O’smirlarda suisidal holatlar va ularni diagnostikasi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/41
Sana05.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#218142
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
yuridik psixologiya karakulova u

Depressiyaga  uchragan  shaxslarning  suitsid  natijasida  o’lim  tahlikasi  12–

20%  ni  tashkil  etadi  (A.G.Ambrumova).  O’z  joniga  qasd  qilganlarning 

2

G’



qismida depressiya aniqlangan. 

Shizofreniya  o’z  joniga  qasd  qilish  ehtimolini  oshiruvchi  boshqa  bir  psixik 

kasallik  hisoblanadi.  Bu  guruhda  suitsidal  xavf  umumiy  ommaga  ko’ra,  30–40 

marta  ko’p  kuzatiladi.  Taxminan,  10–12  %  shizofreniya  bilan  kasallanganlar  o’z 

joniga  qasd  qilishi  natijasida  halok  bo’ladilar.  Xorijiy  tadqiqotchilar  shizofreniya 

bilan  kasallanganlarda  o’z  joniga  qasd  qilish  tahlikasi  darajasini  oshiruvchi 

quyidagi  omillarni  ko’rsatganlar:  tez-tez  psixik  kasalxonalarga  yotqizish,  yuqori 

ta’sirchanlik,  oila  a’zolari  yoki  qarindoshlari  orasida  suitsidal  holatni  uchrashi, 

psixik  va  depressiv  alomatlar  mavjudligi  bilan  tavsiflanadi.  Shuningdek,  spirtli 

ichimliklar  va  narkotikka  tobelik  ham  suitsidal  xavfning  yuqori  darajasi  deb 

belgilangan.  Turli  xorijiy  mualliflarning  ma’lumotiga  ko’ra,  spirtli  ichimliklar  va 

narkotik  suiiste’moli  natijasida  o’z  joniga  qasd  qilish  orqali  halok  bo’lganlarning 



30–35%  ini  tashkil  qiladi.  Xorijiy  tadqiqotchilarning  ko’rsatishicha,  spirtli 

ichimliklar bilan kasallanganlarning 7–15% o’z joniga qasd qilish natijasida vafot 

etadi,  shu  sababli  suitsidal  o’limning  ko’p  qismi  o’rta  yoshli  erkaklarga  to’g’ri 

keladi (D.I.Shustov). 

Ko’p  miqdordagi  tadqiqotlar  suitsidal  xulq-atvorga  undagan  individual-

psixologik xususiyatlar aks ettirishga bag’ishlangan. 

Masalan,  M.V.Smirnovaning  (2011)  uqtirishicha,  suitsidal  xulq-  atvorning 

shaxsiy  tavsifnomasiga  ko’ra,  muhim  o’rin  egallovchi  bir  nechta  omillar 

aniqlangan.  Shuningdek,  A.G.Ambrumovaning  (1989)  aniqlashicha,  shaxsning 

hamma individual xususiyatlari suitsidal xulq-atvorni tushunish uchun asosiy o’zak 

hisoblanadi.  Ilmiy  tadqiqotlar  natijasida  shaxsiy  indikatorlar  o’rtasida  suitsidal 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling