Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
164 o‗lchami bo‗yicha bir oz katta. RJ-45 razyomi 8 ta kontaktli bo‗ladi, RJ-11 esa 4 ta kontaktga egadir. Kabel razyomga maxsus siquvchi asbob yordamida ulanadi. Razyomning ignasimon tilla qoplamali kontaktlari kabelning har bir simi qoplamasiga sanchiladi, sim qoplamasidan igna o‗tib, sim bilan mustahkam va sifatli ulanish hosil qiladi. Shuni hisobga olish kerakki, standart tomonidan kabel uchlarini razyomga ulash uchun 1 sm o‗ralgan juft qismini o‗ramdan ochish mumkinligi ko‗zda tutilgan. Ko‗pincha o‗ralgan juftlik axborotlarni faqat bir tomonga uzatish uchun ishlatiladi, yaʻni «yulduz» yoki «halqa» topologiya turlarida. «Shina» topologiyali tarmoqlarda odatda koaksial kabel turidan foydalaniladi. Shuning uchun o‗ralgan juft kabelni ulanmagan uchiga tashqi moslash qurilmasi (terminator) amalda deyarli qo‗llanilmaydi. Kabellar ikki turdagi tashqi qobig‗ida ishlab chiqariladi. Polivinilxloridli qoplamali (PVX, PVC) kabellar arzon va xona sharoitida ishlatilish uchun mo‗jallangan. Teflon qoplamali kabellar, nisbatan narxi qimmat va tashqi muhitda foydalanish ham mumkin. PVX qoplamadagi kabellarni yana non-plenum, teflon qoplamali kabellarni esa-plenum deb ham ataladi. Plenum atamasi bu yerda qaysidir partiya rahbariyatini yig‗ilishi maʻnosida emas albatta, tarmoq kabellarini joylashtirilishiga eng qulay joy pol bilan pol ustidagi qo‗shimcha pol oralig‗i (falshpol) va osma shift bilan shift oralig‗idagi bo‗shliq tushuniladi. Aytib o‗tilganidek, ko‗zdan pana joylardan o‗tkazishga teflon qoplamali kabel qulay bo‗lib u qiyin yonadi, (PVX kabelga nisbatan) yongan taqdirda ham, o‗zidan zaxarli gazlarni ko‗p chiqarmaydi. Standartda aniq qilib ko‗rsatilmagan, lekin tarmoq ish faoliyatiga sezilarli darajada ta‘sir qiluvchi va barcha kabellarning yana bir ko‗rsatkichi bor, bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling