5-mavzu: Foydalanuvchilarni axborot madaniyatini tarbiyalash: kitobxonlarni ma’lumot-tahliliy materiallar bilan ishlash
Tarmoq ko‘rinishidagi ma’lumotlar bazasi
Download 100.68 Kb. Pdf ko'rish
|
yCqQQ1Ch1AL57WYv2jhpXIU26elZ3cEFCLBWqbrj
Tarmoq ko‘rinishidagi ma’lumotlar bazasi
Bu ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasiga internet tarmog‘i misol bo‘la oladi. Internetda ma’lumot ma’lum bir protokol asosida yoziladi va shu protokol asosida barcha internetga ulangan kompyuterlar uni o‘qiydi. Ma’lumotlar bazasi esa bir-biridan uzoqda joylashgan serverlarda (kompyuterlarda) saqlanadi. Bu turdagi ma’lumotar bazasini quyidagi rasmda ko‘rish mumkin . 3.Shaxsning axborot madaniyatini tarbiyalash. Kutubxonachilar axborot madaniyatini tarbiyalashda quyidagilarga e’tiborni qaratishlari kerak: - tarixiy va huquqiy madaniyatni rivojlantirish — davlat qonunlarini, rasmiy hujjatlarni bilishga yo‘llash; - estetik va kitob madaniyati, shuningdek, o‘qish madaniyati ko‘nikmalarini tarbiyalash; - bibliografik madaniyat; - zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasini va madaniyatini tarbiyalash; - muloqot madaniyatini shakllantirish. Matbuotda axborot va kompyuter madaniyati haqida fikrlar ko‘plab uchraydi. Avvaldan kutubxonachilik ishida kitobxon madaniyati, o‘qish madaniyati tushunchalari ishlatilgan. Zamonaviy xususiyatlar ta’sirida axborot va kitobxon madaniyati tushunchalari mazmunan bir-biriga yaqin ma’noda qo‘llanilishi ko‘zga tashlanyapti. Bu tushunchalar shunisi bilan dolzarbki, zamon axborotlashib bormoqda, axborot olami kengayib ketdi. Endi har bir kishi vaqtidan unumli foydalangan holda o‘zi uchun zarur axborotni o‘z vaqtida olishga ulgurishi kerak. Axborot olamidan o‘zi uchun kerak axborotni tanlab olish, uni qayta ishlab chiqish, dengiz tubidan gavhar qidirish bilan teng. Hozirgi kun ta’lim va tarbiya tizimida kishilarni, ayniqsa, bolalarni kelgusida axborotlashgan jamiyat hayotida faol yashashga tayyorlash muammosi turibdi. Buning uchun maktab o‘qituvchilarini va kutubxonachilarni axborot madaniyatiga o‘qitish zaruriyati tug‘iladi. Axborot madaniyati - axborotni qidirish, axborot resurslari (matbuot nashrlarining barcha turlari) bilan ishlay olish, axborotni qidirish, topish, u bilan ishlash, analitik va sintetik tahlil qilish, shaxsiy hayotida va mehnat faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmasi darajasi. Har bir kishi buni bajarish jarayonida quyidagi savollarga javob bera olishi zarur: - Men nima qilishim kerak? - Axborotni topish uchun qayerga murojaat qilishim kerak? - Axborotni qanday yo‘l bilan olishim kerak? (Axborotni qidirish uchun aniq resurslarni tanlash) - Qaysi resurslardan foydalanishim zarur? - Resurslardan qanday foydalanishim kerak? (Tanqidiy tahlil qila bilish) - Undan nimani yozib olishim kerak? (Axborotni saralash va tanlash) - Zarur axborotni ola bildimmi? (Tahlil, sintez, baho berish) - Uni qanday va qay yo‘l bilan taqdim etish kerak? (Natijaga baho berish) Axborot madaniyatini tarbiyalash maktab va bolalar kutubxonasi xodimlarining asosiy vazifasi. Chunki kitobxon kitobxonlik umrining asosiy vaqtini shu kutubxonalarda o‘tkazadi. Shuning uchun kutubxonachi-pedagog kasbini tayyorlash vazifasi muhim vazifalardan biri. Masalan, Rossiya maktablarida kutubxonachilar kichik sinf o‘qituvchilariga kitobxonlik va axborot madaniyatini shakllantirishda yordam berish bo‘yicha maxsus dasturlar yaratilgan. Axborot bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida o‘rta sinflarda kutubxonachilik-bibliografik bilimlar targ‘ib qilinadi, o‘rgatiladi Yuqori sinflarda esa axborot madaniyati asoslaridan darslar o‘tiladi. Bizning xalqimiz avvaldan kitobxon xalq. Ammo kitobxonlik madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish lozim. O‘zbekcha maktab o‘quvchilariga o‘zbek adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyoti haqida ko‘proq tasavvur va tushuncha hosil qildirishimiz kerak. Shuningdek, adabiyotni davrlar bo‘yicha, mamlakatlar bo‘yicha, janrlar bo‘yicha ham ajrata olishlari zarur. Bunday tushunchani , bilimni shakllantirish, avvalo, adabiyot fani o‘qituvchilarining ishi bo‘lsa, ikkinchidan, kutubxonachining ham vazifasidir. Bu xususiyatlar hamma uchun zarur. Iste’molchilar bilan ish olib borishda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi: rejalilik; ketma -ketlilik; bosqichma-bosqich olib borish; alohida-alohida ish olib borish (kitobxonning yoki iste’molchining bilim saviyasi, darajasini hisobga olgan holda yondashish). Buning uchun axborot ko‘rgazmalari, stendlar, turli bibliografik , uslubiy plakatlar, kompyuter dasturlari bo‘yicha bilim berishga oid turli xil qo‘llanmalar, varaqalar, bukletlar, mustaqil ma’lumot yig‘ish va qidirishga oid maslahatlar, savol-javob o‘yinlari, turli videonamoyishlardan foydalaniladi. Huquqiy madaniyatni shakllantirib, tarbiyalab borish har bir tarbiya va ta’lim tizimidagi xodimning vazifasi. Ko‘pgina axborot-kutubxona markazlarida huquqiy axborot markazlari tashkil etilgan. Bu markazlar viloyat hududidagi barcha fuqarolar, tashkilot va muassasalar, bilim maskanlari bilan ish olib borish bilan birga boshqa tizimdagi kutubxonalarga shu yo‘nalishda uslubiy yordam beradilar. Huquqiy madaniyat - bu o‘zining Konstitutsiyada belgilangan haq- huquqlarini, burchi va vazifalarini anglab yetish, to‘la to‘kis amalga oshirish, amaliy faoliyatida va shaxsiy hayotida ana shu me’yorlardan unumli va to‘g‘ri foydalana bilish qobiliyati , san’ati va bilimining yig‘indisi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya maskanlari, jumladan, axborot-kutubxona markazlari, axborotresurs markazlari faoliyati asosiy yo‘nalishlaridan biri huquqiy madaniyatni tarbiyalash, tarixiy bilimlarni bera olishdan iborat. Buning uchun huquqiy mazmundagi adabiyotlar va bilimlarni tar g‘ib qilishning og‘zaki, ko‘rgazmali va kompleks usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Masalan: „Siz o‘z huquqingizni bilasizmi?“ mavzusida kitob ko‘rgazmasi, mavzuli kartoteka, bibliografik sharh, savol-javob o‘yinlari, suhbatlar, munozara-bahs, huquqshunoslar bilan uchrashuv kechalari o‘tkazish, shu yo‘nalishdagi eng qimmatli asarlar taqdimoti, kitob kechalari va ular tarkibida psixodramatik sahnalar namoyishi turli kitobxonlar guruhining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab tashkil etiladi. Download 100.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling