Muloqot madaniyatini shakllantirish. Alisher Navoiy: „So‘z
aytish va
so‘z tinglash odobiga alohida e’tiborni qaratish,
uni ota-ona tarbiyasining
nishonasidur“, deydi. Muloqot—ikki va undan ortiq kishi o‘rtasidagi suhbat.
Suhbatlashish, muloqotga kirishish odobi har bir inson uchun zarur. Muloqot
davomida o‘zaro
fikr almashinadi, bir-biridan o‘rganiladi, tarbiyaviy jarayon
amalga oshadi,
bilim olish, ma’lumot olish, o‘zida mavjud fikr va
mulohazadagi xatoni to‘g‘rilash, kamchilikni to‘ldirish,
boyitib borish
mumkin bo‘ladi. Shuning uchun o‘zaro muloqotda odobni saqlash, o‘zaro
hurmat, e’tibor, diqqat talab etiladi. Ammo uni kitob vositasida, kutubxonada
o‘tkaziladigan tadbirlar ta’sirida amalga oshirish ko‘proq samara beradi. Hatto
kitobxon oilada olmagan
bilimini kutubxonadan topadi, oilada berilmagan
yaxshi fazilatni boshqalar ta’sirida o‘ziga singdiradi.
Bunda
kutubxona
xodimidan
, har bir tarbiya va ta’lim maskani xodimidan shaxsiy namuna talab
etiladi.
Muhokama uchun savollar:
1.Kitobxonlik madaniyati yo‘qori bo‘lgan dunyo mamlakatlari
tajribalarini o‘rganish maqsadida internet orqali ma’lumot yig‘ing.
2.Axborot savodxonligi tushunchasi mazmuni tahlil qiling.
3.Maktab o‘qituvchilari bilan o‘zaro hamkorlikda
ishlash maqsadida siz
qanday muloqat o‘rnatasiz?
4.Maktab kutubxonasining hamkorlikda ishlarini amalga oshirishda
kutubxonachida qanday qobiliyat bo‘lishi kerak deb hisoblaysiz?
5.Maktab kutubxonasi va maktab ma’muriyatining o‘zoro hamkorligi rejasini
tuzib chiqing.
6.O‘quvchilarda kitobxonlik madanyatini shakllantirishda o‘qituvchilar
bilan
qanday o‘zaro hamkorlikda qanday ishlarni amalga oshirsa bo‘ladi?
7.Maktab kutubxonasi xodimiga qanday kasbiy talablar qo‘yiladi?