O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
OXU rektori
___________S.S. Dexkanov
“____”__________2022 yil
|
GIDRAVLIKA
fanining
O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 700 000 – Ishlab chiqarish texnik soha
Ta’lim sohalari: 710 000- Muhandislik ishi
Ta’lim yo’nalishi: 60721500- Konchilik ishi
60720700- Texnologk mashinalar va jihozlar
(Mashinasozlik va metallga ishlov berish)
60720700- Mashinasozlik texnoogiyasi, ishlab chiqarishni
jihozlash va avtomatlashtirish
Buxoro -2022 yil
Fan/modul kodi
GIDR1;3;0
|
O’quv yili
2022-2023
|
Semestr(lar)
3
|
Kreditlar
3
|
Fan/modul turi Majburiy
|
Ta`lim tili
O’zbek
|
Haftadagi dars soatlari
2
|
1
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta`lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Gidravlika
|
32
|
58
|
90
|
2
|
I. Fanning mazmuni
“Gidravlika” fani umumta’lim fani hisoblanib. III va IV semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika. fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishligi talab etiladi. Talabalar "Gidravlika'’ fanidan egallagan bilim va ko’nikmalarni bevosita o’zlarining mutaxassislik fanlarini o’zlashtirishda va zamonaviy usullar yordamida muhandislik masalalarini yechishda tadbiq etadilar.
Ushbu fanni o‘qitishda hozirgi zamon texnologik jarayonlarini fan va texnikaning so'ngi yutuqlarini hisobga olgan holda. fan tarixi va uning rivojlanishining tendensiyasi. istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy—iqtisodiy islohotlar natijalari va xududiy muammolaming texnologik istiqboliga ta'siri masalalarini qamraydi. “Gidravlika" o'quv fanini O‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: bilimlarning bir butun tizimi bilan o'zaro bog'1iqlikda ushbu fanning asosiy muammolari; o’zining bo'lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati; “Gidravlika” fani quvurlarni, mashinalarni hisoblash va loyihalashning umumiy tamoyillari haqida tushunchaga ega bo'lishi kerak.
Gidrostatika va gidrodinamika bo’limlarida suyuqliklarning xossalari. muvozanat holatlari va harakatlanishiga oid bo’lgan qonunlar hamda ularning gidrotexnika sohalariga qo'llanilish jarayonlariga ta’luqli bo’lgan savollarning yechimlari hal etiladi. Shuningdek “Gidravlika” fanining boshqa bo'limlarida suyuqlik oqimining harakati davomidagi hosil qilinadigan energiya, uni aniqlash usullari, suyuqliklarning quvurlardagi harakati mobaynida yuzaga keladigan qarshiliklar va ularni kamaytirish usullari hamda gidropnevmoyuritmalarning turlari va qo’llanilish sohalariga oid bo’lgan bilimlar beriladi.
Talabalarning “Gidravlika” fanini o’zlashtirishi uchun o’qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Bunda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar. elektron materiallar va elektron darsliklardan foydalaniladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |