kasallik hisoblanadi. Bu guruhda suitsidal xavf umumiy ommaga ko’ra, 30–40
marta ko’p kuzatiladi. Taxminan, 10–12 % shizofreniya bilan kasallanganlar o’z
joniga qasd qilishi natijasida halok bo’ladilar. Xorijiy tadqiqotchilar shizofreniya
bilan kasallanganlarda o’z joniga qasd qilish tahlikasi darajasini oshiruvchi
quyidagi omillarni ko’rsatganlar: tez-tez psixik kasalxonalarga yotqizish, yuqori
ta’sirchanlik, oila a’zolari yoki qarindoshlari orasida suitsidal holatni uchrashi,
psixik va depressiv alomatlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, spirtli
ichimliklar va narkotikka tobelik ham suitsidal xavfning yuqori darajasi deb
belgilangan. Turli xorijiy mualliflarning ma’lumotiga ko’ra, spirtli ichimliklar va
narkotik suiiste’moli natijasida o’z joniga qasd qilish orqali halok bo’lganlarning
30–35% ini tashkil qiladi. Xorijiy tadqiqotchilarning ko’rsatishicha, spirtli
ichimliklar bilan kasallanganlarning 7–15% o’z joniga qasd qilish natijasida vafot
etadi, shu sababli suitsidal o’limning ko’p qismi o’rta yoshli erkaklarga to’g’ri
keladi (D.I.Shustov).
Ko’p miqdordagi tadqiqotlar suitsidal xulq-atvorga undagan individual-
psixologik xususiyatlar aks ettirishga bag’ishlangan.
Masalan, M.V.Smirnovaning (2011) uqtirishicha, suitsidal xulq- atvorning
shaxsiy tavsifnomasiga ko’ra, muhim o’rin egallovchi bir nechta omillar
aniqlangan. Shuningdek, A.G.Ambrumovaning (1989) aniqlashicha, shaxsning
hamma individual xususiyatlari suitsidal xulq-atvorni tushunish uchun asosiy o’zak
hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida shaxsiy indikatorlar o’rtasida suitsidal
Do'stlaringiz bilan baham: