2-Mavzu. Kommunikatsion kanalning o‘tkazish qobiliyati Reja


Download 370.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana26.06.2023
Hajmi370.92 Kb.
#1655921
  1   2   3
Bog'liq
2-Mavzu



2-Mavzu. Kommunikatsion kanalning o‘tkazish qobiliyati 
 
Reja: 
1. Kommunikatsion kanalning o’tkazish qobiliyati, signallarning modulyatsiyasi 
va demodulyatsiyasi, modemlar va ularni sozlash parametrlari
2. Kompyuter tarmog’ining turlari va ularning klasfikatsiyasi 
3. Kompyuter tarmog’ining tuzilishi va tushunchasi 
4. Foydalanilgan manbaalar. 
 
 


 
1) Kommunikatsion kanalning o’tkazish qobiliyati, signallarning modulyatsiyasi va 
demodulyatsiyasi, modemlar va ularni sozlash parametrlari. 
Kommunikatsion kanal o’zi nima? Kommunikatsion kanallari va aloqa kanllari atamalri 
aslida bir ma’noni bildiradi.
Aloqa kanallari (AK) istalgan axborot uzatish tizimining, umumiy bo‘g‘imidir.
➢ Fizik tabiati bo‘yicha aloqa kanallari quyidagilarga bo‘linadi: 
o mexanik — axborotning moddiy tashuvchilarini uzatish uchun ishlatiladi;
o akustik — tovushli signal uzatiladi;
o optik — yorug‘lik signali uzatiladi;

еlektr — еlektr signal uzatiladi. 
➢ Еlektr va optik aloqa kanallari quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
o Simli signallarni uzatish uchun fizik o‘tkazgichlar (еlektr simlar, kabellar
svetovodlar) 
o Simsiz(radiokanallar, infraqizil kanallar) Umumiy olib aytganda bu holatda 
elektromagnit to’lqinlardan foydalaniladi. 
➢ Uzatilayotgan axborotni tasvirlash shakli bo‘yicha aloqa kanallari quyidagicha bo‘ladi: 
o analogli (uzluksiz ) — axborot analog kanallar bo‘ylab uzluksiz shaklda tasvirlangan, 
ya`ni biror fizik kattalikning uzluksiz qiymatlari qatori ko‘rinishda uzatiladi; 
o raqamli — axborot raqamli kanallar bo‘yicha u yoki bu fizik tabiatdagi raqamli (diskret, 
impulsli) signallar ko‘rinishida uzatiladi;
➢ Axborot uzatilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlariga bog‘liq ravishda quyidagi aloqa 
kanallari bo‘ladi: 
o simpleksli — axborotni faqat bir yo‘nalishda uzatishga imkon beradi; 
o yarim dupleks — axborotning to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda galma-gal uzatilishini 
ta`minlaydi; 
o dupleksli — axborotni bir vaqtning o‘zida ham to‘g‘ri, ham teskari yo‘nalishlarda 
uzatishga imkon beradi. 


➢ Kanalning o’tkazish qobiliyati. 
Ma`lumotlarni uzatish uchun monokanaldan (monochannel — bir vaqtning o’zida bir 
nechta abonentlar ishlatadigan aloqa kanali, masalan, shinali va ilmoqli topologiyali 
tarmoqlarda) foydalanadigan lokal hisoblash tarmoqlari uchun mijozlarning bu kanalga 
murojaat qilish masalasi juda dolzarb hisoblanadi. Murojaat qilishning samarali bo’lishi 
uchun maxsus mexanizm — murojaat qilish usullari lozim. 
Modulyatsiya — bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyatsiya 
qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda 
(modulyatsiya qiladigan signalni) o`zgartirishdir. 
Demodulyatsiya — bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o`tish 
paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya qiladigan signalga teskari 
o`zgartirishdir. 
➢ MODEM (Modulyator—Demodulyator) — aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul 
qilingan signallarni to`g`ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o`zgartirish 
qurilmasidir.
o uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) 
o`zgartirish; 
o qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, 
ya’ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o`zgartirish. 


Ichki modem
Tashqi modem 

Download 370.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling