Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
53 Gflops (GFLOPS-GIGAFLOPS)–suriluvchi vergul (nuqta) shaklida ifodalangan sonlar ustida sekundiga milliard operatsiyani bajarish. Kompyuter unumdorligini baholash har doim taxminiydir, chunki qandaydir umumlashtirilgan yoki teskarisi aniq operatsiya turiga mo‗ljallanadi. Amalda turli masalalarni hal qilishda turli operatsiyalar to‗plami ishlatiladi. 1970-yillarda turli masalalar uchun (iqtisodiy, texnik, matematik va hokazo) o‗rtacha operatsiyalar to‗plami (Gibson aralashmalari) ishlab chiqilgan edi. Gibson aralashmasi bo‗yicha keltirilgan masalalar turi uchun kompyuterning o‗rtacha tezligini aniqlash mumkin. Ancha yangi testlar ham mavjud–ishlab chiqaruvchi firmalarning o‗z mahsulotlari tezligini aniqlash uchun test to‗plamlari mavjud: iCOMP–Intel Comparative Microprocessor Performance (1992) ko‗rsatkich Intel firmasining mikroprotsessorlari uchun (iCOMP2.0–test 1996-yilniki), 32 bitli operatsion tizim va multimediali texnologiyalarga mo‗ljallangan; kompyuterni aniq bir tatbiq sohasiga yo‗naltirilgan testlar–Winstone97-Business ofis masalalar guruhi uchun mo‗ljallangan, boshqa turdagi masalalarga mo‗ljallangan variantlari WinBench 97. Turli-tuman masalalarni bajaruvchi universal kompyuterlar uchun bu baholashlar juda ham aniq bo‗lmaydi. Shuning uchun ShK ko‗rsatkichi uchun unumdrlik ko‗rsatkichi o‗rniga kompyuter tezligini ancha aniq ifodalovchi takt chastotasi ko‗rsatiladi, chunki har bir operatsiya o‗zining bajarilishi uchun aniq taktlar sonini talab etadi. Takt chastotasini bilgach, har qanday mashina operatsiyasining bajarilish vaqtini yetarli darajada aniqlash mumkin bo‗ladi. Masalan, buyruqlarni konveyerli bajarish bo‗lmagan taqdirda va mikroprotsessorning ichki chastotasi oshirilsa, 100 MGs chastotali takt generatori sekundiga 20 million qisqa operatsiyalarning bajarilishini taʻminlaydi (oddiy qo‗shish va ayirish, axborotlarni uzatish va hokazo); 1000 MGs chastotada esa– sekundiga 200 million operatsiyani bajaradi. Mikroprotsessor va interfeys kod shinalarining razryadligi. Razryadlar soni– bu ikkilik sonining maksimal razryadlar soni, ular ustida bir vaqtda mashina |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling