5-mavzu: Foydalanuvchilarni axborot madaniyatini tarbiyalash: kitobxonlarni ma’lumot-tahliliy materiallar bilan ishlash
Download 100.68 Kb. Pdf ko'rish
|
yCqQQ1Ch1AL57WYv2jhpXIU26elZ3cEFCLBWqbrj
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Maktab, ota-ona va o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar bilan hamkorlik ishlari. 3. Shaxsning axborot madaniyatini tarbiyalash.
- Tayanch iboralar: foydalanuvchi, kutubxonachilik xizmati, resurslar, axborot madaniyati, shaxs, axborot sifati, axborot olish huquqi.
5-mavzu: Foydalanuvchilarni axborot madaniyatini tarbiyalash: kitobxonlarni ma’lumot-tahliliy materiallar bilan ishlash (2 soat amaliy mashg‘ulot) Annotatsiya: Reja: 1. Foydalanuvchilarni (kitobxonlar) kutubxonachilik xizmati bilan ta’minlashga doir ishlar mazmuni va bu ishlarni tashkil etish. 2. Maktab, ota-ona va o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar bilan hamkorlik ishlari. 3. Shaxsning axborot madaniyatini tarbiyalash. 4. Kitob o‘qish madaniyati, axborotni qidirish, to‘plash, tahlil qilish, tanlash, undan to‘g‘ri foydalana olish qoidalari. Mavzuning mazmuni: Shaxsning axborot olish madaniyati tushunchasi talqini va axborot olish bilan bo‘g‘liq bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi. Axborot olish madaniyatini egallash, axborot yordamida ijtimoiylashuv usullari. O‘quvchilar axborot-kutubxona resurslaridan unumli foydalanishi uchun egallashi zarur bo‘lgan ko‘nikmalar haqida o‘rganish. Umumiy o‘rta ta’lim maktab kutubxonasida o‘quvchilar mustaqil ravishda bilim olishi, fikrlay olishi, axborot yordamida ijtimoiylashuv uchun shaxs qanday bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘lga kiritishi lozimligi, o‘zlari uchun zarur bo‘lgan axborotlarni tezkor ravishda aniqlashi, ularni o‘z vaqtida sifatli bajarilishini nazorat qilishi. Tayanch iboralar: foydalanuvchi, kutubxonachilik xizmati, resurslar, axborot madaniyati, shaxs, axborot sifati, axborot olish huquqi. 1. Foydalanuvchilarni (kitobxonlar) kutubxonachilik xizmati bilan ta’minlashga doir ishlar mazmuni va bu ishlarni tashkil etish. Har bir kutubxona xodimi o‘quvchilarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga ijodiy yondashgan holda, faoliyatiga yangi kutubxonachilik uslublarini joriy etib, bosqichma-bosqich amalga oshirishi bugungi kun talabi hisoblanadi. Ayniqsa, ta’lim muassasasi maktab kutubxonachilari kitob targ‘iboti, kitobxonlikka o‘rgatishni maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlashlari maqsadga muvofiqdir. Chunki kichik yoshdagi bolajonlar juda qiziquvchan, sersavol bo‘lib, ular doimo nimalarnidir bilishga, o‘rganishga, birinchi bo‘lishga oshiqadilar. Albatta, ularning savollariga javob berish barchamizning asosiy vazifamizdir. Bu vazifani bajarish bolajonlarning kamol topishida boshlang‘ich qadam bo‘lib hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida kitob targ‘ibotini tashkil qilishda bolalarning Yoshi va qiziqishiga qarab ko‘chma kutubxonalar tashkil qilish lozim. Ertaklar, hikoyalar va masallar o‘qib berish, hikoya qilish, teatrlashtirilgan tomoshalar uyushtirish, ko‘rganlari asosida rasmlar chizish mashg‘ulotlarini o‘tkazish, diafilmlar, diapozitivlar orqali asar qahramonlari va asar haqida tushunchalar berish, ketma-ket mazmunni o‘zida mujassam etgan hikoya qilishga mo‘ljallangan rasmlardan foydalanish, tez aytish, topishmoqlar yod oldirish kabi bir qancha xizmat turlaridan foydalanish mumkin. Bu kabi kutubxonachilik xizmat turlari bolajonlarning idrok etishi, fikrlashi, og‘zaki nutqi, dunyoqarashini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham kitobxonlarni maktab ostonasida har tomonlama fikrlaydigan, ma’naviy yetuk, har qanday axborotlarni aql bilan tahlil qila oladigan, o‘z fikrini bildirib, uni himoya qila oladigan, tengdoshlariga olgan axborotlarini tushuntira oladigan barkamol inson qilib tarbiyalash kutubxonachilar va o‘qituvchilarining asosiy vazifasidir. Kutubxona xodimlari soni ta’lim muassasalari kutubxonalari namunaviy shtatlari asosida o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladi. Kutubxonachi maktab jamoatchiligining hamma a’zolariga: o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ma’muriyat, tarbiyachilar, ota-onalar va boshqa kitobxonlar toifalariga xizmat kursatadi. Foydalanuvchilarning asosiy guruhlari bu - o‘quvchilar va o‘qituvchilar, lekin, boshqa toifadagi mutaxassislarni, aynan ma’muriyat, tarbiyachilar hamda mahalla jamoatchiligi vakillarini ham nazarda tutish kerak. Kutubxonaning jami xodimlari, kutubxonaning ishlashini hamda texnikaviy, axborot, dasturiy va boshqa xizmatlar bo‘yicha kadrlar tarkibining zamonaviy darajada tayyorgarligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshiradi. Kutubxonachilarni tayyorlash, Qayta tayyorlash xizmatlari, malakasini oshirish kurslarini; kutubxonani boshqarishning zamonaviy metodlarini o‘rgatish dasturlarini o‘z ichiga oladi. Kutubxonaning tashkiliy tuzilmasi va uning normal ishlashi bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun lavozim yuriqnomalari, buyruqlar majmuidan iborat. Uzluksiz kutubxona xizmati tizimida malaka oshirish va qayta tayyorlash jiddiy o‘rin tutadi. Download 100.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling