Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
220

Markazdan tarqatilgan boshqarish usullari, bu holda markazdan boshqarish 
bo‗lmaydi. Bu usullarni asosiy afzalligi: buzilishlarga barqarorligi va boshqarish 
vaziyatdan kelib chiqilgan holda amalga oshirilishi. Lekin konflikt hollar bo‗lishi 
mumkin, ularni hal qilish kerak.
Axborot almashish usullarini turlarga ajratishga boshqacha yondashish ham 
mavjud:

Determinatsiyalangan usul aniq qoidalar orqali abonentlarni tarmoqqa 
egalik qilishi almashib turadi. Abonentlarni tarmoqqa egalik qilish o‗rinlarining u 
yoki bu sistemasi mavjud, bu tarmoqqa egalik o‗rinlari (prioritet) turi abonentlar 
uchun turlichadir. Bu holda konflikt odatda to‗liq o‗rinsizdir (yoki ehtimoli kam), 
lekin ba‘zi abonentlar o‗z navbatini ko‗p kutishiga to‗g‗ri keladi. Bu usulga
masalan, tarmoqqa markerli ega bo‗lish, ya‘ni axborot uzatish huquqi estafeta 
singari abonentdan abonentga o‗tadigan usul ham kiradi.

Tasodifiy usullar – axborot uzatuvchi abonentlarga navbat tasodifiy 
ravishda beriladi deb qabul qilingan. Bu holda konflikt bo‗lish ehtimoli mavjud, 
lekin uni hal qilish usuli taklif qilinadi. Tasodifiy usullar tarmoqda axborot oqimi 
ko‗p bo‗lganda determinatsiyalangan usulga nisbatan yomon ishlaydi va abonentga 
tarmoqqa ega bo‗lish vaqtiga kafolat bermaydi (abonentda axborot uzatishga 
xohish bo‗lgan vaqtdan, o‗z paketini uzatguncha bo‗lgan vaqt oralig‗i). Tasodifiy 
usulga misol – CSMA/CD. 
Uchta ko‗p tarqalgan boshqarish usulini ko‗rib chiqamiz, bu usullar uchta 
asosiy topologiyaga tegishlidir. 
«Yulduz» topologiyasiga markazlashtirilgan boshqarish usuli ko‗proq mos 
tushadi, chunki bu holda markazda nima joylashganining ahamiyati yo‗q: 
kompyuter (markaziy abonent) 9.2 – rasmdagidek yoki maxsus konsentratorli 
almashinuvni boshqaruvchi lekin o‗zi axborot almashishda ishtirok etmaydi (9.5 – 
rasm). Aynan ikkinchi holat 100VG AnyLAN tarmog‗ida tatbiq etilgan.



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling