1-Maruza. “Mehnat muhofazasi” fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari va uning o’rganiladigan muammolari. Reja


FANNING TARKIBIY QISMI, TUSHUNCHALARI, TA’RIFLARI VA PRINSIPLARI


Download 26.92 Kb.
bet4/4
Sana01.03.2023
Hajmi26.92 Kb.
#1239897
1   2   3   4
Bog'liq
1 ma\'ruza

FANNING TARKIBIY QISMI, TUSHUNCHALARI, TA’RIFLARI VA PRINSIPLARI.



Mehnat muhofazasi fani o‘z maqsadiga erishish, qo‘yilgan vazifalami samarali yechish uchun quyidagi uchta qismdan tashkiltopgan:

  1. “Mehnat muhofazasi ”ning nazariy asoslari.

  2. “Mehnat muhofazasi ”ning huquqiy va tashkiliy asoslari.

  3. Mehnat xavfsizligi asoslari (texnika xavfsizligi).

“Mehnat muhofazasi” fani, boshqa fanlar kabi, mehnat
xavfsizligini ta’minlash sohasidagi mustaqil fan sifatida, o‘z tushunchalari,
ta’riflari va prinsiplariga ega. Bu tushunchalami, ta’riflami va prinsiplami bilish,
ulaming mohiyatini chuqur anglash shu fanni chuqur o‘zlashtirishda katta
ahamiyatga ega.
Quyida mehnat muhofazasi fanining bir qator asosiy tushuncha va ta’riflarini davlat standartiga (GOST 12.0.002-2003) asoslangan holda keltiramiz:

  • mehnat sharoiti - mehnat jarayonida ishlovchilaming sogTigi va ish
    qobiliyatiga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish muhiti omillarining majmui;

  • ishlab chiqarishdagi zararli omil - ma’lum bir shart-sharoitda
    ishlovchilarga ta’sir etishi natijasida kasallanish, ish qobiliyatining pasayishi
    va (yoki) keyingi avlodlar sog‘lig‘ida salbiy o‘zgarishlarga olib keladigan
    ishlab chiqarish omili;

  • Bunday zararli omillarga neft mahsulotlari (benzin, dizel yonilg‘isi va
    boshqa uglevodorodlar bugTari), pestitsidlar, gerbitsidlar, mineral o‘g‘itlar, turli
    changlar, aerozollar, shovqin, infratovush, ultratovush, titrash, noqulay mikroiqlim ko‘rsatkichlari, past yoki o‘ta yuqori darajada yoritilganlik, yorqiroqlik va boshqalar kiradi. Miqdor ko‘rsatkichlariga (konsentratsiyasi, darajasi va boshqa) va ta’sir qilish vaqti davomiyligiga bogliq ravishda ishlab chiqarishdagi zararli omil ishlab chiqarishdagi xavfli omilga aylanishi mumkin. Masalan ishlab chiqarishdagi changlar, gazlar, aerozollar, turli nurlanishlar miqdoriy ko‘rsatkichlariga va ta’sir qilish vaqti davomiyligiga bog‘liq ravishda yoki zararli yoki xavfli omil bodishini ko‘rsatish mumkin;

  • ishlab chiqarishdagi xavfli omil - ma’lum bir shart-sharoitda
    ishlovchilarga ta’sir etishi natijasida shikastlanishga, o‘tkir zaharlanishga
    yoki sogdiqning to‘satdan va keskin boshqa turdagi yomonlashishiga, yoki
    odimga olib keladigan ishlab chiqarish omili;

  • Ishlab chiqarishdagi xavfli omillarga misol qilib, harakatlanayotgan
    mashina va mexanizmlarni, traktor va ekskavatorlami, yuk ko‘tarish vosita va
    mexanizmlarini, balandlikka ko‘tarilgan va harakatlanayotgan yuklami, mashina va mexanizmlaming muhofazalanmagan aylanuvchan va qaytma-ilgarilanma harakat qiluvchi qismlarini (kardanli, zanjirli, tishli, tasmali uzatmalar), zaharli modda va gazlami, elektr tokini, turli nurlanishlami va boshqalami ko‘rsatish mumkin;

  • xavfsiz mehnat sharoiti - mehnat sharoitining shunday holatiki, bunda
    ishlovchiga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’siri bartaraf
    qilingan bodadi yoki zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri eng yuqori
    yod qo‘yiladigan daraja va miqdorlardan oshmaydi;

  • mehnat xavfsizligi talablari - qonuniy aktlar, me’yoriy-texnik va loyihaviy
    hujjatlar, qoida va yodiqnomalar tomonidan o‘matilgan talablar, ulaming
    bajarilishi ishlovchi xatti-harakatini belgilaydi va xavfsiz mehnat sharoitini
    ta’minlaydi;

  • mehnat muhofazasi - xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga yo‘naltirilgan
    qonuniy aktlar, hamda oldini oluvchi va belgilovchi (reglamentlovchi)
    ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitar-gigiyenik va davolash-oldini
    olish chora-tadbirlari, vosita va uslublari tizimi;

  • texnika xavfsizligi - ishlovchilarga xavfli ishlab chiqarish omillarining
    ta’sirini bartaraf qilishning tashkiliy chora-tadbirlari, texnik vositalari va
    uslublari tizimi;

  • ishlab chiqarish sanitariyasi - ishlovchilarga zararli ishlab chiqarish
    omillarining ta’sirini bartaraf qiluvchi yoki zararli ishlab chiqarish
    omillarining ta’sirini yoi qo‘yiladigan miqdorlargacha pasaytimvchi
    tashkiliy, sanitar-gigiyenik chora-tadbirlar, texnik vositalar va uslublar
    tizimi;

  • xavfli zona - ishlovchiga zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillari
    ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan zona (fazo);

  • ishlab chiqarish uskunasi xavfsizligi - ishlab chiqarish uskunasini
    yig‘ishda, yechishda va ishlatishda, me’yoriy-texnik hujjatlarda keltirilgan
    shart-sharoitlarda, mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishlik xususiyati;

  • ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligi - ishlab chiqarish jarayonini amalga
    oshirishda, me’yoriy-texnik hujjatlarda keltirilgan shart-sharoitlarda, mehnat
    xavfsizligi talablariga mos kelishlik xususiyati;

  • ishlovchini himoyalash vositasi - ishlovchiga zararli va (yoki) xavfli ishlab
    chiqarish omillarining ta’sirini bartaraf qilishga yoki kamaytirishga
    modjallangan vositalar;

  • ishlovchining shaxsiy himoya vositasi - ishlovchi tanasiga yoki uning bir
    qismiga kiyiladigan yoki u tomonidan ishlatiladigan vosita.

Shaxsiy himoya vositalariga asosan ish kiyimlari, poyafzal, gaz niqoblar,
respiratorlar, niqoblar, shlemlar, himoya ko‘zoynaklari, quloqchinlar va boshqalar
kiradi;

  • ishlovchini jamoaviy himoyalash vositasi - ishlab chiqarish uskunasi, ishlab
    chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish xonasi (binosi) yoki ishlab chiqarish
    maydonchasi bilan konstruktiv va (yoki) funksional bog‘langan himoya
    vositasi.

Ishlovchilarni guruhiy himoyalash vositalariga mashina va mexanizmlar
xavfli zonalarining turli to‘siqlari, qobiqlari, ventilatsiya tizimlari, elektr
uskunalarining yerga ulash, nollash, avtomatik ajratkich, potensiallami
tenglashtirish qurilmalari, yashin qaytargichlar, tovushni yutuvchi va to‘suvchi
qoplamalar va boshqalar kiradi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa - xodimning u mehnat shartnomasi
(kontrakt) bo‘yicha o‘z vazifasini ish beruvchining hududida ham, undan
tashqarida ham bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki
sogiig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni
boshqa ishga o‘tkazish zamriyatini keltirib chiqargan, uning kasbga oid
mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga
sabab bo‘lgan hodisa;
kasb kasalligi - xodimning unga ishlab chiqarishning zararli yoki xavfli
omili ta’siri natijasi bo‘lgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini
vaqtincha yoxud turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali
kasalligi;
xavfsiz masofa - zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining manbasi va
odam o‘rtasidagi, odamning xavfli zonadan tashqarida turishini
ta’minlaydigan, eng kichik masofa;
xavfsizlik belgilari - odamni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf
to‘g‘risida ogohlantirishga, ma’lum bir harakatlami ta’qiqlashga yoki ruxsat
etishga, ko‘rsatishga, obyektlar joylashishi bo‘yicha ma’lumot berishga
mo‘ljallangan, qo‘llanilishi zararli va (yoki) xavfli omillar ta’sirini bartaraf
qilish yoki kamaytirish bilan bog‘liq belgilar;
xavfsizlik ranglari - odamning diqqatini yong‘in o‘chirish vositalariga,
xavfsizlik belgilariga, ishlab chiqarish uskunalarining va (yoki) qurilish
konstruksiyalarining zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillari
manbalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan alohida qismlariga tortishga
mo‘ljallangan ranglar;
zararli ishlab chiqarish omilining yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori darajasi
(EYuD)
- bu ishlab chiqarish omilining shunday darajasiki, ma’lum, aniq
bir vaqt davom etuvchi ishni butun ish staji davomida bajarganda ham,
uning ta’siri natijasida jarohatlanish, kasallanish yoki sogdiqda o‘zgarish ish
jarayonida, yoki hozirgi va keyingi avlodlar hayotida kuzatilmaydi;

  • elektr xavfsizligi - odamlarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit
    maydonining zararli hamda xavfli ta’sirlaridan muhofaza qilishni
    ta’minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar tizimi.

Mehnatni muhofaza qilish sohasida qo‘llaniladigan boshqa tushunchalar va
ulaming mohiyati majmuaning glossariy qismida keltirilgan.
Mehnat muhofazasi prinsiplari quyidagi turlarga bo‘linadi :

  • mehnatni muhofaza qilishning umumiy prinsiplari;

  • mehnatni muhofaza qilishning texnik xususiyatdagi prinsiplari;

  • mehnatni muhofaza qilishning tashkiliy prinsiplari.

Mehnatni muhofaza qilishning umumiy prinsiplari mehnat sharoitlarini
me’yorlashtirishga asoslangan bo‘lib, ulardan ko‘zlangan maqsad ishlab
chiqarishdagi jarohatlanishlami ijtimoiy ofat sifatida bartaraf qilishdan iboratdir.
Bu prinsiplarga quyidagilar kiradi:

  • mehnat muhofazasini boshqarish tizimining rejali va tizimiy ravishda olib
    boriladigan ishlari natijasida ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash
    bo‘yicha ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinligi;

  • ishlab chiqarish moddiy-texnik asosining va mehnat sharoitining o‘zaro mos
    kelishligi, ya’ni moddiy-texnik asosni rivojlantirish natijasida mehnat
    sharoiti ham yaxshilanishi lozim;

  • mehnat sharoitini uzliksiz ravishda yuksaltirib borish, ya’ni ishlab
    chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’sirini doimiy ravishda kamaytirib
    borish va bu holatga birdaniga emas, balki rejali ravishda to‘xtovsiz olib
    boriladigan faoliyat natijasida erishish mumkinligi;

  • mehnat muhofazasini tizim sifatida tavsiflovchi ko‘rsatkichlami
    boshqarishning obyektiv zaruriyati va imkoniyatlarini shakllantiruvchi
    mehnat muhofazasi darajasini boshqarish.

Mehnatni muhofaza qilishning texnik prinsiplariga quyidagilar kiradi:

  • potensial xavflar darajasini kamaytirish yoki umuman bartaraf qilish, bu
    prinsip mehnat xavfsizligini eng yuqori ehtimollik bilan ta’minlash sharoiti

va imkoniyatini yaratadi;

  • masofa bilan muhofazalash, bu prinsip obyekt va subyekt o‘rtasida masofa
    oshib borishi bilan ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’siri ham
    kamayib borishiga asoslangan;

  • vaqt bo‘yicha muhofazalash, bu prinsip odamlaming ishlab chiqarishdagi
    zararli va xavfli omillar ta’siri ostida bo‘lish vaqtini kamaytirishga
    asoslangan;

  • yoniga borib (tegib) bodmaslik prinsipi, bu prinsip odamning ishlab
    chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’siri sohasiga tushib qolmasligiga,
    yoki zararli va xavfli omillaming odam faoliyati sohasiga kirib bormasligiga
    asoslangan;

  • blokirovkalash prinsipi, bu prinsip odamning ishlab chiqarishdagi zararli va
    xavfli omillar ta’siri sohasiga tushib qolganida ulami bartaraf qilishga, yoki
    odamlar tomonidan baxtsiz hodisalarga olib keladigan noto‘g‘ri xatti-
    harakatlarning oldini olishga asoslangan;

  • mustahkamligini oshirish prinsipi, bu prinsip mashina va mexanizmlaming
    o‘ta yuqori statik va dinamik zo‘riqishlar ostida bodishi mumkin bo‘lgan
    qism va detallarining mustahkamligini ko‘zlanganidan bir necha baravar
    ortiqcha yuklanishga dosh beradigan qilib loyihalashga va qurishga
    asoslangan;

  • ma’lumot berish prinsipi, o‘qitish va yo‘riqnomalar berish, ogohlantirish va
    taqiqlash, bular tovush, yorug‘lik va ma’lum bir turdagi boshqa signallar
    bilan amalga oshiriladi.

Turli holatlarda ahamiyati va zaruriyati turli darajada bo‘ladigan texnik
xususiyatdagi prinsiplarga amal qilish tashkiliy prinsiplami ham qo‘llash
lozimligini keltirib chiqaradi. Mehnatni muhofaza qilishning tashkiliy prinsiplariga
quyidagilar kiradi:

  • obyektlami pasportizatsiyalashga va istiqbolda ishlab chiqarish
    jarohatlanishlarini bashorat (prognoz) qilishga asoslangan holda mehnat
    xavfsizligini boshqarish, bu prinsip ma’lum bir kelajakdagi davrga maqsad
    qilib belgilangan xavfsizlik darajasi ko‘rsatkichlariga erishish metodlari va
    vositalarini nisbatan baholash imkoniyatini beradi;

  • yechimlaming aniqligi, bu prinsip mavjud yechimlar variantlari to‘plamidan
    aniq, bitta ma’noli yechimni tanlab olishni va tatbiq etishni taqoza etadi
    (ishlab chiqarishga mehnat xavfsizligi standartlar tizimini tatbiq etish bilan
    amalga oshiriladi);

  • mutaxassislami tanlash, bu prinsip yuqori kasbiy malakaga ega bodgan,
    ayniqsa mehnat muhofazasi bo‘yicha, ishlab chiqarishni tashkil qilish,
    psixologiya, iqtisod, pedagogika, mehnat gigiyenasi va sanitariyasi, texnika
    xavfsizligi, hamda boshqa turli sohalarda mukammal tayyorgarlikka ega
    mutaxassislami tanlashga asoslangan;

  • javobgarlik, bu prinsip mehnat muhofazasining u yoki bu talablari buzilishi
    orqasida ma’lum bir shaxs, bajamvchini ham hisobga olgan holda,
    turganligini ko‘zda tutadi;

  • bajamvchini almashtirish (zamr holatlarda), bu prinsip mehnat muhofazasi
    qoida va me’yorlari buzilishining qayta takrorlanishlari ehtimolini bartaraf
    etishni ko‘zda tutadi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.

  1. Faoliyat nima?

  2. Mehnat nima?

  3. “Mehnat muhofazasi” fani nimani o’rganadi?

  4. Mehnat muhofazasi fanini o’rganishdan asosiy maqsad nima?

  5. “Mehnat muhofazasi” fanining vazifalari nimadan iborat?

  6. Mehnat muhofazasi ” fani o‘rganadigan muammolar nimadan iborat?

  7. Zararli va xavfli omillar cdeganda nimani tushunasiz?

  8. Sanitariya-gigiyena qoidalari deganda nimani tushunasiz?

  9. Xavfsizlik texnikasi nima?

  10. Xavfsiz masofa nimani anglatadi?

  11. Xavli zona nima?

  12. Baxtsiz hodisa nima?

  13. Kasb kasalliklari tushunchasiga tarif bering.

  14. Shaxsiy himoya vositalari nima?

  15. Jamoaviy himoya vositalar nima?

  16. Xavfsizlik belgilari nima va qanday ranglardan foydalaniladi?

Download 26.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling