1-Maruza. “Mehnat muhofazasi” fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari va uning o’rganiladigan muammolari. Reja


Download 26.92 Kb.
bet1/4
Sana01.03.2023
Hajmi26.92 Kb.
#1239897
  1   2   3   4
Bog'liq
1 ma\'ruza


1-Maruza . “MEHNAT MUHOFAZASI” FANINING MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI. FANNING ASOSIY TUSHUNCHA VA TA’RIFLARI VA UNING O’RGANILADIGAN MUAMMOLARI.
Reja:

  1. “Mehnat muhofazasi” fanining mazmuni va mohiyati

  2. Mehnat muhofazasi ” fani o‘rganadigan muammolar

  3. “Mehnat muhofazasi” fanining maqsadi va vazifalari

  4. Fanning asosiy tushunchalari, ta’riflari va prinsiplari



Kalit so’lar: Mehnat muhofazasi, faoliyat, zararli va xavfli omillar, sanitariya -gigiyena, xavfsizlik texnikasi, xavfsiz masofa, xavli zona, ishlab chiqarish, baxtsiz hodisa, shaxsiy himoya vositalari, jamoaviy himoya vositalar, kasb kasalliklari, xavfsizlik belgilari va ranglari.



  1. MEHNAT MUHOFAZASI” FANINING MAZMUNI VA MOHIYATI

Insoniyat jamiyati mavjudligining, yashashining va taraqqiy etishining


asosiy shartlaridan biri unda turli shakllarga ega bo‘lgan faoliyatning olib
borilishidir. Faoliyatni olib boruvchi subyekt esa faqat - ong va tafakkurga ega
bo‘lgan insondir.
Jamiyat uchun eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyat shakli mavjud. Bu
faoliyatning oliy shakli hisoblangan - mehnatdir. Chunki,, faqat mehnat tufayligina
insoniyatning barcha moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi boyliklari yaratiladi.
Mehnatning shakllari xilma-xildir. Ular turmushda, jamiyat hayotida, madaniyatda,
ishlab chiqarishda, ilmda va hayotning boshqa sohalarida kechadigan amaliy, aqliy
va ma’naviy jarayonlami o‘z ichiga oladi.
Inson o‘z mehnatining sifati va unumdorligini oshirish maqsadida mehnat
qurollarini va ishlab chiqarish vositalarini doimiy va to‘xtovsiz ravishda o‘zgartirib
va mukammallashtirib boradi. Buning natijasida u mehnat jarayonida doimiy
ravishda yuzaga chiqadigan turli zararli va xavfli omillar ta’siri ostida qoladi.
Turli zararli va xavfli omillar ta’siri ostida qolish hozirda, insoniyat XXI
asrga qadam qo‘yganda, dolzarb muammoga aylandi. Iqtisodiyot obyektlarining
turli sohalarida murakkab texnik qurilmalar va mashinalaming qoTlanilishi
natijasida ishlovchilarda nerv-psixologik, statik yuklanishlar, nevroz holatlari, kasb
kasalliklari ko‘paydi, avariya va falokatlar sodir boiishi ortdi. Bular o‘z navbatida
ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash masalasining ahamiyatini
oshiradi.
Ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlashni samarali yechish
muammosi jamiyat tomonidan qonuniy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik,
gigiyenik va davolash-oldini olish tadbirlari va vositalari tizimini ishlab chiqishni va amalga joriy qilishni talab etadi. Jamiyatdagi bu faoliyat va jarayon mahsuli
sifatida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilim sohasi hosil bo‘ladi va
shakllanadi. Bu bilim sohasidan esa jamiyat hayotida juda katta ahamiyatga ega
bo‘lgan “Mehnat muhofazasi” fani dunyoga keladi.
“Mehnat muhofazasi” ijtimoiy-texnik fan bo‘lib u ishlab chiqarishdagi
zararli va xavfli omillami aniqlaydi va o‘rganadi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz
hodisalaming va ishchilar kasb kasallanishlarining oldini olish yoki kamaytirish
tadbirlarini, hamda avariya va portlash sodir bo‘lishini bartaraf etish uslublarini
o‘rganadi va ishlab chiqadi.
GOST 12.0.002-80 (2003) bo‘yicha “Mehnat muhofazasi” deganda mehnat
jarayonida ishlovchilar sogiig‘ini va ish qobiliyatini saqlashga, hamda
xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonuniy hujjatlar, ijtimoiy-iqtisodiy,
tashkiliy, texnik, gigiyenik va davolash-oldini olish tadbirlari va vositalari tizimi
tushuniladi .
Yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, “Mehnat muhofazasi” fani bir
qancha bilim sohalari chegarasida vujudga keladi.
Mehnat muhofazasi fanning asosiy o‘rganish obyektlari bo Tib mehnat jarayonidagi inson va uning holati, ishlab chiqarish muhiti, inson bilan ishlab chiqarish
uskunalari va texnologik jarayonlarning o‘zaro bogTanishlari va ta’sirlari, mehnat
va ishlab chiqarishni tashkillashtirish, hamda boshqa barcha mehnat xavfsizligini
ta’minlashga ta’sir qiluvchi omillar va jarayonlar xizmat qiladi.




  1. Download 26.92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling