Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
237 resursga so‗rovni shakllantira olish va amaliy ishlov berish bo‗ladi. Bu holda, foydalanuvchi uning masalasi (topshirig‗i) tarmoqning qaysi kompyuterida bajarilayotganligini bilmasligi ham mumkin. Kompyuter tarmog‗i kompyuterlarning har biriga o‗rnatilgan tarmoq operatsion tizimlarini boshqargan holda ishlaydi. Qoidaga ko‗ra, bu o‗z kompyuterlarini alohida ishlashi nuqtai nazaridan bir-birlaridan mustaqil ravishda ishlaydigan har xil turdagi operatsion tizimlar (Unix, Net Ware, Windows) hisoblanadi. Lekin tarmoqda ishlaydigan istalgan turdagi operatsion tizimlar bu operatsion tizimlarning tarmoq qismini o‗z ichiga olishi kerak. Bu turli kompyuterlarda hisoblash jarayonlarining o‗zaro ta‘sirini tashkil etish va tarmoq foydalanuvchilari orasida umumiy resursning bo‗linishi uchun kommunikatsion protokollarning moslashtirilgan to‗plami hisoblanadi.[12],[14] 238 3.4§ Tarmoq operatsion tizimlarining arxitekturasi 3.4.1. Bir rutbali va serverli tarmoq operatsion tizimlari Tarmoq kompyuterlari orasidagi vazifalarning qanday taqsimlanganligiga bog‗liq ravishda ular uchta turli xil vazifalarni bajarishi mumkin: - faqat boshqa kompyuterlarning so‗rovlariga xizmat ko‗rsatish bilan shug‗ullanadigan kompyuter tarmog‗ining ajratilgan serveri vazifasini o‗taydi; - boshqa mashinaning resurslariga so‗rovlar bilan murojaat qiladigan kompyuter mijozli bog‗lama vazifasini bajaradi; -mijoz va server vazifasini birgalikda bajaruvchi kompyuter bir rutbali bog‗lama hisoblanadi. Ko‗rinib turibdiki, tarmoq faqat mijoz yoki server tugunlaridan iborat bo‗la olmaydi. Kompyuterlarning o‗zaro ishlashini ta‘minlaydigan tarmoq quyidagi sxemalarning biri bo‗yicha qurilishi mumkin: - bir rutbali bog‗lamalar asosidagi tarmoq bir rutbali tarmoqdir; - mijozlar va serverlar asosidagi tarmoq ajratilgan serverli tarmoq bo‗ladi; - barcha turdagi bog‗lamalarni ichiga oladigan tarmoq aralash tarmoq hisoblanadi. Bu sxemalarning har biri qo‗llanish sohasini belgilaydigan o‗z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling