Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
288
bo‗lib ko‗rinadi, ya‘ni yuqori bosqich protokollari uchun tarmoqda «shaffoflik» 
ta‘minlanadi. Tabiiyki ko‗prik, yo‗naltirgich va shlyuzlar konsentratorlarga 
nisbatan ancha murakkab va qimmat, chunki ulardan axborotga murakkab ishlov 
berish talab qilinadi. Ular kompyuter asosida nosil qilinib, tarmoqqa tarmoq 
adapterlari yordamida ulanadi. Aslida ular tarmoqning ixtisoslashtirilgan 
abonentlaridir (tugun, uzel).
Ko‗priklar – eng sodda qurilma bo‗lib, ular yordamida turli axborot 
almashish standartli tarmoqlarni birlashtirishda, masalan Ethernet va Arcnet, yoki 
bir tarmoqning bir necha qismlarini birlashtirishda foydalaniladi. Masalan, 
Ethernet (17.4 – rasm) foydalaniladi.
4.18 – rasmning ikkinchi rasmdagi holatda, tarmoq qismlaridagi yuklamani 
taqsimlash orqali, tarmoqning umumiy unumdorligini oshirishga harakat qilinadi.
4.18 – rasm. Ko„prikni ulash. 
Ethernet
Kо‗prik 
Arcnet 
Ethernet
Kо‗prik 
Ethernet


 
289
Yo‗naltirgichlar ko‗priklarga qaraganda ancha murakkab vazifani 
bajaradilar. Ularning asosiy vazifasi – har bir paket uchun optimal uzatish yo‗lini 
tanlashdir. Buning uchun tarmoqning eng ko‗p yuklangan qismlarini va buzilgan 
bo‗laklarini aylanib o‗tishi kerak. Ular odatda murakkab shoxlamali tarmoqda 
ishlatiladi, bu holda alohida olingan abonentlar o‗rtasida bir necha aloqa yo‗li 
mavjud bo‗lishi mumkin. 
Shlyuzlar – bu qurilmalarning protokollari katta farq qiluvchi, butunlay bir-
biridan farq qiluvchi tarmoqlarni birlashtirishga ishlatiladi, masalan, mahalliy, 
tarmoqlarni katta kompyuterlar bilan yoki global tarmoq bilan ulashda qo‗llaniladi. 
Bu qurilmalar kam qo‗llaniladigan va qimmat tarmoq qurilmalariga kiradi.
Agarda OSI modeliga murojaat qilsak, u holda repiter va repiterli 
konsentratorlar tarmoqni yoki uning qismini birinchi bosqich vazifasini bajaradi. 
Ko‗priklar – ikkinchi bosqich vazifasini bajaradi, yo‗naltirgichlar – uchinchi 
bosqich vazifasini bajaradi, shlyuzlar – ancha yuqori bosqichlar vazifalarini 
bajaradilar (4,5,6 va 7 larda). Xuddi shuningdek, repiterlar birinchi bosqich 
(hammasi emas, faqat ba‘zi birlari) vazifasini bajaradi, ko‗priklar ikkinchi bosqich 
funksiyasini bajaradilar (birinchi bosqich va qisman ikkinchi bosqichda ularda 
tarmoq adapterlari ishlaydi), yo‗naltirgichlar – uchinchi bosqichi, shlyuzlar esa 
hamma bosqich vazifalarini bajarishi kerak.

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling