O’smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari


Ushbu funktsiyalarning rivojlanish xususiyatlarini ko’rib chiqamiz


Download 29 Kb.
bet4/5
Sana15.02.2023
Hajmi29 Kb.
#1201628
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari

Ushbu funktsiyalarning rivojlanish xususiyatlarini ko’rib chiqamiz:
Diqqat. Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qilsa, o’smirlik davrida bola o’z diqqatini o’zi boshqara oladi, Dars davomida intizomning bo’zilishi aksariyat hollarda o’quvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. O’smir o’z diqqatini to’la ravishda o’zi uchun axamiyatli bo’lgan va yuqori natajalarga erishishi mumkin bo’lgan faoliyatlarga qarata oladi. O’smirning diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo’lishi mumkin. Bolaning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o’qituvchi tomonidan doimo qo’llab-quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga ko’tarish uchun bir qancha uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, o’smirning dars jarayonida o’z tengdoshlari orasida o’zini ko’rsatishi uchun sharoitni yaratilishi ham o’smirdagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriyga aylanishida zamin bo’lib xizmat qilishi mumkin. Lekin, o’smirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham bo’ladi. Aynan 13-14 xamda 16 yoshlarda charchash chizigi keskin ko’tariladi. Bunday holatlarda o’smir atrodagi narsa va voqealarga to’liq diqqatini qarata olmaydi diqqatning ko’rinishlariga o’smirlik erishish va yo’qotish bo’yicha to’la qarama-qarshi bo’lgan davr hisoblanadi.


3. O’smirlik davrida shaxsning shakllanishi
Jinsiy yetilish o’smirning bu yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vosita siatida ta’sir o’tkazadi. Lekin, bu bevosita ta’sirdir.
Sotsial omillar esa qo’yidagilardir:
Kichik maktab -yoshidan o’rta maktabga o’tash, ya’ni yakka o’qituvchi rahbarligidan ko’pchilik o’quvchilar tasavuriga o’tish va muloqotdagi o’zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib borish, mustaqil va amaliy ishlarni ko’proq bajarish, shu bilan birga bolaning oiladagi o’rni ham o’zgaradi. U’shbu o’zgarishlar ta’sirida bolalar jismoniy va aqliy imkoniyatlarini o’sib borishi munosabati bilan o’zlariga ko’proq ishona boshlaydilar, u endi oilaviy muammolar muxokama eta boshlaydi. Katta o’smirlarga nisbatan kichik o’smirlarda paydo bo’ladigan kelisha olmaslikni ulardagi jinsiy yetilishiga emas, balki atrodagi shart-sharoitlar, oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahalla-ko’y, ya’ni sotsial sharoitlar ta’siri bilan bog’lash zarur.
Shu sotsial sharoit ijtimoiy va ulardagi psixologik iqlimni o’zgartirish bilan, kichik o’smirdagi yomon xulq-atvor, o’jarlik, kamchiliklarini tan olmaslik kabi tabiiy xislatlarning oldini olish mumkin.
Ba’zi o’qituvchilar kichik o’smirdagi bu o’zgarishlar urushqoqlik va salbiy alomatlar o’jarliklarining ildizlari qaerdan kelib chiqadigan va nimani bog’langanligi, nimaning ta’siri ekanligi bilmay turib, noto’g’ri tashxis va xulosalar keltirib chiqaradilar va bu, aksariyat holda fojiaga olib kelishi mumkin.
Aslida esa bu o’smir yoki maktab yoshidagi bolalarning psixik holatlarini va psixik rivojlanayotganliklarini hisobga olish va psixik muammolarini erkin va to’tri yechimlari uchun yordam berish, ularni aqliy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi metodlar yordamida «ularga psixologik yondashish zarur va muximdir. Kichik o’smir yoshdagilar bilan ishlayotganda o’quvchining har bir tashqi va ichki reaktsiyasi ortida uning o’z psixologik sabablari borligini bilish muximdir. Bu "Ma’navuyatsiz", "Zararli", "Tushunib bo’lmaydigay' deb nom olgan xatti-harakatlar bir qarashda shunday baholanadi, lekin bu xatti-harakatlar shaxs qaror topishi maxsus bosqichi uchun xos xususiyatdir. Kichik o’smir psixologik "Mexanizmi" sxematik ravishda quyidagicha baholanadi, Endokrin garmonlarini paydo bo’lishi va ularning markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bog’liq bo’lgan jinsiy yetilishning boshlanishi bolalarning aktivligini jismoniy va psixologik imkoniyatlarini oshiradi hamda bolada o’zini kattalardek xis etish, mustaqil bo’lish tuyg’ularini tuyush uchun shunday shart-sharoitlarni olib keltiradi. Biroq, psixik rivojlanishni bu bosqichda ham bola hali mustaqil harakat qilishga to’la tayyor bo’lmaydi. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi omillardan biri o’z mustaqilligini imkoniyatidan ortiq darajada baxolashidir. O’z imkoniyatlarini ortiqcha baholash bilan kichik o’smirning psixik imkoniyatlari o’rtasida tafovut paydo buladi. Bu ziddiyatni hal etilishi qanday sodir bo’ladi va u bolani tashqi ko’rinishi xulq-atvorida qanday namoyon bo’ladi?
Ma’lumki, har bir bolaning munosabatlari aniq ishlarda ko’rinadi mustahkamlanadi va qayd etiladi. Bola o’zidagi mustaqillikni shakllantirish uchun o’zi mustaqil ishlarni bajarishga to’tri keladi. Lekin, ikkinchi tomondan bir marta mustaqil ish bajarish uchun ijtimoiy shartmnaroitlardan holi bo’lishga harakat qiladi. Lekin mustaqil harakat qilish uchun bola boshqa mexanizmlarga ega emas. Bular o’smirning o’z kuchiga ichki bir ishonchni mavjud emasligi, o’z oldida turgan va uning natijasini aniq tassavvur eta olmaslik alomatlardir. Bu belgilar mana shu yoshda kishini mustaqil harakat qilishga qodir bo’lishga, ayni hollarda tevarak atrodagi kishilarga qarshi borib, o’zini haq ekanligini qattiq turib himoya qilishga, boshqa hollarda esa vaziyatni vazminlik bilan qabul qilishga davat etadi. Kichik o’smirda o’z-o’zini nfzorat qilish va o’zini antlashni shakllantirishni bir qancha yo’llari mavjud.
Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada o’z hurmatini talab qilish, o’z so’zini o’tkazish, o’zini hurmatli, obro’li katta yoshli kishini obraziga o’xshatib rivojlantirish kuchli bo’ladi. Ularga biror so’z yoki tanbeh bilan murojaat qilsangiz-u o’zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta uddasidan chiqa oladigandek. ko’rsatadi. Vaholanki, hali o’smirni psixologik imkoniyatlari yetarli emas yoki rivojlanmagan kattalar o’qituvchilar o’smirdagi bu jarayonni psixologik nuqtai nazaridan baholay olishimiz unga soxta pedagogik, yuzaki yondashmay, aksincha, unga o’z imkoniyatlarini o’stirishga o’z ichki va tashqi qobiliyatlarini to’gri rivojlantirishga yo’naltirishimiz muhim. O’smir yoshdagi bolani birinchi galda intiladigan narsani u o’zini endi kichkina bola emas, katta bo’lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iborat. Bu yoshda kattalar o’smirlarni bilib-bilmay qilayotgan kamchilik va xatolarini ko’pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo’l bilan yondashgan holda yordam berish uni "Katta bo’lib qolganlik" tuygusini so’ndirib emas, balki katta odam qanday bo’lishi va qanday talablarga javob berishi keraklitini anglatishi zarur. Demak, bu o’smirni to’laqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bo’lgan hayotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan bog’liq salbiy ishlarni psixologik tabiatini to’tri tushunmog’i va bolalarni o’zlarini katta tutishlariga to’sqinlik qilmaslik, aksincha ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy yuzaga solish uchun intilishi kerak. O’smirlarni o’z tengdoshlari bilan muloqotda bo’lishi g’oyat katta ahamiyatga egadir.
O’z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan muomalalar munosabat asosida o’smir alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini o’taydi, o’zaro qiziqishlar, atrof dunyoni, bir-birlarini anglashlari va tushuiishlari ular uchun juda qimmatlidir. O’smirlar uchun uy vazialari, uy ishlari buyicha majburiyatlarni bajarishga qaraganda tengdoshlari bilan muloqot qilish muhimroqdir. O’z ishlarini sirlarini bola endi ota-onasiga emas, balki tengdoshiga ko’proq ishonadi, U endi salbiy va ijobiy tomonlariga alohida bir urgu bermagan holda o’zi xohlagan kishisi bilan do’st bo’lish xuquqini talab etadi. O’z tengdoshlari bilan muloqot va munosabat jarayonida o’z shaxsini erkinlik bilan to’la namoyon eta oladi. Shaxsiy erkinlikni u katta bo’lish huquqi deb anglaydi. Ota-onalarning o’smirga shu erkinlikning bermasligi yoki osmirning shunday deb bilishi natijasida ular ota-onaga qarshi pozitsiyada bo’ladilar. Shuni alohida. ta’kidlash lozimki, ana shu muloqot va munosabat asosida o’smirlarda g’urur hissi shakllana boshlaydi, Albatta, g’urur norma va qoidalari kattalardan o’rganiladi, lekin o’z g’ururini qanday himoya qilishi o’smirlarning alohida nazoratida bo’ladi. Ular orasida sodiqlik va to’g’rilik kabi xislatlar yuqori baholanib, sotqinlik o’z so’ziga bevaolik, egoizm, qizgonchiqlik qattiq qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan ularni kaltaklash unga qarshi baykot e’lon qilish va uni yolgizlatib qo’yish shaklida bo’lishi mumkin. O’smirlar o’zini hurmat qilishini, o’z fikrini va qiziqishini himoya qilishni bilmagan tengdoshlariga juda past baho beradilar.



Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling