O’smirlarda suisidal holatlar va ularni diagnostikasi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/41
Sana05.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#218142
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
yuridik psixologiya karakulova u

bo’yicha tavsiyalar 

Suitsidga qarshi kurash bo’yicha ijtimoiy ishlarni tashkil qilish ikkita asosiy 

yo’nalishda amalga oshiriladi: 

–o’z joniga qasd qilish profilaktikasi; 

– suitsident va uning atrofidagilarning reabilitatsiya va adaptatsiyasi. 



Suitsidal  xulq-atvor  profilaktikasida  davlat,  ijtimoiy-iqtisodiy,  tibbiy, 

psixologik,  pedagogik  va  suitsidal  xulq-atvor  rivojlanishidan  ogohlantirishga 

yo’naltirilgan  boshqa  tadbirlarni  tushunish  mumkin.  Xorij  mamlakatlarida  o’z 

joniga  qasd  qilish  profilaktikasi  maxsus  suitsidologik  xizmatlar  (“ishonch 

telefoni”,  ijtimoiy-psixologik 

yordam 


xonalari,  inqirozli 

holatlar 

bilan 

shug’ullanuvchi  bo’limlar),  mutaxassislarni  suitsidal  moyillikni  aniqlashga 



o’rgatish,  aholini  suitsid  vositalariga  huquqini  cheklash,  ommaviy  axborot 

vositalarida  o’z  joniga  qasd  qilish  haqida  xabarlarni  nazorat  qilish  yordamida 

amalga oshiriladi. 

AQShda suitsidni oldini oluvchi harakatlar jamoatchilikda katta shov-shuvga 

sabab  bo’ldi,  1966  yilda  Psixologik  sog’lomlashtirish  milliy  instituti  suitsid 

profilaktikasini  o’rganish  bo’yicha  markaz  tashkil  qilindi.  O’z  joniga  qasd  qilish 

darajasini  kamaytirish uchun  “buni shunday  qilish kerakki, insonlar  hayoti saqlab 

qolinishi  mumkinligiga  hamma  ishonsin”.  Keyinchalik,  ikki  psixolog  –  Edvin 

Shneydman  va  Norman  Farberou  Los-Anjelesda  Suitsid  profilaktikasi  markazini 

tashkil  qilishdi  hamda  hozirgi  kunda  dunyoga  mashhur  muassasa  hisoblanadi. 

Markaz  xodimlarini  psixologlar,  psixiatrlar,  ijtimoiy  xodimlar  va  ko’p  qismini 

volontyorlar tashkil qiladi. Shundan buyon AQShda suitsid profilaktikasi bo’yicha 

200 dan ortiq dasturlar ishlab chiqilgan. 

AQShda  hozirgi  kunda  o’z  joniga  qasd  qilish  profilaktikasi  bo’yicha 

muassasalarni  tashkil  qilishga  oid  ko’pgina  variantlar  mavjud.  Ularning  umumiy 

xususiyati  inqiroz  holatida  shoshilinch  yordam  ko’rsatish  uchun  telefon 

aloqalarining  mavjudligi  hisoblanadi.  Ularning  xodimlari o’z  joniga qasd  qilishga 

uringan odam bilan ikki yoqlama aloqa o’rnatadilar va ular bilan norasmiy aloqaga 

kirishadilar. 

Uning 


muammolarini 

hal 


qilib, 

emotsional 

zo’riqishlarni 

engillashtirish  mumkinligini  ma’lum  qiladilar.  Telefon-  maslahatchi  abonentning 

suitsidal  potentsialini  baholashi  lozim.  Ular  muassasalar,  kasalxonalar, 

amaliyotdagi psixiatrlar, ijtimoiy yordam agentligi poliklinikalari, ruhoniylar yoki 

umumiy ixtisoslashgan shifokorlar hisoblanadi. Abonentga tez tibbiy yordam zarur 

bo’lsa, militsiyadan foydalanish zarur. Ayrim agentliklarning bildirishicha, inqiroz 




vaqtida eng samarali  yordam oila hisoblanadi, desalar, ba’zilar  yaqin do’stlarning 

qo’llab-quvvatlashi  muhim,  deb  taxmin  qiladilar.  Agarda  suitsidal  inqiroz 

tugallanishga  yaqinlashsa,  abonentni  maxsus  xizmatlarning  psixiatrik  yordamiga 

yuborish mumkin. 

Dunyoviy  amaliyotda  suitsiddan  ogohlantirish  tizimini  quyidagicha  ajratish 

mumkin: 



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling