5-mavzu: Foydalanuvchilarni axborot madaniyatini tarbiyalash: kitobxonlarni ma’lumot-tahliliy materiallar bilan ishlash
Boshqa ARMlar, AKMlar, kutubxonalar, milliy madaniy markazlar bilan
Download 100.68 Kb. Pdf ko'rish
|
yCqQQ1Ch1AL57WYv2jhpXIU26elZ3cEFCLBWqbrj
Boshqa ARMlar, AKMlar, kutubxonalar, milliy madaniy markazlar bilan
hamkorlik quyidagilarda ifodalanadi: - kitobxonlarning hujjatlarga va axborotga ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun madaniy, ta’limiy, axborot dasturlari, tadbirlar, loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishda; - hamkorlikda jamg‘armalarni shakllantirishda; - elektron xizmatlar va tarmoqlar ishini muvofiqlashtirishda. - kitobxonlarning maktab kutubxonalari maktablarda o‘tkazilib kelinayotgan turli mavzuli tadbirlar, uchrashuvlar, o‘quvchilarning bilim va kunikma saviyalarini oshirishda, shuningdek, o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashlari, dars davomida metodik qo‘llanmalardan unumli foydalanishlari, kitobxonlarning hujjatlarga va axborotga ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun madaniy, ta’limiy, axborot dasturlari, tadbirlar, loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish borasida, o‘quvchilarni turli fanlar bo‘yicha o‘qish doirasini kengaytirish, qiziqishlarini rivojlantirish va chuqurroq o‘rganish uchun imkoniyatlar yaratishga xizmat qilish, ota-onalarga bolalar va o‘smirlarni tarbiyalash masalalari bo‘yicha metodik xarakterdagi adabiyotlarni tanlashda yaqindan yordam ko‘rsatishni uz vazifasi deb biladi. Ma’lumotlar bazasi – bu ma’lumotlar (informatsiyalar)ni saqlash uchun mo‘ljallangan tashkiliy struktura. Ma’lumotlar bazasi elektron saqlash va qayta ishlash vositalariga bog‘liq bo‘lishi shart emas. Kundalik turmushda juda ко‘р misollar mavjud: 1. Yon daftaringizdagi do‘stlaringizning ismi-sharifi va ularning telefon raqamlari. 2. Dekanatdagi talabalar ro‘yxati va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 3. Kadrlar bo‘limidagi ishchilar va ular haqidagi ma’lumotlar. 4. Ombordagi tovarlaring nomlari, ularning soni. 5. DAN idorasidagi mashinalar haqida ma’lumot, ularning egalari. 6. Telefon raqamlari va ular adreslari. 7. Kutubxonadagi Kitoblar va ular haqidagi ma’lumotlar. 8. Dorixonadagi dorilar haqida ma’lumot. 9. Bank va bank xodimlari haqidagi ma’lumot. 10. Respublikadagi oliy o‘quv yurtlari haqidagi ma’lumot. Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, ma’lumotlar bazasini har bir sohada ko‘rish mumkin ekan. Ayniqsa, hozirgi paytda muhim masalalardan biri arxivlardir. Arxivga ma'lumotlarni ma’lum bir sistemaga solib yozishning o‘zi ma’lumotlar bazasidir. Undan kerakli ma’lumotlarni qidirib topish juda mashaqqatli ishlardandir. Agar shu va shunga o‘xshash masalalar uchun ma’lumotlar bazasining loyihasi yaratilsa va u kerakli ma’lumotlar bilan to‘ldirib borilsa (Access yordamida), u holda bizga kerakli ma’lumotlarni kompyuter yordamida daqiqa ichida qidirib topishimiz mumkin. Keling, birinchi misolga qaytaylik. Siz bilgan-bilmagan holda o‘zingiz uchun ma’lumotlar bazasini yaratgansiz. Yon daftarchangizga e’tib or qarating, unda siz o‘zingiz uchun eng sodda ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasini do‘stlaringiz va tanish bilishlaringiz haqidagi ma’lumotlar yordamida tuzib chiqqansiz. Unda ancha palapartish shaklda yozilgan quyidagi ko‘rinshdagi ma’lumotlarni ko‘rishingiz mumkin. Shu zaylda siz yon daftarchangizni ma’lumotlar bilan to‘ldirib borasiz. Undagi ma’lumotlar juda palapartish yozilgan, ya’ni ayrim yozuvlarda oldin familiya va ism, keyin esa telefon nomeri, ayrim yozuvlarda faqat ism, so‘ngra telefon nomeri. Bir xil yozuvlarda oldin telefon nomeri, so‘ngra familiya va ism, hattoki esdan chiqmaslik uchun ayrim tushuntirishlar (Andijon) ham yozib qo‘ygansiz. O‘zingiz tuzgan bu ma’lumotlar bazasidan kerakli ma’lumotni qidirib topishda ancha vaqtingiz sarf bo‘ladi. Ayrim hollarda daftarchangizdagi bor ma’lumotni qidirib topolmaysiz ham. Varaqlashga erinasiz. Shundaymi? Bu qiyinchilikdan qutulish uchun siz endi boshqa ko‘rinishdagi yon daftarchadan, ya’ni alfavit harflari ketma-ketligida tartiblangan va har bir varag‘i ikki qismga chiziq bilan ajratilgan daftarchadan foydalanasiz. Bu daftarchaga familiyani yozishda siz, albatta, alfavitga e’tibor berasiz va qidirishda ham familiyaning qaysi harfdan boshlanishiga qarab uni tezda topasiz. Endi, albatta, topasiz (agar shu ma’lumot daftarchangizda bo‘lsa). Siz endi ma’lumotlarni ma’lum bir strukturaga solib yozganligingizni payqadingiz shekilli va bu struktura sizga ma’lumotni tezda qidirib topish imkonini yaratdi. Buni endi qo‘rqmasdan ma’lumotlar bazasi deb aytsa bo‘ladi. Mana, siz tuzgan ma’lumotlar bazasi: Xo‘sh, sizning ma’lumotlar bazangizda nimalar mavjud va undan nimalarni topish mumkin? Ko‘rinib turibdiki, undan familiyani yoki telefon nomerlarini, yoki familiya va telefon nomerini topishingiz mumkin. Juda ham kam ma’lumot to‘g‘rimi? Do‘konda yoki omborda narsalar, yoki narsalarning turi qanchalik ko‘p bo‘lsa, undan xarid qiladigan narsalarimiz ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Huddi shuningdek, ma’lumotlar bazasi qanchalik to‘liq bo‘lsa, undan shunchalik ko‘p ma’lumot olishimiz mumkin. Ma’lumotlar bazasining do‘konda yoki ombordan farqi shundaki, siz magazindan narsa xarid qilganingizda magazindagi narsalar kamayib boradi (shuning uchun ham magazinni shu narsalar bilan to‘lidirib turishadi), ammo ma’lumotlar bazasidan ma’lumot olganingizda u kamaymaydi. Ma’lumotlar bazasini faqat yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirib turish mumkin, bu esa sizga yanada yangi ma’lumotlar olish imkonini tug‘diradi. Download 100.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling