1-Maruza. “Mehnat muhofazasi” fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari va uning o’rganiladigan muammolari. Reja
MEHNAT MUHOFAZASI ” FANI O‘RGANADIGAN MUAMMOLAR
Download 26.92 Kb.
|
1 ma\'ruza
MEHNAT MUHOFAZASI ” FANI O‘RGANADIGAN MUAMMOLAR.
“Mehnat muhofazasi ” fani o’rganadigan masalalar “inson-mashina-ishlab chiqarish muhiti”tizimida va uning tarkibiga kiruvchi kichik tizimlarda yuzaga keladigan mehnatxavfsizligini ta’minlash muammolaridir. Bu tizimlarda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muammolar juda ko‘p va turli bilim sohalariga tegishli hisoblanadi. Shu sababli ishlab chiqarishda ishlovchilaming mehnatini muhofazaqilis h va xavfsizligini ta’minlash muammolarini yechish mehnat qonunchiligi sohasini, ijtimoiy sohani, iqtisodiy sohani, mehnatni maqbul tashkil qilish va boshqa tashkiliy masalalami, texnik sohani, sanitariya va gigiyeniyani, hamda davolash-oldini olish tadbirlari va vositalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Demak, Mehnat muhofazasi fani tomonidan o‘rganiladigan mehnat xavfsizligini ta’minlash muammo va masalalarining ko‘p sonliligi va turliligi juda ko‘p bilim sohalarining ilmiy yutuqlaridan foydalanishni va ulami amalda qoMlashni talab etadi.Mehnat muhofazasi fani quyidagi fanlar bilan uzviy boglangan: ijtimoiy-huquqiy va iqtisodiyot fanlari - mehnat huquqi, jamiyatshunoslik, mehnatni ilmiy tashkil qilish, iqtisodiyot, ishlab chiqarishni tashkil qilish va rejalashtirish va boshqa; tibbiyot va psixologiya fanlari - mehnat gigiyenasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, sanoat toksikologiyasi, mehnat fiziologiyasi, mehnat psixologiyasi, xavfsizlik psixologiyasi va boshqa; texnika fanlari - bunda umuminjenerlik fanlari, yong‘inga qarshi kurash texnikasi, injenerlik psixologiyasi, ergonomika, sanoat nafosati (dizayni) va boshqa; klassik fanlar - fizika, kimyo, matematika (ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, ishonchlilik nazariyasi), biologik fanlar va boshqa. Shu bilan bir qatorda mehnat muhofazasi o‘z uslub va vositalariga, ma’lum bir bilim sohasi sifatida mustaqillikka ega.Mehnat muhofazasi fanining metodologik asosi ishlab chiqarishda mehnat sharoitini yaxshilash va mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish maqsadida ilmiy tahlil qilishdir. Download 26.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling