Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
219 3.2.2. Axborot almashuvini boshqarish usullari Tarmoq har doim bir necha abonentlarni birlashtiradi va ulardan har biri o‗z paketlarini uzatish huquqiga egadir. Lekin bir kabel orqali bir vaqtning o‗zida ikkita paket uzatish mumkin emas, aks holda konflikt (kolliziya) holat hosil bo‗lishi mumkin, bu holatda ikkala paketni yo‗qotish mumkin bo‗ladi. Demak axborot uzatishni xohlagan abonentlar o‗rtasida tarmoqqa ega bo‗lishning (zaxvat seti) qandaydir navbatini o‗rnatish kerak. Bu avvalambor «shina» va «halqa» topologiyasida ko‗rilgan tarmoqlarga tegishlidir. Xuddi shuningdek, «yulduz» topologiyasidagi tashqi abonentlarning paket uzatish navbatini o‗rnatish zarurdir, aks holda markaziy abonent ularga ishlov berishga ulgura olmaydi. Shuning uchun har qanday tarmoqda axborot almashinuvini boshqarishning u yoki bu usulidan foydalaniladi (tarmoqqa ega bo‗lish yoki arbitraj usullari deyiladi), abonentlar o‗rtasidagi konflikt holatlarini oldini oladi yoki bartaraf qiladi. Tanlangan usulning unumdorligidan ko‗p narsa bog‗liq: kompyuter o‗rtasidagi axborot uzatish tezligi, tarmoqning yuklanish imkoniyati, tarmoqni tashqi xodisalarga e‗tibor qilish vaqti va hokazolar. Boshqarish usuli – bu tarmoqning eng asosiy ko‗rsatkichlaridan biri. Axborot almashinuvini boshqarish usulining turi ko‗pincha tarmoq topologiyasining xususiyatlaridan kelib chiqadi, lekin bir vaqtning o‗zida u tarmoq topologiyasiga judayam bog‗lanib qolmagan. Axborot almashinuvini boshqarish usullari ikki guruhga bo‗linadi. Markazlashtirilgan usul, bu holda hamma boshqarish bir joyga jamlangan. Bunday usullarning kamchiligi: markazni buzilishlarga barqaror emasligi, boshqarishni tez amalga oshirib bo‗lmasligi. Afzalligi – konflikt holati yo‗qligi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling