O‘smirlik yoshining ijtimoiy-psixologik va pedagogik xususiyatlari


Download 19.5 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi19.5 Kb.
#1290823
Bog'liq
макола Гули


O‘smirlik yoshining ijtimoiy-psixologik va pedagogik xususiyatlari
Sankibaeva Gulistan Sdikovna
Qoraqolpoǵiston Respublikasi, Qanlıqól tumani, 2-sonli umumtálim maktab psixologi
Annotaciya: maqolada ósmirlik yoshining psixologik va pedagogik tomonlari haqida aytilgan.
Kalit sózlar: ósmirlik, psixologoya, pedagogika, maktab,
Ósmirlik davr inson hayotining eng ózgaruvchan va murakkab davridir. Ósmirlarni hali tóla katta deb hisoblab bólmaydi. Chunki ularning shaxsiy xususiyatlarida hali bolalikni kuzatish mumkin. Bu ularning fikrlarida berayotgan baholarida, hayotga va óz kelajaklari munosabatlarida kózga tashlanadi. Kópchilik ósmirlar maktabni tugatish vaqtiga kelib ham kasb tanlashga nisbatan másuliyatsiz yondoshadilar. Bu davr ósmirning axloqan óz- ózini anglashi shuningdek, axloqning yangi bosqichiga ótishi bilan harakterlanadi. Intelekti yaxshi rivojlangan ósmirlar kattalarni tashvishga solayotgan masala muammolarini tushina oladilar va ularni muhokama eta oladilar. Ósmirlar juda kóp muammoli savollarga javob óylaydilar. Ularning diqqatini kóproq axloqiy masalalar tortadi. Agar kichik maktab yoshidagi óquvchilar uchun axloqiy masalalarni yechish manbai – bu ular uchun óqituvchilar bólsa, ósmirlar bu savollarga javobni kóproq tengdoshlari davrasida qidiradilar. Ósmir yoshdagilar esa savollarga tóǵri javobni topishda kóproq katta kishilar foydalanadigan manbalarga murojaat etadilar. Bunday manbalar asosan real, kópqirrali, murakkab insoniy munosabatlar va ilmiy-ommabop badiiy, publitsistik adabiyotlar, sanoat asarlari, matbuot, radio, televidenie bólib hisoblanadi.
Bugungi ósmirlarga hayotga nisbatan xushyor, aqliy-amaliy qarash, erkinlik va mustaqillik xos. Ular haqqoniy bólish tushunchasiga ham real tarzda yondoshmoqdalar. Masalan órgan yillardek «haqqoniylik bu hammaga bir xil emas, balki har kimdan imkoniyatiga qarab va hammaga ishiga yoki inson manfaatalriga qo‘shgan hissasiga qarab belgilanadi» deb tushunadilar va talqin etadilar. Maktabni tugallash vaqtiga kelib juda kóp ósmirlar axloqiy jihatdan shakllangan va málum axloq normalari qatiylashgan xususiyatlarga ega bóladilar. Ósmirlarda axloqiy dunyoqarash bilan bir qatorda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, diniy va boshqa sohalar bóyicha málum bir qarashlar vujudga keladi. Juda kóp yillardan beri ósmirlarni yaxshilik va yomonlik, haqiqat va noqonuniylik, axloqiylik va axloqsizlik masalalari tashvishlantirib keladi. Hozirgi davr ósiprinlari xar bir narsaga ishonuvchan yoki salbiy munosabat xos bólmay, balki hayotga real, aqliy, amaliy qaraydigan, kóproq erkin va mustaqil bólishga intiluvi yoshlaridir.
Ósmirlar ongli ravishda egallangan axloq normalari asosida óz xatti-harakatlarini yólga solishiga intiladilar. Bu esa, avvalo ósmiring ózini anglashining ósishida namoyon bóladi. Ózini anglash murakkab psixologik struktura bólib, quyidagilarni óz ichiga oladi: Birinchidan bolada tashqi olamdagi predmet tásiridan paydo bólgan sezgilari óz tanasi bilan farq qila boshlaganda vujudga keladi. Ikkinchidan ózining shaxsiy "Men"ligini aktiv faoliyati asosida anglashi. Uchinchidan ózining psixik xususiyati va xislatlarini anglashi. Tórtinchidan ijtimoiy, axloqiy óz-óziga baho berishning málum tizimini anglashi.
Mana shu elementlarni barchasi bir-biri bilan funksional va genetik boǵlagandir. Lekin bularni hammasi sizga málumki, bir vaqtning ózida shakllanmaydi. Bolaning «men»ligini anglashi taxminan 3 yoshda paydo bóladi, bunda bola shaxsiy olmoshni ishlata boshlaydi. Masalan: men, meniki, mendan va x.o. ózining psixik sifatlarini anglash va óz-óziga baho berish ósmirlik yoshida, borgan sari kóproq ahamiyat kasb eta boshlaydi. Ósmirlar xar joyda ózini kórsatish xususiyatiga ega bólgan vaqtidayoq, ózlarining shaxsiy xususiyatlarini kuzata boshlaydilar. Yáni ózlarining tashqi qiyofalariga tanqidiy qaray boshlaydilar: bóyining pastligi yoki aksinchasi semizlik, xusn yuzdagi xusnbuzarlar yigit va qizlarni bezovtalantiradi, ular iztirob chekadilar. Kech yetiladigan uǵil va qizlar yashirin kechinmalar kechiradilar. Kishining óz obrazi – bu óspirinlikning ózini anglashi ancha muxim komponent bólib xisoblanadi.
Ósmirlikda óz shaxsiy xislatlariga baho berish kuchayadi. Ósmir borgan sari óz qimmatini, nimalarni qilishga arzishi va nimalarga qodir ekanligini benixoya bilgisi keladi. Óziga baho berish 2 usulda bóladi. 1. Kishi ózi qólga kiritgan yutuqlari natijasi bilan baholaydi. Masalan: Bola qiyin vaziyatda ózini yuqotmaydi yoki yosh bolani yonǵindan qutqardi -"men qórqoq emasman" deydi. Málum qiyin topshiriqni bajardi. «Men qobiliyatliman»-deydi. Axloqqa oid bunday xatti –harakatlar, ósmirning óz qátiyligini sinashi hamdir.
2. Ijtimoiy taqqoslash, yáni ózi haqidagi boshqa ishlarni fikrlarni solishtirishdan iboratdir. Masalan: óquvchilar tomonidan "mardlik" deb máqullangan xatti-harakatni óqituvchi "qalbaki órtoqlik" deb aytadi. Bunda bolalar óz xatti-harakatlari tóǵrisida óylab, bosh qotira boshlaydilar. Shaxsiy "men" obrazi, juda murakkabdir. Xatto kattalarning ózini anglashi qarama-qarshiliklardan holi emas. Ósmirlarda yanada kuchliroq bóladi. Bázi ósmirlar ózini kuzatish uchun kundalik daftarlar tutadi. Bu xolat qizlarda ertaroq va ko‘proq uchraydi. Bu xolat shunchaki ósishni bildirib qolmasdan, balki shaxsda moxiyat jihatidan tubdan boshqacha tarzda óz shaxsiyatining ma’naviy-ruxiy fazilatlarini, ijtimoiy turmush tarzi maqsad va vazifalarini anglash, ularni oqilona baholash zaruratini aks ettiradi. Undagi óz-ózini anglash turmush, yashash, óqish, mehnat va sport faoliyatlari taqozosi bilan namoyon bóladi. Óquv muassasa mikromuxitidagi odatlanmagan vaziyat, shaxslararo munosabatlar va muamala kólamining kengayishi óziga xos tipologik aqliy, axloqiy, irodaviy, xissiy xususiyatlarini oqilona baholash, qóyilayotgan talablarga javob berish tariqasida yondashish óz-ózini anglashni jadallashtiradi.
Ósmirlar shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlarini roli aloxida ahamiyat kasb etadi. Ularda faollik, tashabuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlik, ma’suliyatlik, óz harakatlarini tanqidiy baholash singari fazilatlari barqaror xususiyat kasb etib boradi.
Hulosa qilib aytganimizda yuqoridagi fikrlardan kórinib turibdiki, ósmirlar óz-ózini tahlil qilish teranligi va yuksak talablarni bajarish kerakligini ózida aks ettira boradi. Bu esa ósmirlarning kelgusi yutuqlari shartlaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y

  2. Dóstmuxamedova, Sh. Nishonova, Z. T. Jalilova, S. X., Alimbaeva Sh. T. “ Yosh va pedagogik psixologiya”, T. TDPU, 2013

Download 19.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling