Faoliyatga yo’naltirish
-muhtojlar uchun kecha-kunduz amalga oshirish;
-suitsidal xavf guruhidan faollarni topish;
-o’z joniga qasd qilishga uringan shaxslarni nazorat qilish.
Idoralar va tizimlar
-aholi uchun maslahatxonalar;
-shoshilinch telefon yordami xizmati;
-sutkalik gospitalizatsiya xizmati;
-ambulator xizmatlar;
-suitsidetlar uchun (kunduzgi statsionar) “yarim yo’ldagi uy”, bemorlarning
bemalol ishlashlariga imkon beruvchi kechki soatlarda qisman gospitalizatsiya
dasturi;
-suitsiddan ogohlantirish va suitsid interventsiyasini o’z ichiga olgan
shoshilinch psixiatrik yordamlar;
-shifokorlarga, yuristlarga, turli yordam ko’rsatuvchi agentliklarga
shoshilinch yuborish dasturi;
-suitsid fenomenologiyasini o’rganishga yo’naltirilgan ommaviy ta’lim
dasturlar.
Suitsidal xavfning zamonaviy profilaktikasi umumiy ixtisoslashgan
kasalxonalar, psixik sog’lomlashtirilgan markazlar, psixiatrik klinikalar, cherkov
maslahatxona markazlari, antisuitsidal bo’limlar, telefonda psixologik yordam
xizmati va zaharlanishdan davolash markazida shoshilinch psixiatrik yordamlarni
birlashtiradi. Bu xizmatlarning har biri suitsidga moyil odamlarga muhim amaliy
yordamlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |