Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
4.4.3. Tarmoq uskunalari 
 
10 BASE5 uskunalari. Yo‗g‗on kabel Ethernet tarmog‗i ilk bor ishlab 
chiqarilganda ishlatilgan, keng tarqalgan kabel turi edi. Hozirda u uncha ko‗p 
ishlatilmaydi, vaholanki u ―shina‖ topologiyali tarmoqda eng uzun shina aloqa 
yo‗lini ta‘minlay oladi. Keng ishlatilmasligining birinchi sababi narxi nisbatan 
qimmat va montaj ishlarini olib borishdagi qiyinchiliklardir. 


 
290
Yo‗g‗on koaksial kabel bu 50 Omli kabel bo‗lib, diametri 1 sm atrofida va 
qattiqligi bilan ajralib turadi. U asosan ikki turdagi qobiq bilan ishlab chiqariladi: 
sariq rangdagisi PVC standartda (masalan, Belden 9880 kabeli) va teflonli Teflon 
qovoq-jigarrangli (masalan, Bolden 89880). RG-11 va RG-8 turidagi yo‗g‗on 
kabellar keng tarqalgan (RG-11 kabelining markaziy tolasiga kumush qoplangan, 
RG-8 dan shunisi bilan farq qiladi). 
Yo‗g‗on kabel eng qimmat axborot uzatish muhitidir (boshqa kabellarga 
nisbatan uch hissa qimmatdir). Lekin yo‗g‗on kabelning quyidagi texnik 
ko‗rsatkichlari: shovqinlardan himoyalanganligi, signallarning so‗nishi kam, 
yuqori mexanik chidamligi bilan boshqa kabellardan ajralib turadi. 
Standart bo‗yicha kabelning bir bo‗lagiga (500 metrgacha) 100 ta 
abonentdan ortiq ulanishi mumkin emas. Ularni ulanish nuqtalarining oralig‗i 2,5 
metrdan kam bo‗lmasligi lozim, aks holda signalda o‗zgarish hosil bo‗ladi. Shunig 
uchun foydalanuvchiga qulaylik tug‗dirish maqsadida ko‗pincha kabel qobig‗iga 
har 2,5 metrda qora rangda belgi qo‗yilgan bo‗ladi.
10BASE5 uskuna vositalari 17.5 – rasmda keltirilgan. Ular o‗z tarkibiga 
quyidagi vositalarni oladi: kabel, razyomlar, terminator, transiver va transiver 
kabelini.
Koaksial yo‗g‗on kabel bo‗laklarini va ularga terminatorlarni ulash uchun 
N – turidagi razyomlar ishlatiladi. Bu razyomlarni o‗rnatish ancha murakkab va 
maxsus asboblar bo‗lishi lozim (aks holda ulangan joylarda signal o‗zgarishi 
mumkin). Ikkita N turidagi razyomlar Barrel-konnektor yordamida ulanib kabel 
uzunligini oshirish mumkin.
Yo‗g‗on kabeldan foydalanib tarmoq yig‗ilganda iloji boricha kabelni bir 
bo‗lagidan yoki bir vaqtda ishlab chiqarilgan bitta partiyadagi kabellar bo‗lagidan 
foydalanish kerak. Aks holda turli xil kabellar ulangan joylarda signalni o‗zgarishi 
ro‗y berishi mumkin. Agarda bir necha bo‗lak ishlatilishga to‗g‗ri kelib qolgan 
taqdirda, signalni aks sadosini kamaytirish maqsadida 23,4 metr, 70,2 metr va 117 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling