Microsoft Word bilan ishlashingizni osonlashtirish maqsadida siz bilan ushbu klavishalar kombinatsiyalari haqida bo‘lishadi: Hujjatlar bilan ishlash (Работа с документами) Hujjatlar bilan bajariladigan asosiy operatsiyalar: Ctrl+N
Download 20.41 Kb.
|
wordda yoziw
Kompyuterda ishlash tezligini oshirish va qimmatli vaqtimizni tejash uchun “qaynoq” klavishalar yordam beradi. Shunday kombinatsiyalar borki, ular tez-tez ishlatiladi, ayniqsa ular matnni tahrirlagan paytimizda zarur hisoblanadi. @itspecuz kanali Microsoft Word bilan ishlashingizni osonlashtirish maqsadida siz bilan ushbu klavishalar kombinatsiyalari haqida bo‘lishadi: Hujjatlar bilan ishlash (Работа с документами) Hujjatlar bilan bajariladigan asosiy operatsiyalar: Ctrl+N – Yangi hujjat yaratish yoki dasturning yangi oynasini ochish (New Document); Ctrl+O (Ctrl+F12) – Hujjatni ochish (Open Document); Ctrl+S (Shift+F12) – Hujjatni saqlash (Save Document); F12 – Hujjatni Сохранить как (Save as) funksiyasi yordamida saqlash; Ctrl+P – Hujjatni chop etish (Print Document); Ctrl+F4 (Ctrl+W) – Ko‘p hujjatli dasturlarda (Office va boshq.) hujjatni yopish (dasturning o‘zini emas, balki aynan joriy hujjatni yopish). Hujjatlar va panellar o‘rtasida o‘tish (Переключение между документами и панелями): Ctrl+F6, Ctrl+Shift+F6, Alt+F6, Alt+Shift+F6 – Bir dastur doirasida hujjatlar o‘rtasida o‘tish; F6 – Office panellari o‘rtasida o‘tish (hujjat sxemasi, vazifalar tasmasi (лента задач) va h.k.z.); Ctrl+F1 - Office vazifalar tasmasi (лента задач)ni paydo qilish/berkitish. Hujjatlarning ko‘rinish rejimlari (Режимы отображения документов): Ctrl+Alt+P – Разметка страницы rejimiga o‘tish (Print Layout); Ctrl+Alt+N – Черновик (Обычный) rejimiga o‘tish (Normal Layout); Ctrl+Alt+O – Структура rejimiga o‘tish; Ctrl+F2 – Word hujjatini chop etishdan oldin dastlabki ko‘rib chiqish (Word 2003, 2007 dasturlarida ishlatiladi, 2010, 2013, 2016 versiyalarida Ctrl+P bilan bir xil funksiyani bajaradi, chunki bu versiyalardan boshlab Dastlabki ko‘rib chiqish va Chop etish sozlamalari oynalari birlashtirilgan). Navigatsiya (Навигация) Belgilash va ko‘chish (siljish) (Выделение и перемещение): ← → – Chapga/O‘ngga qarab alohida simvollar, obyektlar va h.k.z.larga o‘tish; Shift+← , Shift+→ – Chapga/O‘ngga qarab alohida simvollar, obyektlar va h.k.z.larni belgilagan holatda o‘tish; ↑ ↓ – Tepaga/Pastga qarab alohida simvollar, obyektlar va h.k.z.larga o‘tish; Shift+↑ , Shift+↓ – Tepaga/Pastga qarab alohida simvollar, obyektlar va h.k.z.larni belgilagan holatda o‘tish; Ctrl+← , Ctrl+→ – Chapga/O‘ngga qarab so‘zlar bo‘yicha o‘tish; Ctrl+Shift+← , Ctrl+Shift+→ – Chapga/O‘ngga qarab so‘zlarni belgilagan holatda o‘tish; Ctrl+↑ , Ctrl+↓ – Tepaga/Pastga qarab alohida abzatslar bo‘yicha o‘tish; Ctrl+Shift+↑ , Ctrl+Shift+↓ – Tepaga/Pastga qarab abzatslarni belgilagan holatda o‘tish; Page Up (Pg Up), Page Down (Pg Dn) – Katta qadam bilan (bir ekranga) tepaga/pastga qarab o‘tish; Shift+Page Up (Pg Up), Shift+Page Down (Pg Dn) – Katta qadam bilan (bir ekranga) tepaga/pastga qarab belgilagan holatda o‘tish; Home, End – Satrning (Word, Excel va h.k.z.), sahifaning (Проводник oynasi, Brauzer dasturlari va h.k.z.) boshiga/oxiriga o‘tish; Shift+Home, Shift+End – Satrning (Word, Excel va h.k.z.), sahifaning (Проводник oynasi, Brauzer dasturlari va h.k.z.) boshigacha/oxirigacha belgilash; Ctrl+Home, Ctrl+End – Hujjatning boshiga/oxiriga o‘tish; Ctrl+Shift+Home, Ctrl+Shift+End – Kursorning joriy holatidan turib hujjatning boshigacha/oxirigacha belgilash (hujjatni belgilashdagi ancha samarali usul); Ctrl+Page Up (Pg Up), Ctrl+Page Down (Pg Dn) – Oldingi/Keyingi sahifaga (Word), лист’ga (Excel) tezkor o‘tish (bu ham ancha samarali usul hisoblanadi); Alt+Page Up (Pg Up), Alt+Page Down (Pg Dn) – Jadvalning boshiga/oxiriga o‘tish; Shift+F5 – Kursorning avvalgi joylashgan joyiga qaytish (ketma-ket bosganda oxirgi 4ta harakatni qaytaradi, ayniqsa hujjatda havola (ссылка)lar bo‘yicha o‘tishda samarali hisoblanadi). Ctrl+A – Barcha obyektlarni belgilash (to‘liq matnni, barcha fayllarni, butun sahifani va h.k.z.) (Select All). Tahrirlash (Редактирование) O‘chirish (Удаление): Delete – Belgilangan obyektlarni o‘chirish (masalan, fayllarni, matnni); Clrl+Delete – Kursordan o‘ng tomonda joylashgan so‘zni o‘chirish; Clrl+Backspace – Kursordan chap tomonda joylashgan so‘zni o‘chirish. Almashinish buferi (Буфер обмена): Ctrl+C, Ctrl+Insert – Obyektni Windows buferiga nusxalash (matn, fayl va boshq.); Ctrl+V, Shift+Insert – Windows almashinish buferi tarkibidagi obyektni (matn, rasm, jadval va boshq.) qo‘llash (Вставка); Ctrl+X, Shift+Delete – Obyektni (matnni) Windows buferiga to‘liq ko‘chirish (перемещение). Operatsiyalarni bekor qilish va qaytarish (Отмена и повтор операций): Ctrl+Z – Oxirgi amalga oshirilgan operatsiyani bekor qilish (Undo); Ctrl+Y – Oxirgi bekor qilingan yoki amalga oshirilgan operatsiyani qaytarish (Redo). Boshqalar (Прочее): F4 – So‘nggi amalga oshirilgan harakatni qaytarish (tavsiya etamiz, qulay funksiya); F8 – Kursorning turgan joyiga qarab ketma-ket bosilganida so‘zni, abzatsni, sahifalardagi matnni to‘liq belgilaydi (Escape tugmasi yordamida bekor qilinadi); Shift+F2 - Ajratilgan matnning nusxasini olish va kerakli joyga Enter tugmasi yordamida qo‘yish (bir martalik jarayon); Shift+F10 – Kontekst menyusini ochish; Ctrl+F3 – Ajratilgan matnni butunlay o‘chirish; Alt+F4 – Dasturni yopish; Alt+F5 – Dasturning barcha to‘liq ekranni qamrab turgan holdagi oynalarini “Oynali rejim”ga o‘tkazadi (Oynali rejimdan qaytish uchun Ctrl+F10 ishlatiladi, lekin har bir oyna uchun alohida bajariladi); Ctrl+Alt+A – Izoh qo‘shish (Add Annotation); Shift+Alt+D – Joriy sanani kiritish (Вставка) (Date); Shift+Alt+T – Joriy vaqtni kiritish (Вставка) (Time). Qidirish, almashtirish va o‘tish (Поиск, замена и переход): Ctrl+F – Hujjatda matn izlash (Find); Ctrl+G (F5) – Hujjatning ma’lum bir joyi (sahifasi, rasmi, jadvali va boshq.)ga o‘tish; Ctrl+H – Hujjatda matnni izlash va almashtirish; Shift+F4, Ctrl+Alt+Y – Keyingi natijani izlash uchun Перейти yoki Найти buyruqlarini qayta bajarish. Matnni formatlash (Форматирование текста) Simvollarni formatlash (Форматирование символов): Ctrl+B – Matnga Полужирный shaklini qo‘llash (Bold); Ctrl+I – Matnga Курсив shaklini qo‘llash (Italic); Ctrl+U – Matnga Подчеркнутый shaklini qo‘llash (Underline); Shift+F3 – Belgilangan matn fragmentidagi harflar registrini o‘zgartirish (masalan: matn, Matn, MATN); Ctrl+Shift+F – Shriftni tanlash uchun Шрифт oynasining Шрифт: maydoniga o‘tish; Ctrl+Shift+P – Shriftning o‘lchamini tanlash uchun Шрифт oynasining Размер: maydoniga o‘tish; Ctrl+Shift+S – Stil tanlash uchun Стиль maydoniga o‘tish; Ctrl+[, Ctrl+] – Shrift o‘lchamini bittaga kattalashtirish/kichraytirish (matnni belgilagan holda shrift o‘lchamini o‘zgartirish uchun qulay kombinatsiya); Ctrl+D – Simvollarni formatlash parametrlarini tanlash uchun Шрифт oynasiga o‘tish; Ctrl+Space (Пробел) – Belgilangan matn fragmenti simvollarida qo‘llangan formatlarni o‘chirish. Abzatslarni formatlash (Форматирование абзацев): Ctrl+E – Abzatsni o‘rtaga tekislash (Center); Ctrl+J – Abzatsni sahifa kengligi bo‘yicha tekislash (Justify); Ctrl+L – Abzatsni sahifaning chap chetiga tekislash (Left); Ctrl+R – Abzatsni sahifaning o‘ng chetiga tekislash (Right); Ctrl+M, Ctrl+Shift+M – Abzats joy tashlab yozilishi (отступ)ni kattalashtirish/kichraytirish (Margin); Ctrl+1 – Birlamchi (1) satrlararo intervalini o‘rnatish; Ctrl+5 – Bir yarimtalik (1,5) satrlararo intervalini o‘rnarish; Ctrl+2 – Ikkilik (2) satrlararo intervalini o‘rnatish; Alt+Shift+→, Alt+Shift+← – Matnga sarlavha (Заголовок) stillarini qo‘llash; Ctrl+Q – Belgilangan matn fragmenti qatnashgan abzatsda qo‘llangan formatlarni o‘chirish; Ctrk+Alt+D – Matnga “сноска” qo‘shish (sahifaning ostki qismida biror bir matnga izoh qo‘shish uchun ishlatiladi); Ctrl+Alt+G – Hujjat statistikasini ekranga chaqirish; Ctrl+Alt+L – Numeratsiya qo‘llash; Ctrl+Shift+J – Matnni sahifa o‘rtasidan turib sahifa kengligi bo‘yicha kiritish/yoki mavjud matn uchun qo‘llash; Ctrl+Shift+L – Markerlarni qo‘llash; Ctrl+Shift+N – Линейка ikki chetidagi “отступ”larini dastlabki joyiga qaytarish; Ctrl+Alt+1 – Abzatsga Заголовок 1 stilini qo‘llash; Ctrl+Alt+2 – Abzatsga Заголовок 2 stilini qo‘llash; Ctrl+Alt+3 – Abzatsga Заголовок 3 stilini qo‘llash; Ctrl+Shift+1 – Matn shriftini Размеры bo‘limidagi o‘lchamlarga mos tarzda kattalashtirish. Namunaga qarab formatlash (Форматирование по образцу): Ctrl+Shift+C – Belgilangan matn fragmenti formatini nusxalash – Формат по образцу funksiyasi (Format Painter); Ctrl+Shift+V – Belgilangan matn fragmentiga nisbatan ilgari nusxalab olingan formatni qo‘llash – Формат по образцу funksiyasi (Format Painter). Bu nima? (Что это такое?): Shift+F1 – Obyektlar (interfeys elementlari, hujjat fragmentlari, formatlash haqida va h.k.z.) haqida ma’lumot olish rejimiga o‘tish. Xizmat ko‘rsatuvchi simvollar (Служебные символы): Ctrl+Shift+Space (Пробел) – Arjatmaydigan (неразрывный) probel kiritish (ushbu ko‘rinishdagi probel masalan: 12 va sm o‘rtasida kiritilsa 12 sm ifodasi birgalikda keyingi satrga o‘tadi); Ctrl+Shift+“-” – Arjatmaydigan (неразрывный) tire kiritish (ushbu ko‘rinishdagi probel masalan: al va Xorazmiy o‘rtasida kiritilsa al‑Xorazmiy so‘zi birgalikda keyingi satrga o‘tadi, boshqa misollar: qarama‑qarshi, bosqichma‑bosqich); Ctrl+“-” – keyingi satrga “yumshoq” o‘tkazish (мягкий перенос) (lozim bo‘lganida so‘z o‘sha joyidan bo‘linib keyingi satrda davom etadi); Ctrl+Tab – Jadvalning yacheykasida tabulyatsiya simvolini kiritish; Ctrl+Enter – Sahifani biridan ikkinchisini ajratish (Разрыв страницы) simvolini kiritish (tavsiya etamiz, juda qulay funksiya); Shift+Enter – Satrni biridan ikkinchisini ajratish (Разрыв строки) simvolini kiritish. Chop etilmaydigan belgilar (Непечатаемые знаки): Ctrl+Shift+8 (Ctrl+“*”) – Chop etilmaydigan belgilarni ko‘rsatish/berkitish. Imlo (Орфография): F7 – Imloni tekshirish rejimiga o‘tish; Alt+F7 – Keyingi imloviy xatolikni izlash. Maslaxatimiz ushbu maqolamizda keltirilgan klavishalar kombinatsiyalarini alohida o‘zingiz uchun chop etib oling va Microsoft Word dasturida ishlagan paytingizda muntazam ravishda ko‘rib, qo‘llab boring, borib-borib siz uchun bu odat tusiga aylanadi va klaviaturada matn kiritib turgan paytingizda sichqonchaga kamroq chalg‘iysiz. Download 20.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling