Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
283 4.14 – rasm. Ega bo„lishni boshqarish baytining o„lchami 4.4.2. Tarmoq qurilmalari va ularning vazifalari Tarmoq qurilmalarining birinchi uchtasi haqida yuqoridagi boblarda aytib o‗tildi. Hozir biz qurilmalarning qolganlarining vazifalari haqida to‗xtalib o‗tamiz. Tarmoq adapterlarini turli adabiyotlarda kontroller, karta, plata, interfeyslar, NIC – Network Interface Card nomlar bilan ataydilar. Bu qurilmalar mahalliy tarmoqning asosiy qismi, ularsiz tarmoq hosil qilish mumkin emas. Tarmoq adapterlarining vazifasi – kompyuterni (yoki boshqa abonentni) tarmoq bilan ulash, yana qabul qilingan qoidalarga rioya qilgan holda kompyuter bilan aloqa kanali o‗rtasidagi axborot almashinuvini ta‘minlashdir. Aynan shu qurilmalar OSI modelining quyi bosqichlari bajarishi kerak bo‗lgan vazifalarni amalga oshiradilar. Odatda tarmoq adapterlari plata ko‗rnishida ishlab chiqariladi va kompyuterning tizim magistrallarini kengaytirish uchun qoldirilgan razyomga o‗rnatiladi (odatda ISA yoki PCI). Tarmoq adapter platasida ham odatda bitta yoki bir necha tashqi razyomlar bo‗lib, ularga tarmoq kabellari ulanadi (4.15 – rasm). Tarmoq adapterlarining hamma vazifalari ikkiga bo‗linadi: magistral va tarmoq. Magistral vazifalari adapter bilan kompyuterning tizim shinasi o‗rtasidagi almashinuvni amalga oshirish (ya‘ni o‗zining magistral manzilini tanish, kompyuterga axborot uzatish va kompyuterdan ham axborot olish, kompyuter uchun uzilish signalini hosil qilish va hokazolar) kiradi. Tarmoq vazifalari esa adapterlarni tarmoq bilan muloqotini ta‘minlashdir. 7 6 5 4 3 2 1 0 Navbat о‗rnatish tiplari Zahiralash bitlari Marker biti Monitor biti Bitlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling