Osiyo xalqaro unversiteti
Download 82.87 Kb.
|
o\'simlik lipid modda .mustaqil ish
II.Asosiy qism
1.O'simlikda uchraydigan moylarning kimyoviy tarkibi. Oʻsimlik moylarining fizik va kimyoviy xossalari ularning yod, kislota va sovunlanish sonlari bilan ifodalanadi. Yod soni moy tarkibidagi yogʻ kislotalarining toʻyinmaslik darajasini belgilaydi. Yod soni qancha katta boʻlsa, moy shuncha suyuq boʻladi. Odatda, suyuq moylarni oziq sifatida isteʼmol qilib boʻlmaydi; ulardan turli boʻyoqlar, lok, alifmoy tayyorlashda va boshqalar texnik maqsadlarda foydalaniladi. Koʻpgina Oʻsimlik moylari havoda oksidlanib, yupqa parda hosil qiladi ("quriydi"). Yod soni 85 dan kichik boʻlgan moylar qurimaydigan, 130 dan yuqori boʻlgan moylar yaxshi quriydigan moylar hisoblanadi. Kislota soni moylar tarkibidagi erkin yogʻ kislotalari miqdorini ifodalaydi. Bu son yogʻning sifatini belgilaydi. Odatda, Oʻsimlik moylari tarkibida juda oz erkin yogʻ kislotalar uchraydi, binobarin ularning kislota soni ham kichik boʻladi. Uzoq muddat saqlangan yoki xom urugʻlardan tayyorlangan moylarda erkin yogʻ kislotalar miqdori yuqori, ularning kislota soni ham katta boʻladi. Oʻsimlik moylari uzoq muddat saqlanganida namlik, havo, yorugʻlik va boshqalar taʼsirida hosil boʻladigan aldegidlar, ketonlar va baʼzi bir yogʻ kislotalari ularga qoʻlansa hid va taxir taʼm beradi. Toʻyinmagan yogʻ kislotalardagi qoʻshbogʻlarga vodorod atomini biriktirish yoʻli bilan suyuq Oʻsimlik moylari qattiq moylarga aylantiriladi (qarang Gidrogenlash). Bunday reaksiyalardan margarin tayyorlashda foydalaniladi. Oʻsimlik moylarining biologik qiymati ular tarkibida koʻp miqdora uchraydigan toʻyinmagan yogʻ kislotalari, fosfolipidlar va tokoferollar bilan aniklanadi. Fosfolipidlar soya (3000 mg%), paxta (2500 mg%), kungaboqar (1400 mg%) moylarida, tokoferollar makkajoʻxori moyida (100 mg%) koʻp boʻladi. Tokoferollarning vitaminlik qiymati ular miqdoriga emas, balki xiliga (mas, makkajoʻxori moyi vitaminlik qiymatining yuqori boʻlishi uning tarkibidagi alfa tokoferolga) bogʻliq. Oʻsimlik moylari, asosan, siqish (ezish) va ekstratsiya usulida ajratib olinadi. Har ikkala usulning dastlabki bosqichlari urugʻlarni (chigit va pistani) tozalash va magʻizni qobigʻidan ajratish (parchalash)dan iborat. Soʻngra magʻiz maydalanadi (yanchiladi). Yanchilgan magʻiz maxsus qozonlarda aralashtirilib, namlangan holda 100—110° da qizdiriladi. Hosil boʻlgan yanchmani maxsus presslarda siqish (ezish) orqali moy ajratib olinadi. Ular tozalik darajasiga qarab, filtrlangan, rafinatsiya qilinmagan va rafinatsiya qilingan navlarga ajratiladi. Oʻzbekistonda foydalaniladigan Oʻsimlik moylarining 80% paxta moyiga, qolganlari esa soya, kungaboqar, masxar, kunjut va boshqalar oʻsimliklar moyiga toʻgʻri keladi. Oʻsimlik moylari muhim oziq-ovqat mahsuloti, ulardan konservalar, konditer mahsulotlari, margarin tayyorlashda foydalaniladi. Texnikada Oʻsimlik moylarii sovun, alifmoy, lok, glitserin, yogʻ kislotalari va boshqalar mahsulotlar olishda ishlatiladi. Tibbiyot va farmakologiyada suyuq Oʻsimlik moylari (bodom, kanakunjut moyi) dan moy emulsiyalari tayyorlanadi. Ayrim Oʻsimlik moylari (zaytun, zigʻir, bodom moyi) har xil surtmalar va linimentlar asosini tashkil etadi. Koʻpchilik Oʻsimlik moylari kosmetik vositalar tarkibiga ham qoʻshiladi. Moyli ekinlar — urugʻi va mevasidan moy olish uchun ekiladigan ekinlar guruhi. Gulxayridoshlar (gʻoʻza), murakkabguldoshlar (kungaboqar, maxsar), labguldoshlar (perilla, lallemansiya), butguldoshlar (raps, xantal), dukkakdoshlar (soya, yer yongʻoq) va boshqa turli botanik guruxlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklarni oʻz ichiga oladi. Bulardan baʼzilari qotuvchi moy beradigan daraxtlar (kokos palmasi va moyli palma, kakao, tunga), boshqalari suyuq moy beradigan oʻtsimon oʻsimliklar (soya, kungaboqar, zigʻir) hisoblanadi. Moyli ekinlar urugʻi, mevalarida, ayrimlari (chufa) tuganaklarida moy toʻplaydi. Moyli ekinlarning urugʻi va mevasida toʻplanadigan moy miqdori (mutlaq quruq moddaga nisbatan % hisobida): kanopda 18—20, chigitda 17—29, soyada 13—37, kungaboqarda 29—57, yer yongʻoqda 41—57, rapsda 48—50, koʻknorda 46— 56, moyli zigʻirda 35—52, kanakunjutda 48—55, kunjutda 50—65. Moyli ekinlar moylari suyuq, yarim suyuq va qotuvchi boʻlib, presslab yoki ekstraksiyalab olinadi. Oʻsimlik moylari bevosita oziq-ovqat maqsadlarida, konservalar tayyorlashda, konditer mahsulotlari, margarin olishda, lok-boʻyoq, sovun pishirish, toʻqimachilik, atir-upa sanoatlari, tibbiyotda, shuningdek, moylash materiali sifatida ishlatiladi. Yogʻmoy ishlab chiqarish chiqindilaridan kunjara va shrot chorva mollari uchun konsentrat ozuqa hisoblanadi. Moyli ekinlarning kelib chiqishi turlicha. Yovvoyi kungaboqarning vatani — Shimoliy Amerika. Kanakunjut va kunjut esa Afrikadan, raps va koʻknor Oʻrta dengiz atroflaridan tarqalgan, yer yongʻoqning vatani — Janubiy Amerika; gʻoʻza Hindiston, Xitoy, Perudan tarqalgan. Jahon dehqonchiligida soya, yer yongʻoq, kungaboqar, zaytun, raps, kunjut, kanakunjut, moyli zigʻir katta ahamiyatga ega. Oʻzbekiston florasida yovvoyi Moyli ekinlar ning 500 turi aniqlangan. Oʻzbekistonda yogʻmoi sanoatining asosiy xom ashe bazasini bir yillik moyli ekinlardan gʻoʻza tashkil etadi. Shuningdek, zigʻir, soya, raps, kunjut, maxsar va boshqalarning urugʻlari ham qayta ishlanadi Download 82.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling