Osiyo xalqaro unversiteti


O'simlik tarkibidagi yog'larni olish sanoati


Download 82.87 Kb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi82.87 Kb.
#1467666
1   2   3   4   5
Bog'liq
o\'simlik lipid modda .mustaqil ish

3.O'simlik tarkibidagi yog'larni olish sanoati
Yogʻ-moy sanoati — oziqovqat sanoatining oʻsimlik moyi ishlab chiqarish, yogʻlarni tozalash, gidrogenlash, dezodoratsiyalash, glitserin, margarin, mayonez, xoʻjalik sovunlari, sintetik moy kislotalari asosida kir yuvish vositalari, aliflar va b. mahsulotlar tayyorlashni oʻz ichiga oladigan tarmogʻi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan oziqovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40% ga yaqinini beradi. OʻzRda Yog'-moy sanoati rivojlanishi paxta yetishtirishning oʻsishi bilan bogʻliq boʻlgani sababli yogʻ-moy korxonalari xom ashyoga yaqin yerlarga qurilgan va respublikaning hamma viloyatlarida (Navoiy viloyatidan tashqari) mavjud. Oʻzbekistonning zamonaviy Yo.m. s.da yiliga 3,5 mln. tonna chigit va boshqa moyli oʻsimliklar urugʻlarini qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan 21 korxona ishlaydi . Korxonalarda jami 227 ming t oʻsimlik moyi ishlab chiqarildi (2000). Oʻrta Osiyoda juda qadimdan turli oʻsimliklar, moyli ekinlar urugʻlaridan yogʻ olish bilan shugʻullanib kelingan. Yogʻ asosan juvozpasha olingan. Xom ashyo sifatida paxta chigiti, kunjut, zigʻir, mahsar, yer yongʻoq, danaklar va b.dan foydalanilgan. Turkiston oʻlkasida temir yoʻl qurilishi va tashqi bozorlar bilan aloqaning yaxshilanishi natijasida Yo.m. s. ham rivojlandi. Oʻzbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik pressli birinchi zd 1884 yilda Qoʻqonda ishga tushirilgan, 1896 yilda Kattaqoʻrgʻon sh.da (Samarqand viloyati) yogʻ zavodi qurildi. 1913—14 yillarda 30 ta yogʻ zavodi boʻlib, 57 ming t oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarilgan. Avval fakat tozalanmagan (qora) paxta yogʻi tayyorlangan boʻlsa, keyinchalik yogʻni tozalash yoʻlga qoʻyildi va oliy navli tozalangan yogʻ ishlab chiqarildi, oziqovqat uchun va texnikada ishlatiladigan salomas, glitserin, moy kislotalari, margarin, mayonez, sovunlar, sintetik kir yuvish vositalari, turli loklar, boʻyoq moddalari ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Yo.m. s. chiqindilarsiz ishlash sxemasida ishlaydi. Oʻsimlik moyi presslash va ekstraksiya yoʻli bilan olinib, ketmaket tozalanadi va dezodoratsiyalanadi. Ayrim korxonalarda keyingi yillarda kungaboqar pistasi va mahsar urugʻlaridan yogʻ ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Xulosa
O’simlik moylari o’simliklarning to’qimalarida keng tarqalgan. Lipidlar o’simlik hujayralarining asosiy moddalaridan bo’lib, ayrimlarida ular juda ko’p to’planadi (lokalizatsiyalanadi). Ular asosan o’simliklar urug’larida to’planib, ayrimlarida 50-70% gacha bo’lishi mumkin. Yog’larni juda ko’p miqdorda to’playdigan o’simliklar guruhi moyli o’simliklar deb nom olgan va ular sanoat ahamiyatiga ega bo’ladi. Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan bu guruh o’simliklariga hozirgi kunda 100ga yaqin o’simliklar kiradi. O’zbekistonda asosiy moyli urug’ sifatida paxta chigiti ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda paxta dalalari qisqartirilishi natijasida, paxta chigiti o’rnini qoplay oladigan boshqa moyli o’simliklar ekish ishlarini amalga oshirish orqali respublikamiz uchun noan’anaviy moyli o’simliklardan kungaboqar, maxsar, soya o’simliklarining seleksiyasi va ularning moyini qayta ishlash texnologiyalari o’rganilmoqda. Moyli ekinlar guruhini xilma-xil ekinlar tashkil qilgan. Bu ekinlar har xil botanik oilalarga mansub bo‘lib morfologik va biologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Moyining chiqishi, sifati, qo’llanishi har xil bo’ladi. Ushbu ekinlarning urug’i va mevasi tarkibida 20-60-% moy bo’lib, oziqovqatda, konserva ishlab chiqarishda, qandolat va non mahsulotlari tayyorlashda qo’llaniladi. Bundan tashqari, o’simlik moyi margarin, sovun, lok, bo’yoq, olif, stearin, linoleum ishlab chiqarishda, tabobatda, parfyumeriyada, teriga ishlov berishda qo’llaniladi. Ammo moyli ekinlarni ulushi har xil. Kungaboqar, soya, raps moyli ekin sifatida keng tarqalgan, boshqa ekinlar kam tarqalgan: ularga moyli zig’ir, kunjut, maxsar, xantal, kanakunjut, moyli ko’knor, yeryong’oq, krambe, perilla, lyallemansiya va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Moyli ekinlarning ahamiyati ularning moyini xalq xo’jaligida foydalanishiga bog’liq. Moy ishlab chiqarilgandan keyin qolgan kunjara va shrot chorva mollariga yuqori to’yimli ozuqa hisoblanadi. Ayrim moyli ekinlar silos tayyorlashda qo’llaniladi. Yer yuzida moyli ekinlar ko’p tarqalgan, 


Download 82.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling