Mavzu: Badiy asar qahramonlari shaxsiy sfatlarini baholashning mazmuni, usullari va metodlari


Download 16.65 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi16.65 Kb.
#1511531
Bog'liq
zarnigor mustaqilish 7


Mavzu: Badiy asar qahramonlari shaxsiy sfatlarini baholashning mazmuni, usullari va metodlari
Adabiyot oʻqitish metodikasi fanining oʻtmishdagi buyuk allomalar, mudarris olimlarning qarashlariga tayanishi. Metodik fikrlar tarixining oʻzbek xalqi va millat adabiyoti taraqqiyoti bilan bogʻliqligi. Boʻlajak adabiyot oʻqituvchilarining oʻquv rejasida koʻzda tutilgan falsafa, pedagogika, psixologiya, adabiyot nazariyasi, oʻzbek adabiyoti tarixi, hozirgi oʻzbek adabiy tili, mutaxassislikka kirish, oʻzbek dialektologiyasi, xalq ogʻzaki ijodi kabi fanlardan xabardorligi va adabiyot oʻqitishda ulardan foydalana bilish qobiliyati. Asar voqeligi va obrazlar tizimi tahlilida fanlararo inetgratsiyaning oʻrni va ahamiyati. Adabiyotni oʻzga fanlar bilan bogʻlab oʻqitishning tabiiy ekanligi. Adabiyotni oʻrganish asnosida oʻzga oʻquv faniga doir tushuncha va qonuniyatlarni bilishning zaruriyati.
Milliy adabiy ta’limda badiiy asarlarni oʻrganishning oʻziga xos xususiyatlari. Adabiy ta’limdagi yetakchi tamoyillar. Adabiy ta’lim metodlarining mazmun-mohiyati. Adabot oʻqitish shakllari va usullari. Adabiyot oʻqitish metodlarining oʻzaro oʻxshash va farqli jihatlari. Texnologiya soʻzining mohiyati. Ta’lim jarayoniga oʻqish va oʻqitishning oʻzaro uzviyligini, aloqadorlik bosqichlarini ajratish, ta’lim-tarbiya jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun bajariladigan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning ketma-ketligini hamda bosqichma-bosqichliligini tahminlash, rejalashtirilgan barcha ishlarni talab darajasida bajarishni anglatishi.
Senergetikaning (hamkorlik, hamjihatlik) – tizimlarining oʻz- oʻzini mustaqil tarzda tashkil etish nazariyasi, oʻz-oʻzini boshqarish, nomuntazam hodisalarni oʻrganish, dunyoviy hodisalarni yangicha izohlash, tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy murakkab tizimli jarayonlarning tabiatini bilishga qaratilgan ilmiy yoʻnalish, tafakkur usuli ekanligi.
Pedagogik innovatsiya – ta’lim va tarbiyaning samaradorligini oshirish maqsadida uning mazmuni, texnologiyasi hamda tashkil etish jarayoniga kiritilgan yangiliklarni anglatishi. Innovatsiya jarayoni ta’lim-tarbiyani tashkil etish va uning mazmunini oʻstirishga kiritilgan yangiliklardan iborat tushuncha ekanligi. Modul soʻzi qism, boʻlak, blok ma’nolarini anglatishi. Modulli ta’lim pedagogik texnologiyani tashkil etuvchi tarkibiy boʻlaklarni ifodalashi. Bu ta’lim dars jarayonini tashkil etishdagi eng kichik ish turlaridan hamda ularning turli miqdordagi toʻplamlaridan iborat boʻlishi. Bunda eng kichik faoliyat turi eng kichik modul sanalib, boshqalari qancha modulni qamrab olishiga qarab oʻziga mos darajalarni anglatishi. Adabiy-nazariy tushunchalarni oʻrganish metodologik asos va badiiy tahlil vositasi, milliy adabiyotga tayanish, dasturga amal qilish, zarur oʻrinda dasturda nazarda tutilmagan nazariy ma’lumotlarning berilishini rejalashtirish, nazariy bilimlarni amalda qoʻllay olish, sinflararo uzviylik va uzluksizlik bunda oʻquvchilarning yosh xususiyatlari va adabiy tayyorgarligini hisobga olish, soddadan murakkabga tamoyilinining zarurligini koʻrsatish.

Darslarga tayyorlanish darajasining salmoqli ahamiyat kasb etishi. Oʻqituvchining me’yoriy hujjatlari. Darsga tayyorlanish bosqichlari: oʻquvchilar bilan hamkorlikda faoliyat uyushtirishni; muayyan darsda oʻrganiladigan materialning taqdim etilishini rejalashtirish. Oʻqituvchining oʻz ustida ishlashi oʻz malakasini oshirib borish zaruriyatini his qilishi. Adabiyot oʻqituvchisi kompetentligining ta’lim jarayoniga ta’siri. Oʻqituvchi shaxsiga qoʻyiladigan talablar. Adabiyot oʻqituvchisiga qoʻyiladigan alohida talablar.


Kasbiy mahoratni oshirishda dars kuzatish va tahlil qilishning oʻrni. Darslarga qoʻyiladigan metodik talablar. Dars tahlili turlari: ilmiy tahlil, metodik tahlil, didaktik tahlil, umumpedagogik tahlil. Tahlil qilish va baholash me’yorlari.
Badiiy asarni oʻqishning shakliga koʻra turlari. Adabiy asarni sinfda oʻqish. Mustaqil oʻqish. Sinfdan tashqari oʻqish. Badiiy asar oʻqishga qiziqtirish yoʻllari. Asarni ovoz chiqarib va ichdan oʻqish.Ularning oʻziga xos xususiyatlari. Sharhlab oʻqish, joʻr boʻlib oʻqish, rollarga boʻlib oʻqish. Bularning adabiy ta’limdagi oʻrni va ahamiyati.
Badiiy matnni oʻqishning mazmuniga koʻra turlari. Ifodali oʻqish. Mantiqiy oʻqish. Badiiy oʻqish. Adabiy oʻqish. Asarni oʻqish qonun-qoidalariga, tinish belgilariga, shakliga e’tibor berish. Asarning mazmuniga diqqat qaratish. Mantiqiy oʻqishda urg’u. Badiiy oʻqish orqali adabiyot darslarining san’at darslariga aylanib ketishi mumkinligi. Bunda tuyg’ular joʻshqinligining ustuvorligi. She’rning hijolari, turoqlari va vazniga e’tibor berib oʻqish.
Oʻquvchining erkin va mustaqil mulohazasiga asoslanadigan insholarni oʻquv yilining boshida, badiiy asar tahliliga bir oz oʻrganilgandan keyin, oʻquv yili oʻrtalrida va oxirida olish bolalarning mustaqil fikrlashini oʻstirishi. Shu bilan birga, ulardagi fikr mustaqilligining oʻsishini nazoratqilishga imkon brishi. Sinfda asar mutolaasi davomida oʻquvchilarga insho yozishda qoʻl keladigan muhim soʻz va iboralarni belgilab borish adabiy ta’lim maqsadiga muvofiq ekanligi. Asar matnidagi muhimni nomuhimdan farqlashga oʻrgatishi.
Download 16.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling