Osmondan tanga yoqqan kun


Download 19.58 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi19.58 Kb.
#1625110
Bog'liq
Osmondan tanga yoqqan kun


OSMONDAN TANGA YOQQAN KUN

Qatnashuvchilar:


Zafar
Mo`min
Mirg`azab
Boy
Qozi

Mo`minning faqirona hovlisi. Chekkada devor, o`rtada eshik. Sahnada Mo`min tuxumni archib yeb o`tiribdi. Sahnaga boy kirib keladi. Qo`lida xipchin.



Boy – Tovuq o`g`irlash qanaqa bo`lishini senga ko`rsatib qo`yaman
Mo`min – Iye boy ota …. Tovug`ingizni o`zi chiqdi.
Boy – Tuxum ham qilgandir
Mo`min – Xaaa…. 1ta….
Boy – Qarangga… Jo`xorini mening uyimda yeydiyu tuxumni senikiga chiqib qiladimi? Shoshmay tur mug`ombir… (Boy Mo`minning yelkasiga tushirib qoladi) Mana senga
Shu payt orqadan Zafar chiqib vaziyatni kuzatib, qaytib kirib ketadi.
Mo`min – Nega urasiz? Tovug`ingiz tuxum qilmasa menda nima ayb…. Voy voooy….
Tomni ustiga choyshab yopgan Zafar chiqib Mo`minning boshidan tangalar sochadi.
Mo`min – Iyeeee voy….. ( tangalarni terishni boshlaydi)
Boy – To`xta to`xta, nima qilyapsan?
Mo`min – Buni qarang osmondan tanga tushdi.
Zafar – Mo`min bolam, yer yuzida chekayotgan zahmatlaring uchun Alloh senga marhamat ko`rsatmoqda. Bu kumush tangalar senga siylov.
Boy – Tovbangdan ketay, ho`p g`aroyib zamon bo`ldi-ku! (Tomdagi oq choyshabga o`raglan Zafarga qarab tiz cho`kadi) Ey Allohning marhamati! Azroilmisan, Jabroilmisan, Mikoilmisan?
Mo`min – Rahmat senga mehribon parvardigorning elchisi! Mendan tez tez habar olib tur, bo`lmasa har kuni, kimdir meni bekordan bekorga do`pposlaydi.
Zafar – Bo`tam seni qanchalik kaltaklashsa ham tishingni tishingga qo`yib chida. Aslo yig`lama. Sabr bardoshli bo`lsang albatta ajr mukofotlar olasan. Hayr bo`tam, yaxshi qol.
Boy – Hoy-hoy to`xta! Shoshmay tur, menga ham bir ikki tanga tashlab ket…… Mo`mintoy tangalaringni bir ko`raychi.
Mo`min cho`ntagidan tangalarni olayotgan payt orqadan Zafar kirib keladi.
Zafar – Xa Mo`mintoy, ishtobog`ingni kavlab burga qidiryapsanmi?
Boy – Bor, bor! Pashshaxo`rda bo`lma.
Mo`min – Menga osmondan kumush tangalar yog`ildi.
Zafar – Bo`lmagan gap.
Boy – Nimasi bo`lmagan ekan? Bor yo`lingdan qolma.
Zafar – Rostakam kumush tangalarmi?
Boy – Kumushmi, tillami sening nima ishing bor? Bor halaqit berma. Qani Mo`mintoy tangalarni ko`rib qo`yay.
Mo`min – Mana boy buva…..
Zafar – Kim tashladi deding.
Mo`min – Yuzida oppoq pardasi bor…..
Boy – E, unga tushuntirib nima qilasan. Parishta tashladi, bildingmi. E sen yalangoyoq “Parishta” ni qayoqdanam bilarding. Qani Mo`mintoy ko`rsat-chi…..
Zafar – Mo`min tangalarni darrov yashirib qo`y. Ularga begona odamning ko`zi tushsa kumush darhol temirga aylanib qoladi.
Boy – Voy bilag`on-ey sen qayoqdan bilaqolding?
Zafar – O`lib ketgan opoq dadam aytganlar. Qani o`rtoq ko`zimni yumib tangalaringni bir ushlab ko`ray.
Boy – Ushlatma, o`g`irlab qo`yadi.
Mo`min – Mening tangalarimga nega ho`jayinlik qilasiz? Kimga hohlasam shunga ko`rsataman.
Boy – Unday bo`lsa menga ham ko`rsatasan.
Mo`min ko`rsatmoqchi bo`ladi.
Zafar - Menga baribir agar kumush tangalaring temirga aylanib qolsin desang, mayli ko`rsataqol.
Boy – Hoy, do`rdonboqi, nega birovning hovlisida ho`jayinlik qilasan.
Mo`min – Iyeee! Boy ota, ular temirga aylanib qolsa nima qilaman.
Boy – Bir marta ko`rgan bilan darrov temirga aylanib qolmas.
Zafar – Bordi-yu, temirga aylanib qolsachi? Unda nima bo`ladi?
Boy – Undami….
Zafar – To`lab beradilar. To`lab berasiz-a, boy ota.
Boy – Menmi?
Zafar – Boy buvam bir so`zli odam. Aytgan gapining ustidan chiqadi.
Boy – Bo`pti-bo`pti. Qani menga berchi.
Zafar – Shoshilmang-shoshilmang boy ota. Shu yetimcha hotirjam bo`lishi uchun hamyoningizni menga berib qo`ying. Har ehtimolga qarshi. Qo`rqmang, ko`rib bo`lishingiz bilan yana qaytarib beraman.
Boy – Agar yo`qotib qo`ysalaring o`n barobar qilib undirib olaman. Bilib qo`y. (Boy tangalarni ko`rib) Ha yolg`onchi muttahamlar! Qani kumush tangalar? Hammasi temirku…
Zafar – Qani, ana aytmadimmi! Kumush tangalarga begona odamning ko`zi tushishi bilan temirga aylanib qoladi deb ogohlantirgan edimku.
Mo`min – Endi nima bo`ladi?
Zafar – Boyagi aytganim bo`ladi.
Boy – Bekor aytibsan, hamyonni buyoqqa cho`z!
Mo`min – (yolg`ondan yig`lab) Voy kumush tangalarim. To`lab berasanlar, to`lab berasanlar….
Boy – Bas qil bachchag`ar! Bo`ldi to`xta..
Mo`min – To`xtamayman, to`xtamayman….
Boy – Senga aytyapman o`chir ovozingni.
Zafar – Bo`ldi qil oshna. Boy buvam va`da berganlar. Mana boy buvaning hamyonlari endi seniki.
Boy – Hoy zumrasha, hamyonni buyoqqa cho`z.
Boy devor tomon yura boshlaydi. Zafar hamyonni Mo`minga uloqtiradi. Boy mo`minga yaqinlashsa Mo`min hamyonni Zafarga oshiradi. Boy o`rtada yugura boshlaydi. Ohiri harsillab o`tirib qoladi.
Zafar – Boy ota gap bitta. Avval kumush tangalarni to`lab berasiz, undan keyin hamyoningizni qaytaramiz.
Boy – Shunaqami? O`zlaringdan katta odamni masxara qilish qanaqa bo`lishini senlarga ko`rsatib qo`yaman.
Zafar – Biz o`z haqqimizni talab qilyapmiz.
Boy – Senlar bilan qozikalonning oldida gaplashaman.(Tomoshabinga) Hamyonimga qo`shib hovli povling bilan tortibv olmasam Boqibilla otimni boshqa qo`yaman.
Eshikni tepib chiqib ketadi.
Zafar – (hamyonni ochib) Qani ko`raylikchi boyning puli qancha ekan?
Mo`min – Shoshma qozikalonni boshlab kelsa nima qilamiz?
Zafar – Rost, o`ylash kerak…. Uyingda arqon bormi
Mo`min – Topiladi.
Zafar – Zo`r ish qilamiz……….
Musiqa. Zafar bilan Mo`min tuzoq, ur to`qmoq yasab, tayyorgarlik ko`rishadi. Hammasi tayyor bo`lganidan keyin bolalar yashirinishadi. Sahnaga qo`lida qamchi ko`targan Mirg`azab kiradi. Eshikni taqqillatadi. Hech kim javob bermaganidan keyin eshikni tepgan vaqtida boshiga ur to`qmoq uriladi.
Mirg`azab - Subhan Alloh, Subhan Alloh Hoy kim bor? (shu payt eshik o`zidan o`zi ochildi) Tavba bu qanday balo bo`ldiki kuppa kunduzi so`rab ham o`tirmay gardaningga to`qmoq tushib tursa..... Kim bor deyman.
Boshiga yana ur to`qmoq tushadi. Gandiraklab hovli o`rtasiga kelib o`tirib qoladi.
Zafar – Mirg`azab janoblari nega surrayib qoldingiz?
Mirg`azab – (boshi aylanib ) Bu yer qanaqa joy?
Mo`min – Mening uyim
Mirg`azab – Tuxum qani?
Mo`min – Qanaqa tuxum?
Mirg`azab – Tangalar qani?
Mo`min – Qanaqa tangalar?
Mirg`azab – Osmondan yoqqan tangalar?
Zafar – Mirg`azab janoblari boshingiz og`rimayaptimi?
Mirg`azab – Topdim.. (Eshikni ko`rsatib) Bu tanga! (devorni ko`rsatib) Bu tuxum Xa boy buvaning tuxumini yeb qo`ygan tovuq qani?
Zafar – men ko`rganbim yo`q
Mirg`azab – sen qayerda yashaysan?
Zafar – siz o`tirgan joyda
Mirg`azab – Men qayerda o`tiribman?
Mo`min – Mening uyimda
Mirg`azab – Qiziq bo`ldi-ku! Seningcha boy buvaning tovug`ini men o`g`irladimmi?
Zafar – Shunaqa bo`lsa kerak
Mirg`azab – Men o`g`ri?!
Zafar – xa-da siz o`g`ri!
Mirg`azab – (boshi gangib) Yashasin. Men o`g`ri! O`g`ri mening o`zim! Eshik tuxum qiladi. Devor tovuqni bosadi. Osmondan “Ur to`qmoq” yog`iladi. Boshimga kumush tanga uradi. Eshik, tovuq, devor, tuxum. (Boshi aylanib gandiraklaganicha chiqib ketadi.
Zafar – To`s to`polonning eng zo`ri endi boshlanadi....
Bolalar tuzoqlarni o`zgartirishni boshlashadi. Shu payt Boy kirib keladi.
Boy – (Tomoshabinga) Hozir qozining oldidan kelyapman. Ikki hamyon pora berdim. Uchinchi hamyonni shu hovlini menga hatlab bergandan keyin olasiz dedim. Hovlini o`zimniki qilib olsam har kuni anuv “Parishta”ni tindirmayman. Ana pul-u mana pul. Ana boylig-u mana boylik. (shu vaqt noshiga ur to`qmoq tushadi. Boy kim urganini bilish uchun atrofiga alanglaydi. Boshiga yana to`qmoq tushadi. Boy ur to`qmoqni ko`rib qoladi.) Voy pes bo`lgur-ey! (ur to`qmoq bilan jang qiladi) Mard bo`lsang pastga tush. Xa qo`rqdingmi? Boy buvangni kim ekanligini bilib qo`y.
Qo`lidagi qamchi bilan Ur to`qmoqni urgan paytida kichik aravachaga o`tirib olgan qozini sudrab Mirg`azab kirib keladi.
Mirg`azab – Boy buva bu bizmiz. Qozikalonning o`zlari. Bizni tanimadilar chog`i...
Qozi – Menga qara bo`tam anavi bizga hezlanib turgan kim bo`ldi?
Mirg`azab – Bu.... Boy buva bo`ladilar.
Qozi – Qaysi boy?
Boy – Iyeeee! Bu boyagina qo`liga bergan ikki halta oltinlarni ham yodidan chiqarib qo`ygan bo`lsa-ya! Qozi kalon bu menman..
Qozi – ho`sh o`sha men deganing kim?
Boy – Voy tovbangdan ketay. Boy bo`laman, boya oldingizga borgan edimku.
Qozi – Qachon?
Boy – (asabiylashib) E, boya oldingizga bordim-ku. Biri ko`k, biri qizil ikkita haltacha sovg`a qildim. Esingizga tushdimi?
Qozi – O`tgan yilimi?
Boy – Qanaqa o`tgan yili?Shu bugun. Peshindan oldin.
Qozi – isming nima edi, baraka togur
Boy – Boqivoy! Boqivoy bo`laman.
Qozi – Bo`ldi, bo`ldi esimga tushding. Boqivoyman degin. O`tgan yili jo`hori so`ta tiqilib, ho`kizi o`lgan Boqivoy-da!
Boy – Qanaqa ho`kiz? Hovli, mana shu hovli..... (Qozining qulog`iga) Shu hovlini menga hatlab bersangiz....
Qozi – E, oson ekan-ku. Bo`ldi hovli sizniki, oling.
Mirg`azab – E, Qozikalon bu hovlining o`z egalari bor. Tirik.
Qozi – Shunaqami?
Boy – Boya tushuntirdimku...
Qozi – Kimga?
Mirg`azab – Sizga tushuntirdilar.
Qozi – Unday bo`lsa ichkariga boshlang.
Mirg`azab – O`zingizdan bo`lsin.
Qozi – Tuyani ham eshak yetaklaydi. Boshla degandan keyin boshla-da!
Uchalasi ham birinchi bo`lib kirgani qo`rqishadi. Sekin kirayotgan vaqtlarida Boy bilan qozining ustiga eshik ag`darilib tushadi.
Qozi – Hoy isming nima edi, nariroq tur!
Boy – Avval yelkamdan tush. Keyin buyruq berasan.
Qozi – Voy hozir yorilib ketaman. Tush ustimdan deyman.
Boy – Soqolingni nariroq ol. ....
Qozi – Hoy kim bor, yordam beringlar, mana bu to`ng`izni olinglar.
Shu payt tomda yuziga niqon to`sib olgan Zafar paydo bo`ladi
Zafar – Tavba qilgan qulini, burro qilar tilini. Tavba qilgan quliga rizq ulashar kuniga.
Tepadan 3 4 tanga tashlaydi. Buni ko`rgan boy boshini yerga urib
Boy – Tovba qildim, tovba qildim. Menga ham tanga tashla
Zafar – Qimirlama, ey osiy banda!
Qozi – Men ham tavba qildim. Eshityapsanmi? Ey Allohning elchisi. Tovba qilyapman.
Zafar – Sening tovbang qabul bo`lmay turibdi, ey gumroh banda.
Boy – Ana! Mening tavbam qabul no`ldi, seniki esa qabul bo`lmadi.
Qozi – Nega bo`lmas ekan?
Boy – nega-ki mendan olgan “Pora”laringni hali qaytarib berganing yo`q.
Qozi – U pora emas “Sovg`a” bildingmi.
Boy – ishimni bitirib berish uchun olgansan, demak u Pora!
Qozi – Yo`q u sovg`a
Boy – Yo`q pora!
Download 19.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling