Xalqaro marketing


Oltin olma, bilim ol, Bilim olsang, bilib ol


Download 239.04 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi239.04 Kb.
#1550585
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ahmadjanov Sardorbek (1)

Oltin olma, bilim ol, Bilim olsang, bilib ol.

Bilmagan ayb emas,

Bilishga tirishmagan ayb.

  • Xalqaro marketingning o’ziga xos xususiyatlari
  • Xalqaro maydonda marketing juda murakkab hisoblanadi, chunki u korxonaning sotuv faoliyatidan tashqari ishlab chiqarish, ITTKI, ta’minot, moliya kabi boshqa faoliyat turlarini ham qamrab oladi. Bundan tashqari, korxona faoliyati bog’liq bo’ladigan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va milliy-madaniy sharoitlarni chuqur tushunish talab qilinadi. Taqsimot kanallari, transport orqali tashish va saqlash, qonun hujjatlari va bojxona qoidalari turli mamlakatlarda bir-biridan sezilarli farqlanishi mumkin. Har bir mamlakatda reklama vositalari sohasida o’ziga xos milliy xususiyatlar bo’lib, ular madaniyat, din va an’analar nuqtai nazaridan mos kelmasligi mumkin.
  • Shuningdek, ilmiy-texnik xarakterdagi omillar ham muhim ahamiyat kasb etib, bu qatorga sanoat texnologiyalarining rivojlanish darajasi, tovar va xizmatlarni modifikatsiyalash, ishchi kuchining malakasini oshirish kabilarni kiritish mumkin.
  • Bu xususiyatlarning barchasi xalqaro bozorda tadbirkorlik faoliyatining umumiy tijorat tavakkalchiligini oshiradi. Masalan, valyuta tizimining barqaror emasligi kutilmagan natijalarga olib kelishi va bir necha kun ichida juda ham foydali bitimni zarar keltiruvchi bitimga aylantirishi mumkin.

Yangi o`rganishni boshlanayotgan fanning nomi: TURIZMDA STRATEGIK MARKETING

“Mehmonxona xo`jaligini tashkil etish va boshqarish” ta`lim yo`nalishi 4 kurs talabalari tomonidan 7 semestrda mazkur fanni o`rganish uchun jami - 102 soat ajratgan bo`lib, shundan:

  • 36 soat ma`ruza;
  • 30 soat seminar,;
  • 36 soat mustaqil ta`limdan iborat.
  • Ma`ruz o`qituvchisi– i.f.d.,prof. B.N.Navro`zzoda.
  • Seminar o`qituvchisi– i.f.d.,prof. B.N.Navro`zzoda.

REYTING QABUL QILISH TARTIBI VA MEZONLARI:

  • Joriy Nazoratlar har 10-12 soat seminar mashg`ulotlaridan keyin. 3 marta 10 balldan,jami - 30 ball. Nazorat shakli: Og`zaki savol -javob. Kim o`tkazadi: Seminar o`qituvchisi.
  • Oraliq Nazoratlar 18 soatli ma`ruzadan keyin.2 marta .Jami - 40 ball. Nazorat shakli: Og`zaki. Kim o`tkazadi: Ma`ruz o`qituvchisi.
  • Yakuniy Nazorat darslar o`tib bo`lingach. 30 ball. Nazorat shakli: Yozma. Kim o`tkazadi: Ma`ruz o`qituvchisi.

Download 239.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling