Xalqaro marketing


Download 239.04 Kb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi239.04 Kb.
#1550585
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ahmadjanov Sardorbek (1)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI Iqtisodiyot fakulteti Turizim yo‘nalishi 3-kurs TUR-AU-20 guruh talabasi Ahmadjanov Sardorbekning Strategik marketing fanidan yozgan Mavzu:XALQARO MARKETING


Xalqaro marketing
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko’rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kengayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y beradi.
Umuman olganda, globallashuv jarayonlari jahon xo’jaligining yaxlit iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi hisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Biroq, globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomonlama qarash to’g’ri bo’lmaydi. Chunki, mazkur jarayon o’zining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazishi shulardan biri hisoblanib, bugungi kunda ro’y berayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining oqibati hisoblanadi.
Dunyo yanada integratsiyalashgan tizimga aylanib, turli xil davlat strukturalarining siyosiy integrasiyasi intensivlik bo’yicha iqtisodiy integratsiyadan ortda bormoqda.

Kungaboqar pedtexnoliogiyasiga rioya qilgan holda ma`ruzani eshitishga intiling!


Bu pedagogik texnologiyaga ko`ra Quyosh rolini – O`qituvchi va Kungaboqar rolini – Talabalar o`ynaydi. Talabalar faqat va faqat o`qituvchiga qarab, undan bilimni olib yuksalishga erishadilar. Kungaboqmaslik holatlarda esa xuddi semichka puchak qolganidek, talaba ham o`qituvchini tinglamasligi holatida bilimsiz qolaveradi.
  • Xalqaro marketing tushunchasi va mohiyati
  • Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing tamoyillari va usullaridan foydalanish tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Chet el mamlakatlarida marketing sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat xalqaro marketing nomini olgan.
  • Uning yuzaga kelishiga o’tgan asrning 60-yillarida xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish sharoitlarining jadallashuvi va turli mamlakatlarda tovar iste’mol qilishning chuqurlashuv jarayoni asosiy sabab bo’ldi. Xalqaro marketing sohasida Evropa marketing jamiyati (ESOMAR), Xalqaro marketing federasiyasi (IFM), shuningdek, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan Amerika marketing assosiasiyasi (American Marketing Association – AMA) kabi xalqaro tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda.
  • Xalqaro marketing ko’pincha mamlakatlar chegarasidan tashqaridagi tovar va xizmatlar marketingi yoki mahsulot va xizmatlarni ikki yoki undan ortiq mamlakatda ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi xalqaro kompaniya tomonidan amalga oshiriluvchi marketing sifatida ta’riflanadi. Xalqaro marketing konsepsiyasining mazmuni va uning rivojlanish yo’nalishlari tovar va xizmatlar jahon bozori bilan aloqasi xarakteri va kengligiga bog’liq bo’ladi. Bu aloqalarni quyidagilar yordamida tavsiflash mumkin:1

Download 239.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling