5. O’smirlarning suitsidal xulq-atvorini psixologik diagnostik tadqiq
qilish.
Hozirgi vaqtda bolalar va o’smirlarda suitsidal tahdidni aniqlash uchun
universal psixodiagnostik metodlar ishlab chiqilmagan. Suitsidal xavfni baholash
uchun foydalaniladigan test, so’rovnoma, anketalar keng tarqalgan diagnostik
metodlar hisoblanadi. Suitsidal xavfni baholash uchun belgilangan maxsus
so’rovnomalar 2 ta guruhga bo’linadi: 1–metodlar, suitsidal fikr va kechinmalarga
tegishli savollarni o’z ichiga oladi. 2– shaxsning individual omillarini, xususan,
suitsid sodir qilish ehtimoli yuqoriligini aniqlaydi. Shuningdek, klinik
so’rovnomalar keng tarqalgan bo’lib, ko’pincha, tibbiyot psixologiyasi va
psixoterapevtik amaliyotda keng foydalaniladi.
Diagnostik materiallardan tuzilgan uslubiy tavsiyalardan maqsad – bolalar va
o’smirlarda suitsidal xulq-atvor haqidagi ma’lumotlarni tezkor olishga imkon
yaratish. Ayniqsa, diagnostik amaliyotni o’tkazish uchun vaqt sarflash yaxshi
natija beradi.
Shu yo’l bilan diagnostik dalillar olish mezonlari shundayki, ular aniq,
ixcham, informativ, oson ishlanadi, shaxsiy ko’rsatkichlarni qayta ishlashga kam
vaqt sarflanadi. Metodik materiallar anketa, jadval va kichik so’rovnomalar
ko’rinishida bo’ladi (1–11 ilovalarga qarang). Turli tashkilotlarning mutaxassislari
ish davomida psixodiagnostik metodlardan voyaga etmaganlarni ko’rikdan
o’tkazish masalalariga mos ravishda tanlab olib foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |