7.Ishtahaning o’zgarishi. Ishtahaning yo’qligi yoki, aksincha, me’yordan
ortiq ishtaha orqali o’ziga zarar etkazish fikri bilan bog’liq bo’lib, har doim
potentsial xavf mezonlari sifatida ko’rib chiqilishi zarur. Yaxshi ishtahali o’smirlar
injiq bo’lib qoladilar, ishtahasi yomon yoki uncha yaxshi bo’lmaganlar esa, “uchta
tomoqqa” eydilar. Shunga muvofiq, ozg’in o’smirlar semiradilar, to’laroq
o’smirlar, aksincha, ozadilar.
8. Uyqu tartibining o’zgarishi. Ko’pgina suitsidal o’smirlar butun kun
davomida uxlaydilar: ayrimlari, aksincha, uyqusizlikka uchraydilar, yarim
kechagacha xonalarida u yoqdan bu yoqqa yuradilar, ba’zilari ertalabga yaqin
uyquga yotadilar.
9. O’zlashtirishdagi o’zgarishlar. Ba’zi o’quvchilar avval yaxshi va a’lo
baholarga
o’qigan bo’lsalar, sekin-asta dars qoldirishni boshlaydilar,
o’zlashtirishlari keskin tushib ketadi. Avval kechikib keladigan bo’lsa, endi
maktabdan damba-dam ketib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |