Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.18 – rasm. Ko„prikni ulash.
288 bo‗lib ko‗rinadi, ya‘ni yuqori bosqich protokollari uchun tarmoqda «shaffoflik» ta‘minlanadi. Tabiiyki ko‗prik, yo‗naltirgich va shlyuzlar konsentratorlarga nisbatan ancha murakkab va qimmat, chunki ulardan axborotga murakkab ishlov berish talab qilinadi. Ular kompyuter asosida nosil qilinib, tarmoqqa tarmoq adapterlari yordamida ulanadi. Aslida ular tarmoqning ixtisoslashtirilgan abonentlaridir (tugun, uzel). Ko‗priklar – eng sodda qurilma bo‗lib, ular yordamida turli axborot almashish standartli tarmoqlarni birlashtirishda, masalan Ethernet va Arcnet, yoki bir tarmoqning bir necha qismlarini birlashtirishda foydalaniladi. Masalan, Ethernet (17.4 – rasm) foydalaniladi. 4.18 – rasmning ikkinchi rasmdagi holatda, tarmoq qismlaridagi yuklamani taqsimlash orqali, tarmoqning umumiy unumdorligini oshirishga harakat qilinadi. 4.18 – rasm. Ko„prikni ulash. Ethernet Kо‗prik Arcnet Ethernet Kо‗prik Ethernet 289 Yo‗naltirgichlar ko‗priklarga qaraganda ancha murakkab vazifani bajaradilar. Ularning asosiy vazifasi – har bir paket uchun optimal uzatish yo‗lini tanlashdir. Buning uchun tarmoqning eng ko‗p yuklangan qismlarini va buzilgan bo‗laklarini aylanib o‗tishi kerak. Ular odatda murakkab shoxlamali tarmoqda ishlatiladi, bu holda alohida olingan abonentlar o‗rtasida bir necha aloqa yo‗li mavjud bo‗lishi mumkin. Shlyuzlar – bu qurilmalarning protokollari katta farq qiluvchi, butunlay bir- biridan farq qiluvchi tarmoqlarni birlashtirishga ishlatiladi, masalan, mahalliy, tarmoqlarni katta kompyuterlar bilan yoki global tarmoq bilan ulashda qo‗llaniladi. Bu qurilmalar kam qo‗llaniladigan va qimmat tarmoq qurilmalariga kiradi. Agarda OSI modeliga murojaat qilsak, u holda repiter va repiterli konsentratorlar tarmoqni yoki uning qismini birinchi bosqich vazifasini bajaradi. Ko‗priklar – ikkinchi bosqich vazifasini bajaradi, yo‗naltirgichlar – uchinchi bosqich vazifasini bajaradi, shlyuzlar – ancha yuqori bosqichlar vazifalarini bajaradilar (4,5,6 va 7 larda). Xuddi shuningdek, repiterlar birinchi bosqich (hammasi emas, faqat ba‘zi birlari) vazifasini bajaradi, ko‗priklar ikkinchi bosqich funksiyasini bajaradilar (birinchi bosqich va qisman ikkinchi bosqichda ularda tarmoq adapterlari ishlaydi), yo‗naltirgichlar – uchinchi bosqichi, shlyuzlar esa hamma bosqich vazifalarini bajarishi kerak. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling