5-mavzu: Foydalanuvchilarni axborot madaniyatini tarbiyalash: kitobxonlarni ma’lumot-tahliliy materiallar bilan ishlash
Kitob o‘qish madaniyati, axborotni qidirish, to‘plash, tahlil qilish
Download 100.68 Kb. Pdf ko'rish
|
yCqQQ1Ch1AL57WYv2jhpXIU26elZ3cEFCLBWqbrj
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qish madaniyati
- Bibliografik madaniyat.
4. Kitob o‘qish madaniyati, axborotni qidirish, to‘plash, tahlil qilish,
tanlash, undan to‘g‘ri foydalana olish qoidalari. Kitob o‘qish madaniyati, axborotni qidirish, to‘plash, tahlil qilish, tanlash, undan to‘g‘ri foydalana olish qoidalarini ko‘pchilik kitobxonlar tushunib yetmaydilar. Estetik madaniyat ko‘nikmasi har bir fuqaroga zarur. Chunki estetik tarbiya olgan kishigina yaxshilikka intiladi, ezgulik k o‘rsata oladi, yaxshilikdan, go‘zallikdan bahra olishni va boshqalar bilan uni baham ko‘rishni biladi. Go‘zallikni tushuna olmagan, his qila olmagan kishidan yaxshilik kutib bo‘lmaydi. Shuning uchun barcha adabiyot va san’at asarlaridan, ular asosida yaratilgan audio va video hamda elektron manbalardan unumli foydalanish burchimizdir. O‘qish madaniyati—bu o‘qish, mutolaa uchun hujjatni to‘g‘ri tanlay bilish, eng zarurini ajrata olish, undan o‘z vaqtida to‘g‘ri foydalana olish, amaliyotda unumli foydalanish ko‘nikmasi. O‘qish madaniyati, asosan, yosh kitobxonlar bilan ishlovchi maktab, kollej va litsey qoshida tashkil etilgan axborot-resurs markazlarining vazifasi. Uni tarbiyalashda o‘qituvchilar, ota- onalar va kutubxona xodimlarining hamkorligi zarur. Bibliografik madaniyat. Ko‘p hollarda kutubxona kataloglari, shuningdek, elektron kataloglar , adabiyotlar ro‘yxati, tavsiya qo‘llanmalari, bibliografik ko‘rsatkichlar, sharhlar, yirik bibliografik manbalarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Har qanday ilmiy izlanishlar, tadqiqot ishlari ularning yordamisiz amalga oshmaydi. Ayniqsa, faqatgina bir kutubxonada yaratilgan elektron katalogdan emas, balki boshqa mamlakat kutubxonalarining elektron katalogidan foydalanishda bibliografik elementlarni bilish bibilografik yozuvlarning qaysi tilda bo‘lishidan qat’i nazar katta ahamiyatga ega. Bibliografik manbalardagi yordamchi apparatlar - ismlar, predmet, alifbo ko‘rsatkichi, mundarija, kirish so‘zi va boshqa turli ma’lumotlardan unumli foydalanish ko‘nikmasi kitobxon uchun zarur. Bunday ko‘nikmani shakllantirib borish ham kutubxona xodimining vazifasidir. Axborot texnologiyalari asrida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi va madaniyatiga ehtiyoj katta. Har bir kutubxona, axborot markazi, o‘quv xonalari, sinfxonalar va auditoriyalar kompyuterlashtirilmoqda. Ana shunday sharoitda kompyuterdan foydalanishning texnik va gigiyenik qoidalarini anglab yetish, texnika xavfsizligiga amal qilish, kompyuterni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, undan unumli foydalanish talab etiladi. AKM va ARMlarda tashkil etilgan axborot texnologiyalari bo‘limlarining asosiy vazifasi ana shu ko‘nikmani va madaniyatni tarbiyalashdan iborat. Buning uchun har bir foydalanuvchi bilan ishlash , turli ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, ommaviy tadbirlarning, yakka tartibda olib boriladigan ishlarning sifatini oshirish, maxsus o‘quv kurslari tashkil etishni nazorat qilib borish, maslahatlar uyushtirish kutubxonalar tajribasiga kirib keldi. Download 100.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling