- Mavzu. Kirish. Suyuqlikning fizikaviy xossalari va asosiy kattaliklari. Gidrostatik bosim va uning xossalari. Suyuqliklarning nisbiy tinch holati.
2- Mavzu. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi. Suyuqlikning muvozanat holati uchun differensial (Eyler) tenglama. Teng bosimli sirtning tenglamasi.
3- Mavzu. Suyuqlikning yupqa devorga ta’sir etuvchi bosim kuchi. Egri devorga ta'sir etuvchi suyuqlik bosim kuchi. Arximed qonuni.
2-Modul. Gidrodinamika
4- Mavzu. Gidrodinamikaning asosiy tenglamasi. Suyuqlik kinematikasining asosiy tushunchasi. Harakat turlari va harakat usullari. Uzluksizlik tenglamasi
3-Modul. Bernulli tenglamasi
5- Mavzu. Bernulli tenglamasining fizik ma’nosi. Bernulli tenglamasining grafik ko’rinishidagi tasviri. Suyuqlik oqimining asosiy xarakteristikasi
6- Mavzu. To’liq oqim uchun Bernulli tenglamasi. Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. Bernulli tenglamasining texnik masalalarga tadbiqi
4-Modul. Suyuqliklarda energiyaning yo’qotilishi
7- Mavzu. Suyuqlikning harakati vaqtidagi energiyaning yo'qotilishi. Energiya yo’qotilishining ikki turi. Quvur uzunligi bo'yicha energiyanining yo'qotilishi
8- Mavzu. Darsi-Veysbax tenglamasi. Reynolds tajribasi. Suyuqlikning harakatining ikki tartibi.
9- Mavzu. Laminar harakat uchun tezlikning taqsimlanishi. Turbulent harakat uchun tezlikning taqsimlanishi. Suyuqliklarning joydagi, o’rtacha va tebranuvchi tezliklari
10- Mavzu. Nikuradze tajribasi va grafigi. Mahalliy qarshiliklarda energiya yo’qotilishini vujudga kelish sabablari. Mahalliy qarshiliklardagi energiya yo’qolishini aniqlash.
5-Modul. Quvurlarni gidravlik hisoblash
11- Mavzu. Oddiy quvurlarni hisoblash. Murakkab quvurlarni gidravlik hisoblash. Ko'ndalang kesimi har xil shakldagi quvurlarni hisoblash
12- Mavzu. Quvurdagi suyuqlikning beqaror harakati. Kavitatsiya hodisasi va quvurlardagi gidravlik zarba xodisasi. Gidravlik zarbani bartaraf etish usullari
Do'stlaringiz bilan baham: |