14. Xulq-atvordagi o’zgarishlar. Odamning xulq-atvorida to’satdan va
kutilmagan o’zgarishlarni diqqat bilan kuzatish zarur. Agarda vazmin, kamgap,
odamovi odam, to’satdan ko’p hazillashsa, kulsa, vaysaqi bo’lib qolsa, unga
e’tiborli bo’lishi kerak. Bunday o’zgarish, ba’zida juda ham yolg’izlikni boshdan
kechirayotgan, uni niqoblashga urinib, quvnoqlik, beg’amlik niqobi kiyilganiga
guvoh bo’lish mumkin. Boshqa tashvishli belgilar-energetik quvvatning pasayishi,
passivlik, hayotga, munosabatlarga beparvolik hisoblanadi. Inqirozni boshdan
kechirayotgan o’smirlar, avval o’zlari yaxshi ko’rgan hamma narsaga qiziqishlarini
yo’qotadilar. Sportchilar o’z jamoalarini, musiqachilar o’zlarining sevimli musiqa
asboblarini tark etadilar, kimdir har kuni ertalab yugurish bilan shug’ullanayotgan
bo’lsa, bu mashg’ulotdan sovib ketadi. Ko’pchilik do’stlari bilan uchrashishdan,
qadrdon ulfatlaridan qochadilar, yakkalanib qoladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |