2-Mavzu. Kommunikatsion kanalning o‘tkazish qobiliyati Reja


) Kompyuter tarmog’ining turlari va ularning klasfikatsiyasi


Download 370.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana26.06.2023
Hajmi370.92 Kb.
#1655921
1   2   3
Bog'liq
2-Mavzu

2) Kompyuter tarmog’ining turlari va ularning klasfikatsiyasi 
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta`minoti orqali o‘zaro bir-birlari bilan hamohang 
ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.
Kompyuter tarmoq turlari. Uzatish kanallari orqali о’zaro bog’langan kompyuterlar 
majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot 
almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bо’lib 
foydalanishni taminlaydi.
Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar, katta hajmli disk, 
printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va 
ma`lumotga ega bо’lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi 
kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab 
kishilarni qamrab olib, axborot tarqatish va qabul qilish jarayonini butunlay о’zgartirib 
yubordi. Xizmat kо’rsatishning eng keng tarqalgan tarmog’i - elektron pochta orqali 
axborot almashuvni amalga oshirishdir. 
Tarmoqlar tasnifi. Kompyuter tarmoqlarini kо’pgina belgilar, xususan, hududiy 
ta`minlanishi jihatidan tasniflash mumkin. Bunga kо’ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) 
tarmoqlar farqlanadi. 
Global tarmoqlar butun dunyo bо’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va 
kо’pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi EHM va aloqa tarmoqlari uzellarini 
birlashtiruvchi yо’ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi. 
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bо’lmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi 
foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida kо’pincha telefon tarmoqlaridan 
foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi. 
EHMning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin 
binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% 


axborot о’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday tuzilmaga ega 
bо’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona 
axborot uzatish kanali bilan bog’langan bо’ladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor 
axborot uzatish kanalining bо’lishi lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. 

Download 370.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling